i uzatilishi
va nisbiy
biologik effektivlik
арYUqorida ta’kidlanganidek, ionlantiruvchi nurlarning
ion hosil qilish qobiliyati yutilgan nur dozasiga bog'liq. Ammo, tadqiqot
natijalariga ko'ra bir xil dozaga ega har xil tabiatli nurlar moddaga ta’sir ettirilganda,
keltirib chiqaradigan effekt har xil bo'lib chiqadi. Masalan, hujayralar populyatsiyasi
energiyasi 4 - 6 Gr a-zarrachalar bilan nurlantirilganda ularning 99,9% qirilib ketgan.
Hujayralar populyatsiyasi shu xil dozadagi rentgen yoki b-nurlar bilan
nurlantirilganda, ularning faqat 20-30% nobud bo'lgan. Demak, nur effektivligini
baholashda yutilgan nur dozasi effekt ko'rsatgichi bo'la olmaydi. Ionlantiruvchi nurlar
effektivligi jihatidan o'zaro farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |