1-MA’RUZA: “RADIOTEXNIK SISTEMALAR NAZARIYASI” FANIGA KIRISH. RADIOTEXNIK SISTEMALARNING KLASSIFIKATSIYASI.
Reja:
1.1. Kirish.
1.2 Radiotexnik tizimlarning hozirgi zamon jamiyatida tutgan o‘rni.
Radiotexnik tizimlarning turlarga bo‘linishi.
Tayanch iboralar: tizim, radiotexnok tizim, axborot uzatish tizimi (AUT), axborotni chiqarib olish tizimi (AChOT), radioboshqaruv tizimi (RBT), axborotni buzish tizimi (ABT).
1.1. Kirish
Радиотехник тизим (РТТ) деб ахборотларни узатиш, чиқариб олиш ва ўзгартириш билан боғлиқ бўлган ягона вазифа ёки бир қатор вазифаларни мақсадли бажаришга мўлжалланган, ўзаро боғланган қурилма ва воситаларнинг мажмуига айтилади.
Радиотехник тизимнинг ахборотларни узатувчи, қабул қилувчи ва ўзгартирувчи бошқа тизимлардан асосий фарқи шундаки, РТТда ахборот ташувчи бу радиосигнал ҳисобланади. РТТнинг аппаратура қисмида бу сигналлар ток ва кучланиш кўринишида; атмосферада, космик фазода, йўналтирувчи сунъий линияларда эса электромагнит тўлқин кўринишида намоён бўлади.
XX asr radiotexnik tizimlarning paydo bo‘lish va tezkorlik bilan rivojlanish davri bo‘ldi. Radiotexnik tizimlarsiz inson faoliyatining va jamiyatning rivojlanishini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Radiotexnik tizimlardan davlatni boshqarishda, sanoatda, transportda, radioaloqa, radioeshittirish, teleko‘rsatuvlar, qishloq xo‘jaligida, ta’lim sohasida, ilmiy tadqiqot ishlarida, madaniyatda va boshqa bir qator sohalarda foydalaniladi.
Radiotexnik tizimlarida axborot texnologiyalarini o‘rganish radioinjenerlarni tayyorlashda asosiy o‘rinni egallaydi. Ammo radiotexnik tizimlar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash ma’lum qiyinchiliklarga duch kelmoqda, bulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi. Turli vazifalarni bajaruvchi radiotexnik tizimlar qo‘llanish sohasiga qarab tezkorlik bilan kengayib bormoqda. Masalan, axborot uzatish uchun: troposfera, radiorele, sun’iy yo‘ldosh orqali aloqa, sotali aloqa, radioeshittirish, teleko‘rsatuv, radiotelemetriya, radiotelemedisina, radioboshqaruv, radioelektron kurash va boshqalarni keltirish mumkin. Bundan tashqari radiosignallardan foydalanib axborot ajratib olishdan radiolokatsiya, radionavigatsiya, masofadan atrof muhitni tahlil qilish (zondlash), foydali qazilmalarni qidirib topish, yer yuzasi holatini – ko‘rinishini aniqlashda, radiotexnik razvedka va boshqa sohalarda ham keng foydalaniladi.
Radiotexnik tizim (RTT) larda foydalanilayotgan axborot texnologiyalari so‘nggi 20-25 yilda jadallik bilan rivojlanmoqda. Bunda qatoriga signallarga raqamli ishlov berish va ularni shakllantirish, integral va maxsus amallarni bajaradigan – funksional elektronika, gibrid integral sxemalar, radiotexnik tizimlarning imkoniyatlarini yanada kengaytiruvchi qattiq jism – o‘ta yuqori chastota qurilmalaridan foydalanish vaqt birligida ishlov berilishi va foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot hajmining keskin kattalashishi, natijada bungacha yechilishi kerak bo‘lgan bir qator masalalarni hal etish imkoniyati yaratildi.
Ohirgi yillarda adaptiv radiotexnik tizimlarning yaratilishi va undan foydalanish natijasida ular tashqi xalaqitlar ta’sirida ishlashga moslashishi, radioto‘lqinlar tarqalish xususiyatlariga moslashishi va boshqalar asosida qo‘yilgan vazifani talab darajasida sifatli bajarish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Yuqorida keltirilgan turli sohalarda foydalanishga mo‘ljallangan radiotexnik tizimlar o‘zlarining tuzilishlari bo‘yicha bir qator umumiy qismlarga ham ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |