xinonlar
va
ortoxinonlar
kiritilgan.
Kartoshkaning nurlantirilgan namunalaridan olingan ekstraktlar hayvon
tanasiga kiritilganda, uning tana massasi kamaygan, hujayralarning bo'linishi
susaygan, o'simlikning ildiz hujayralarida xromosomalar aberratsiyasi qayd etilgan.
Tadqiqotlar natijasiga ko'ra, BRT - radiatsiya ta’siridan biologik ob’yektda
paydo bo'ladigan mahsulotdir, u nurlantirilish tamom bo'lgandan so'ng ham hosil
bo'lishda davom etadi. Oksidlovchi fermentlar sistemasining faollanishida namoyon
bo'ladigan dastlabki jarayonlar biokimyoviy kuchaytirish mexanizmi faoliyatining avj
olishini aks ettiradi.Nurlanish ta’siridan xinonlar miqdori oshadi. Ular BRT xossasiga
ega bo'lganligi uchun, postradiotsion davrga xos o'zgarishlarni ham keltirib chiqaradi.
Hujayrada hosil bo'ladigan xinonlar miqdori bilan nurlanish dozasi va nurlanishdan
keyin o'tgan muddat orasida eksponensial aloqa mavjud. Bundan tashqari
toksinlarning ta’sir etish vaqti bilan yashovchanlik logarifmi o'rtasida ham chiziqli
bog'lanish mavjud.
BRT paydo bo'lish ehtimoli, demak BRT ta’sirining ro'yobga chiqish ehtimoli
dozaga bog'liq ravishda oshib boradi. Shu munosabat bilan hujayraning noyob va
ko'plab ichki strukturalarida metabolizmi buzilgan mahalliy sohalarning soni ham
oshib boraveradi. Gipotezga binoan, bu xil chiziqli bog'lanishning yuzaga kelishi,
birinchi navbatda, lipooksidazalar, polifenoloksidazalar va peroksidazalar faolligining
oshib ketishi bilan izohlanadi.
Mazkur gipoteza nuqtai nazaridan, toksinlar va birlamchi radiotoksinlar,
zanjirli reaksiyalar gipotezasidan farqli o'laroq, organizmning nur ta’siriga
60
ko'rsatadigan barcha reaksiyalarida, hatto uzoq vaqtdan so'ng namoyon bo'ladigan
oqibatlarida ham ishtirok etadi.
Gipotezaga binoan, hujayraviy populyatsiyalar va to'qimalarning nur sezgirligi
ko'plab parametrlar bilan belgilanib, quyidagi qonuniyatga bo'ysunadi.
R
=
K
1
(O)
2
+K
2
(PRT)+K
3
(FA)+K
4
(RVS)+K
5
(FS)
um
K
6
(FFS1)+K
7
(FV)+K
8
(3V)+K
9
(FS)
maks
u yerda, R - hujayralar populyatsiyasi yoki to'qimaning nurlar sezgirligi; K1,
K2… - koeffitsiyentlar; O2 - kislorod bosimi; PRT - radiotoksinga aylanuvchi
moddalar konsentratsiyasi; FA - ferment faolligi omili; RSV - tiklovchi sistema
radiosezgirligi; FS - yoppasiga nurlantirilganda atrof - muhit bilan aloqa omili; FFSG
- genomning fiziologik barqarorlik omili; FV - tiklanish omili; ZV - himoya
moddalari konsentratsiyasi.
Gipotezaga binoan, ionlantiruvchi nurlanishning hujayraga ko'rsatadigan
ta
’
sir
i
ga oid nazariy model
yaratishda, quyidagi prinsiplar inobatga olinishi lozim.дд1.
Ionlantiruvchi nurlanish energiyasining moddaga uzatilishdagi diskretlik.а 2.
Radiatsiyaning molekula va hujayra strukturasiga bevosita hamda vositali ta’sir etishi
natijasida u yoki bu radiatsion effektga sabab bo'lishi. о3. Hujayra strukturasining
mikrogeterogenligi va metabolitik struktura hamda har xil strukturalar faoliyatining
birday emasligi.
4. Hujayra hayot faoliyatining o'z - o'zidan boshqarilishi, metabolitik va genetik
informatsiyaning saqlanishi va uzatilishi asosida mak-romolekulyar matritsaning
yotishi.
5. Hujayraning bir butunligi va barcha strukturalar hamda almashinuv
jarayonlarining aloqadorligi hayotning oddiy shakli bo'lmish hujayra mavjudligining
zaruriy sharti ekanligi.
Sanab o'tilgan omillar yig'indisi radiobiologiyaning asosiy paradoksini
izohlashga qaratilgan bo'lib, aslida dastlabki ikki prinsip tegish konsepsiyasini,
navbatdagi uchtasi esa, nishon konsepsiyasini aks ettirib, undan faqat hujayraviy
struktura xilma - xilligining ko'pligini tan olishi bilan farqlanadi. Oxirgi omil
zararlanishning vaqt e’tibori bilan avj olishini inobatga olib, stoxastik gipoteza
doirasida e’tiborga loyiq.
Strukturaviy - metabolitik gipotezaning asosiy qoidalari, ko'p jihatdan stoxastik
gipotezaga o'xshaydi. Farqi faqat shundaki, stoxastik gipoteza doza egri chiziqlarini
tahlil qilishda miqdoriy kategoriyalar bilan ish ko'rsa, strukturaviy - metabolitik
gipoteza hujayra va to'qimalarning radiatsiyadan zararlanishlar ketma - ketligi
kinetikasini sifatiy jihatdan tasvirlashga intiladi va hal qiluvchi rolni zaharli moddalar
zimmasiga yuklaydi.
Demak, struktura - metobolitik gipotezani ham ionlovchi ra-diatsiyaning
biologik
ta’sirini
izohlovchi
universal
nazariya
sifatida
qabul
qilib
bo'lmaydi.анChunki gipotezada, BRT konsentratsiyasi va uning hosil bo'lish
61
kinetikasini belgilovchi, ionlovchi radiatsiya NBE ning ECHU ga bog'liqligi,
to'plangan BRT bilan zararlanish darajasi o'rtasidagi aloqa ham o'z aksini topmagan.
Undan tashqari, gipotezaga binoan, BRT hosil bo'lishi muddati nurlantirish
boshlanganidan tortib, bir necha soatlar, hatto bir necha sutkalargacha cho'zilsa, unda
BRT ning birlamchilik roli haqida nima deyish mumkin?
Shular bilan bir qatorda, mazkur gipotezada hujayra nurdan zararlanishining
birlamchi jarayonlarida, yetakchi rolning haqli ravishda strukturaviy tashkillanganlik
va har bir zvenodagi aniq tartiblanganliklarning buzilishiga berilganligiga e’tiroz
bildirib bo'lmaydi.
Sanab o'tilgan omillar yig'indisi radiobiologiyaning asosiy paradoksini
izohlashga qaratilgan bo'lib, aslida dastlabki ikki prinsip tegish konsepsiyasini,
navbatdagi uchtasi esa, nishon konsepsiyasini aks ettirib, undan faqat hujayraviy
struktura xilma - xilligining ko'pligini tan olishi bilan farqlanadi. Oxirgi omil
zararlanishning vaqt e’tibori bilan avj olishini inobatga olib, stoxastik gipoteza
doirasida e’tiborga loyiq.
Strukturaviy - metabolitik gipotezaning asosiy qoidalari, ko'p jihatdan stoxastik
gipotezaga o'xshaydi. Farqi faqat shundaki, stoxastik gipoteza doza egri chiziqlarini
tahlil qilishda miqdoriy kategoriyalar bilan ish ko'rsa, strukturaviy - metabolitik
gipoteza hujayra va to'qimalarning radiatsiyadan zararlanishlar ketma - ketligi
kinetikasini sifatiy jihatdan tasvirlashga intiladi va hal qiluvchi rolni zaharli moddalar
zimmasiga yuklaydi.
Demak, struktura - metobolitik gipotezani ham ionlovchi ra-diatsiyaning
biologik ta’sirini izohlovchi universal nazariya sifatida qabul qilib bo'lmaydi.
Chunki gipotezada, BRT konsentratsiyasi va uning hosil bo'lish kinetikasini
belgilovchi, ionlovchi radiatsiya NBE ning ECHU ga bog'liqligi, to'plangan BRT
bilan zararlanish darajasi o'rtasidagi aloqa ham o'z aksini topmagan. Undan tashqari,
gipotezaga binoan, BRT hosil bo'lishi muddati nurlantirish boshlanganidan tortib, bir
necha soatlar, hatto bir necha sutkalargacha cho'zilsa, unda BRT ning birlamchilik roli
haqida nima deyish mumkin?
Shular bilan bir qatorda, mazkur gipotezada hujayra nurdan zararlanishining
birlamchi jarayonlarida, yetakchi rolning haqli ravishda strukturaviy tashkillanganlik
va har bir zvenodagi aniq tartiblanganliklarning buzilishiga berilganligiga e’tiroz
bildirib bo'lmaydi.
ADABIYOTLAR.
1.
Ярмоненко С.П. Радиобиология человека и животных. М.: «Высшая
школа». 1988г.
62
2.
Кудряшов.Б.С, Беренфельд «Основы радиационной биофизики» М.
«Университет» 1982.
Do'stlaringiz bilan baham: |