Radiatsion, kimyoviy va biologik favqulodda vaziyatlar tasnifi



Download 70,5 Kb.
bet1/7
Sana31.12.2021
Hajmi70,5 Kb.
#215226
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
RADIATSION, KIM


. RADIATSION, KIMYOVIY VA BIOLOGIK FAVQULODDA

VAZIYATLAR TASNIFI

Reja:

1. Tinch davrlarda atrof-muhitning zararlanish xavfi



2. Ommaviy qirg’in qurollarining turlari va ularning ta’siri.

3. Radiatsion holatlar va ularni baholash uslublari

Tayanch iboralar: xavfli inshoot, zararlanish maydoni, ta’sirchanlik, KTZM, ommaviy qirg’in qurollari, yadro quroli, havo zarb to’lqini, yorug’lik nurlanish, singuvchi radiatsiya, joylarni radioaktiv zaharlanishi, elektromagnit impuls, biologik vositalar, karantin, observatsiya.

1. Tinch davrda atrof-muhitnng zararlanish xavfi

Kimyoviy xavfli inshoot - xalq xo’jaligi korxonasi bo’lib, faoliyat ko’rsatish davrida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan halokat tufayli odamlarning ommaviy tarzda zaharlanishi, kimyoviy zaharli moddalarning atrof - muhitga tarqalishi kuzatilishi mumkin. Kimyoviy zaharlanish maydoni-ma’lum o’lchovdagi zaharli moddalar bilan zaharlangan hududlar. Zararlanish manbai-kimyoviy xavfli inshoot joylashgan hududdagi halokat tufayli odamlarning, o’simliklarning, jonivorlarning zaharlanishi. Ta’sirchanlik-kimyoviy modda xossasi bo’lib, zaharlanishga olib kelishi mumkin bo’lgan modda miqdori bilan belgilanadi (kam zaharlanish, kuchli zaharlanish va boshqalar). Miqdori-miqdor o’lchov birligi, g/m yoki mg/l larda o’lchanadi. Kimyoviy xavfli inshootlar fuqaro muhofazasi nuqtai nazaridan ma’lum turlarga ajratiladi - miqdori, ta’sir kuchi, saqlash qonun-qoidasi va boshqalar.

O’zbekiston Respublikasida faoliyat ko’rsatadigan kimyoviy va radiatsion xavfli inshootlarning asosiylari "O’zbekkimyosanoat" uyushmasiga qarashli korxonalar bo’lib, ular Qo’qon, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Chirchiq, Olmaliq shaharlarida joylashgan. Bu korxonalardan tashqari kimyoviy zaharli moddalar bilan ishlaydigan "O’zgo’shtsut", "O’zbeksavdo", "O’zqishloq xo’jalik" mahsulotlari uyushmalari, Bekobod metallurgiya korxonasi, Mikond korxonasi, Toshkent lak-bo’yoq, to’qimachilik korxonalari, maishiy xo’jalik vazirligi inshootlari (suvni tozalash) va boshqa korxonalarni ko’rsatib o’tish mumkin. Hammasi bo’lib Respublika hududida 200dan oshiq kimyoviy xavfli inshootlar bor. Ularda ishlab chiqariladigan yoki mahsulot ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan, saqlanadigan suyuq, qattiq, gaz holatdagi inson, hayvon sog’lig’i uchun zararli, kuchli ta’sir ko’rsatuvchi moddalar turi ko’p. Bularga misol tariqasida ayrim moddalarni ko’rsatkichlarini quyida keltirilgan jadvaldan ko’rish mumkin. Hozirgi kunda mutaxassislar tahlil qilib aniqlagan ma’lumotlarga ko’ra kimyoviy xavfli inshootlarda bo’ladigan halokatlar tufayli tez ta’sir etuvchi zaharli moddalarni atrof - muhitga tarqalishiga quyidagi asosiy sabablarni ko’rsatib o’tish mumkin:

• korxonadagi texnologik jihozlardagi nosozliklar;

• foydalanilayotgan uskuna -jihozlarining eskirishi;

• moddalarni ishlab chiqarishda, saqlashda, tashishda yo’l qo’yiladigan xatoliklar;

portlash, yong’in sodir bo’lishi, halokatlar tufayli;

• moddalar bilan ishlashda, ularni saqlashdagi texnika xavfsizligi qoidalarini buzilishi tufayli;

• chetdan olib kelingan texnologik jarayonni xavfsizlik talablariga to’liq javob bermasligi;

• korxonada mehnat intizomini pastligi;

• mutaxassis va ishchilarning malakasi etarli emasligi;

• mahsulot ishlab chiqarishda murakkab texnologik jarayon tizimini qo’llanilishi.

Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni zaharlash miqdori

Kuchli ta’sir etuvchi moddalar nomi O’rtacha zaharlovchi moddalar miqdori, mg-min/l Boshlangich o’limga olib keluvchi

Atsetonitril 21,6 -

Ftorli vodorod 4 7,5

Xlorli vodorod 2 200

Metilamin 4,8 -

Azot oksidi 0,002 1,5

Oltingugurt angidridi 1,8 70

Kontsenetrlangan xlor kislotasi 2 30

Oltingugurtli vodorod 16,1 30

Ftor 0,39 -

Uch xlorli fosfor 3 30

Xlortsian 0,75 -

Sinil kislota 0,2 1,5

O’zbekiston Respublikasi hududining ayrim joylari (Navoiy va Toshkent viloyatlari), O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Yadro-fizikasi instituti va radioaktiv chiqindilar saqlanadigan joylar radioaktiv xavfli hududlar hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Yadro fizikasi instituti Toshkent viloyati Qibray tumani Ulug’bek shaharchasida. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida uning atrofida 3 ta hudud belgilangan:

I. zaharlanish ehtimoli bor hudud (K = 1 km);

II. sanitariya muhofazasi hudud (E = 3 km);

III. kuzatish hudud (K= 15 km).




Download 70,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish