Ketma-ket ko`rinishdagi raqamli qurilmalar Kombinasion ko`rinishdagi sxemalardan farqli, ketma-ket ko`rinishdagi sxemalarda xotira elementi mavjud bo`ladi. Ketma-ket ko`rinishdagi sxemalarning chiqish signali qiymati kirish signali qiymatidan tashqari yana mazkur momentdan avvalgi momentdan sxemaning ichki xolati qanday bo`lganligiga ham bog`liq bo`ladi.
Ketma-ket ko`rinishdagi sxemalarda asosiy xotira elementi, ya`ni ikkilik ma`lumotni yozib oluvchi va uni saqlovchi element bu triggerdir. Triggerlardan tashqari ketma-ket ko`rinishdagi sxemalar tarkibiga registrlar, raqamli sangichlar (schertchiklar) va bir qator tarkibiga triggerlar kiruvchi qurilmalar kiradi.
Triggerlar Ikkita turg`un muvozanat holatiga ega bo`lgan va tashqi turtki ta`sirida sakrash bilan bir muvozanat holatidan ikkinchisiga o`tadigan qurilmalar triggerlar deb ataladi. Tashqi turtki ishga tushuruvchi va boshqaruvchi signal deb yuritiladi.
Triggerlar 100% musbat teskari bog`lanishli ikki teskari RC-kuchaytirgichdan tshkil topadi. Buning uchun kuchaytirgichlardan birining chiqishi ikkinchisining kirishiga to`liq ulangan bo`ladi. Kuchaytirgichlarning boshqaruvchi elementi sifatida bipolyar yoki maydonli tranzistorlardan foydalaniladi. Bipolyar tranzistorli triggerlarning sxemasi kollektor-baza bog`lanishga va emmiter bog`lanishga, ya`ni ikki turli bog`lanishli bo`ladi.
Kollektor-baza bog`lanishli triggerlar simmetrik, emmiter bog`lanishli triggerlar nosimmertik triggerlar deb ataladi. Simmetrik trigger sxemasidagi mos elementlar soni jihatdan bir-biriga teng bo`lib, tranzistorlardan biri ochiq bo`lganda, ikkinchisi yopiq bo`ladi. Bunday holat turg`un holat hisoblanadi. Bir muvozanat holatdan ikkinchisiga o`tish boshqaruvchi signal ta`sirida amalga oshiriladi.
Triggerga ma`lumotni yozish odatda triggerni boshqaruvchi sxema orqali amalga oshiriladi. Umumiy holda trigger boshqaruv sxemasi bilan birga trigger tizimi (sistemasi) deb ataladi. Bynday sistemaning funksional sxemasi rasmda keltirilgan.
-rasm. Trigger sistemasining funksional sxemasi.
Aynan shunday sxemalar ko`pincha integral sxema sifatida ishlab chiqib ularni trigger deb ataladi. Bunday sxemalarda trigger xotirada saqlovchi funksiyasini bajaradi. Boshqaruvchi sxema esa xotirada saqlanishi kerak bo`lgan ma`lumotni qayta ishlab uni triggerga yozish uchun mo`ljallangan. Boshqaruvchi sxema bajaradigan mantiqiy funksiyaga qarab triggerlar bir-biridan farqlanadi. Masalan RS-trigger, D-, T-, K- va boshqa triggerli sxemalar.
Trigger va triggerli sxema 2 ta chiqishga ega: Q va . Chiqishlar biridagi signal ikkinchisidagi signal inversiyasidan iborat. Rasmdagi triggerning S-chiqishi (Set-qurilma) triggerda mantiqiy 1 ni (Q=1), R-chiqish esa (reset-tashlab yuborish (оброс)) triggerda mantiqiy 0 ni (Q=0) ni yozishga mo`ljallangan.
Odatda triggerli qurilmalar bir qator ma`lumotlar uchun kirish va C- takt kirishiga ega bo`ladi. Shuning uchun triggerni boshqarish taktli (sinxrom) bo`lishi yoki taktsiz (asinxrom) bo`lishi mumkin. Sinxrom triggerlarda yozilib saqlanishi kerak bo`lgan ma`lumotlar sxemaga C-kirish orqali kiritilib, triggerga bir xil integral oralig`ida o`zgartirib yoziladi. Asinxrom boshqariluvchi triggerli sxemalarda C-kirish bo`lmaydi.