o'rganish muhim masalalardan hosil bo'ladi. Shu bilan birga urush vaqtlarida, yadro
qurilmalarining halokatga uchrashi natijasida organizmga yadroning portlovchi
mahsulotlari ( YAPM) ham kirib keladi. I.YA.Vasilenko fikricha, bunday
elementdan (ruxdan tortib gadoliniyaga qadar) iborat 200 radioaktiv izotoplar
aralashmasidan iboratdir. Organizmga tushganda ular moddalar almashinuvi
jarayonida turg'un elementlar o'rnini egallaydi va parchalanganda qo'shni guruh
elementlarini hosil qiladi. Bunday transmutant effektlar, shuningdek ? - zarrachalar va
neytronlar emissiyasi natijasida kimyoviy o'zganishlarning vujudga kelishi organizm
tomonidan yutilgan radionuklidlarning dozasi va yarim parchalanish vaqtiga bog'liq
54
Organizmga kirgan radionuklidlar organlarda quyidagi tartibda joylashadi:
qalqonsimon bez (maksimum), jigar, ichak, buyraklar, skelet, muskullar.
Organizmdagi
radionuklidlarning
radioaktivlik
ko'rsatkichi
izotoplarning
parchalanishi natijasida tezda pasayib ketadi. Masalan, itlarda o'tkazilgan tajribada
ularda YAPM kiritilgandan so'ng 6 - 8 soat o'tgach, radioaktivlik ko'rsatkichi
dastlabkisiga qaraganda qaraganda bir necha foizga kamaygan, 1 oydan so'ng 1% ga,
3 oydan so'ng bir necha o'n foizga kamaygan. Marshal orolining jabr ko'rgan aholisida
radioaktiv mahsulotlar miqdori 82 - kunga kelib 57 barobar kamaygani aniqlangan.
Organizmdan nuklidlarni chiqarish bo'yicha organlar birmuncha o'zgacharoq
tartibda joylashgan: qalkonsimon bez (maksimum), jigar, buyraklar, qora taloq, teri,
muskullar, skelet. Bunda organlar tomonidan yutilgan dozalar ko'rsatkichi bo'yicha
farqlanadi (10dan 10
3
gacha). Masalan, YAPM lari 36 soat "yosh"dagi itlarga
yuborilganda qalqonsimon bez, ichak, jigar va skeletlardagi dozalar nisbati
quyidagiga teng bo'lgan: 1000: 100: 10: 1. Organlarda radionuklidlar notekis
taqsimlanganligi
uchun bu
nisbatdagi farqlar oshib boradi, bu hodisa
radioavtografiyada o'z isbotini topgan.
YAPM lari bilan zararlanishning eng havfli ko'rinishi bu kasallikning surunkali
formaga o'tishi va o'limidir. O'limga olib keluvchi asosiy sabablardan biri oshkozon -
ichak yo'li va nafas olish organlarining zararlanishi bo'lib, natijada organizmning
suvsizlanishi, tuz miqdorining kamayishi va intoksikatsiya kuzatiladi. Boshqa
organlarda
destruktiv
o'zgarishlarning
yuzaga
kelishi
o'tkir
tomir
yetishmovchiligining rivojlanishiga sabab bo'ladi.
Qayta tiklanish jarayonlari YAPM organizmga tushgan vaqtidanoq tashlanadi,
biroq ular nurlanish jarayoni bilan bir vaqtda kechadi va jarayonning qanday
yakunlanishi organizmning umum xolati hamda nuklidlarning fizikaviy xossalariga
bog'liq bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: