Radioaloqa sistemalari
Dars o’quv maqsadi:
Talabalarga zamonaviy radiotexnik sistemalar va
ularning elektromagnit moslashuvi, axborotlarni tarqatuvchi radiotexnik sistemalar
haqida tushunchalar berish.
Tushunchalar va tayach iboralar:
radiotexnik sistema, iyerarxik daraja,
elementlar bazasi, rezistor, induktivlik katushkalari, kondensator, transformator,
kaskadlar, kodek, modem, radioteleboshqarish sistemasi, axborotlarni buzuvchi
sistema, sputnikli va kosmik aloqalar, global aloqa sistemalari, simpleks va
dupleks aloqa sistemasi.
Asosiy savollar:
1.
Radiotexnik sistemalar.
2.
Radiotexnik sistemalarining elektromagnit moslashuvi.
3.
Axborotlarni tarqatuvchi radiotexnik sistemalar
Nazariy ma’lumotlar:
Yuqori chastotali elektromagnit to’lqinlar yordamida axborotni qabul
qiluvchi, tarqatuvchi, ishlov beriluvchi va qayta ishlanuvchi texnik sistema
radiotexnik sistema (radiosistema) deb ataladi. Radiosistemalarni quyidagi
iyerarxik darajalar ko’rinishida tasvirlash mumkin (23.1-rasm). Quyi iyerarxik
darajada radiosistemaning fundamenti hisoblangan elementlar bazasi turadi. Uning
tarkibiga rezistorlar, induktivlik katushkalari, kondensatorlar, transformatorlar,
diodlar, bipolyar va maydonli tranzistorlar, analogli va raqamli mikrosxemalar,
mikroprosessorlar, rezonansli zanjirlar, monolitli filtrlar, o’ta yuqori chastota
texnikasi elementlari kabilar kiradi. Radiosistemaning elementlar bazalari
radioapparaturaning texnik darajasini aniqlaydi.
Elementlardan foydalanib radiosistemaning keyingi iyerarxik darajasi
hisoblangan zanjirlar yaratiladi (tebratuvchi konturlar, differensiallovchi va
integrallovchi zanjirlar, filtrlar, cheklovchilar, shakllantiruvchi zanjirlar). Zanjirlar
konstruktiv va texnologik jihatdan birlashtirilib, yetarlicha murakkablikdagi
zanjirlar, ya’ni kaskadlar hosil qilinadi (avtogeneratorlar, modulyatorlar,
demodulyatorlar, chastota o’zgartirgichlar, juda yuqori, yuqori, zrtacha va past
chastota kuchaytirgichlari va boshqalar).
23.1-rasm. Radiosistemalarning iyerarxik darajalari
Keyingi iyerarxik daraja bloklar hisoblanib, ularga antenna-fider trakti, qabul
qilgichning kam shovqin beruvchi o’ta yuqori chastota kuchaytirgichi, kodek,
modem, qabul qilgichning chiziqli trakti, qabul qilinayotgan signalga raqamli
ishlov berish qurilmasi, boshqarish qurilmasi va boshqalar kiradi.
Keyingi murakkab iyerarxik daraja bo’lib funksional tugallangan qurilmalar
hisoblanadi. Ularga qabul qilgichlar, uzatgichlar va shularga o’xshagan,
radiosistemalar tarkida mustaqil ishlaydigan radioapparaturalar kiradi. Bu
qurilmalardan radiotexnik sistemalar tashkil etiladi.
Keyingi yillarda radiotexnik vositalarining elementlar bazasi juda rivojlanib
borishi natijasida, ularni yaratishda katta integral sxemalar (KIS) va o’ta KISlar
qo’llanilmoqda. Buning natijasida iyerarxik darajalarning pastki uchta darajasi
texnologik jihatdan bittaga darajaga birlashtirilmoqda.
Axborotlar qo’llanilishi bo’yicha radiotexnik sistemalar to’rt xil texnik
sistema ko’rinishida ishlatiladi:
Радиосистема
Қурилма
Блоклар
Каскадлар
Занжирлар
Элементлар базалари
axborotlarni uzatish sistemasi (radioaloqa, radioeshittirishlar);
axborotlarni
aniqlash
va
o’lchash sistemasi (radiolokasiya,
radionavigasiya va b.);
radioteleboshqarish sistemasi;
axborotlarni buzuvchi sistema.
Xozirga kelib zamonaviy radiotexnikada bir qancha radiosistemalardan tashkil
topgan radiotexnik majmualardan foydalanilmoqda. Bunday majmualarni
boshqarish uchun quvvatli kompyuterlar qo’llaniladi. Bunday sistemalarga
sputnikli va kosmik aloqalar, global aloqa sistemalari, havodagi harakatlarni
nazorat qilish va boshqarish sistemalari, raketali va kosmik majmualari kiradi.
Barcha radiotexnik sistemalar qabul qiluvchiga kerakli axborotlarni yetkazish
uchun mo’ljallangan bo’ladi. Shuning uchun ularni axborotli sistemalar deb
ataladi. Ularning barchasida axborotlar tarkibi, ularni hosil qilish uslublari va qabul
qiluvchining foydalanishi turlicha bo’lishi bilan, ularga ishlov berish, tasvirlash va
uzatish uslublari umumiy hisoblanadi.
Axborotlarni
uzatish
sistemalarida
uzatiladigan
xabarlar
qandaydir
manbalardan kelib tushadi, sistemaning asosiy vazifasi uni qabul qiluvchiga
uzatish hisoblanadi. Barcha radiotexnik sistemalar xabar o’zgartirgich
qurilmalardan boshlanadi. Ularning vazifasi uzatiladigan xabarni uzatish uchun
qulay bo’lgan elektrik signalga aylantirish hisoblanadi. Qabul qilgichning
chiqishida ham olingan signalni qabul qiluvchiga tushunarli bo’lishligini ta’minlab
beruvchi o’zgartirgich qurilmasidan foydalaniladi.
Axborotlarni aniqlab, ularni ichidan qabul qiluvchiga kerakligini chiqarib
oluvchi sistemalarda axborotlar uzatgich signallarida mavjud bo’lmaydi. Ba’zi
xollarda axborotlar sistemasida uzatkichlar umuman bo’lmaydi. Bunday
sistemalarda ko’pincha elektromagnit to’lqinlari tarqaladigan trassa parametrlarini
xarakterlovchi axborotlar bilan ishlanadi. Axborotlarni trassa yo’nalishlari olib
yuradi.
Keyingi yillarda harbiy va fuqorolik holatlari uchun mo’ljallangan
radiolokasiya qiluvchi sistemalar sezilarli rivojlanib bormoqda. Bu boroda alohida
o’rinni yer yuzasida va sputnikli navigasiya uchun foydalaniladigan kilometrli
(uzun to’lqinli) va metrli (ultra qisqa) sistemalar egallaydi. Bunday sistemalar
korabllar harakatini va samalyotlar uchishini xavfsizligini ta’minlaydi.
Radioteleboshqarish sistemasi uchish apparatlarini, kerakli rayonlarda
berilgan trayektoriyalarda harakatlanishini ta’minlaydi. Ular kosmik obyektlarni
distansion boshqarish masalasini yechishda keng qo’llaniladi.
Axborotlarni buzuvchi radiosistemalar normal ishlovchi raqobatdosh
radiosistemalar uchun xalal beruvchi signallar tarqatib, atayin ularni buzadilar.
Radiotexnik
sistemalarning
asosiy
tarkibini
radiotexnik
kanallar
(radiokanallar) tashkil qiladi. Radiokanallar esa, radio to’lqinlarni uzatuvchi va
qabul qiluvchi qurilma, hamda aloqa tarmog’idan tashkil topadi. Aloqa tarmog’i
deb fizik muhit (kosmik fozo, fazo bo’shlig’i, optik tola yoki to’lqin o’tkazuvchi
o’tkazgich va boshqalar) va signallarni uzatgichdan qabul qilgichga uzatish uchun
ishlatiladigan
apparat
vositalari
to’plamiga aytiladi. Radiokanalning
umumlashtirilgan struktura sxemasi 14-rasmda keltirilgan.
23.2-rasm. Radiokanalning umumlashtirilgan struktura sxemasi
Undan tashqari hohlagan radiotexnik sistemalarining tarkibiy qismlari bo’lib,
ta’minlash qurilmalari, fider-antennalari, elektron hisoblash qurilmalari va boshqa
qurilmalar hisoblanadi.
Axborotlarni qabul qilishda radiosistemalarda yechiladigan asosiy masalalar
bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |