Mobil aloqa texnologiyalari va mobil hisoblash texnologiyalari konvergentsiyasiga asoslangan mobil texnologiyalar asosan to'rt turdagi texnologiyalarni o'z ichiga oladi.
radio asosidagi ikki tomonlama radioaloqa (professional yoki ommaviy mobil radio) yoki radioeshittirish;
uyali telefonlar, SMS (Qisqa xabarlar xizmati), WAP (simsiz dastur protokoli), GPRS (Umumiy paketli radio xizmati), UMTS (3G, uchinchi avlod mobil aloqa tarmog'i) asosida uyali aloqa xizmati;
mobil, shu jumladan noutbuklar, planshetlar, PDA (shaxsiy raqamli yordamchilar), peyjerlar, Bluetooth texnologiyalari, RFID (radio chastotani aniqlash) va GPS (Global joylashishni aniqlash tizimi);
Xitoy rivojlanayotgan tarmoqqa asoslangan WiFi yoki WAPI simsiz tarmog'i.
Bugungi kunda insoniyat turmush tarziga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ning keskin kirib kelishi hamda iste’molchining mahsulotga bo‘lgan talablari, jumladanб mahsulot haqida to‘liq ma’lumotga oson va qulay ega bo‘lish, dunyoning har nuqtasidan buyurtma bera olish, mahsulot shaklini shaxsiy xohish irodasiga ko‘ra o‘zgartira olish, tezkor ega bo‘lish va shu kabilar natijasida ijtimoiy munosabatlar o‘zgarib, raqobatlashuv sharoitida rivojlanayotgan korxona va jamiyatlarning yangi boshqaruv texnologiyalari va platformalarini yaratishiga turtki bo‘ldi.
Yangi texnologiyalar va platformalar korxona boshqaruvida, iste’molchilarda va barcha aloqador faoliyatlarda katta masshtabda tranzaksion xarajatlarni qisqartirishga olib keldi hamda davlat va xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida yaqindan aloqalar o‘rnatilishini vujudga keltirdi. Natijada tarmoq xizmatlariga asoslangan, ya’ni raqamli iqtisodiyot shakllandi. Raqamli segmentning kengayib borishi bazaviy sabablaridan biri bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar YaIMning 70 foizni tashkil etadigan tranzaksion sektorning rivojlanishi hisoblanadi.
Bugungi kunda davlat boshqaruvi idoralari va korxonalar tomonidan katta masshtabda o‘rganilayotgan va joriy etilayotgan yangi texnologiyalar qatoriga buyumlar interneti texnologiyasi, “bulutli” hisoblash texnologiyasi, katta ma’lumotlar, blokcheyn hamda elektron hukumat tizimlari kiradi.
Bugun jamiyatda raqamli texnologiyalarning ahamiyati tobora ortmoqda. Ularning keng joriy qilinishi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari hozirgi zamonda har bir davlat uchun jiddiy hayotiy masalaga aylangan. Ekspertlar fikricha, kelgusi 3 yilda iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali dunyodagi 22 foiz ish o‘rni axborot texnologiyalari yordamida yaratiladi.
Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi. Shuningdek, joriy yilning Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e’lon qilingani bejiz emas.
— Raqamli iqtisodiyot, birinchi navbatda, korrupsiyadan xoli hududda ishlash imkoniyatini yaratadi. U “xufiyona iqtisodiyot”ning asosiy kushandasidir. Chunki raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi. Kerak paytda ma’lumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biror ma’lumotni bekitish, yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida to‘liq axborot bermaslikning iloji qolmaydi, — deydi Shuhrat Sodiqov. — Buning natijasida esa iqtisodiyotga yo‘naltirilgan qonuniy mablag‘lar joy-joyiga sarflanadi. Ayniqsa, soliqlarning o‘z vaqtida to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi, byudjet taqsimoti oshkoraligi, ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan mablag‘lar, maktablar, shifoxonalar, yo‘llarga ajratilgan pullar to‘liq o‘z manziliga maqsadli yetib borishiga zamin yaratiladi. Shu bois, raqamli texnologiyalarni bizni taraqqiyotga eltadigan eng qisqa yo‘l, deya atash g‘oyat oqilona va odilona ta’rif bo‘ladi.
2.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida PQ-3832 03.07.2018
Iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish borasida davlat tomonidan keng koʻlamli chora-tadbirlar koʻrilmoqda, elektron hujjat aylanishi tizimlari joriy etilmoqda, elektron toʻlovlar rivojlantirilmoqda va elektron tijorat sohasidagi normativ-huquqiy baza takomillashtirilmoqda.
Axborot-texnologik platformalarda faoliyat koʻrsatadigan raqamli iqtisodiyot jadal rivojlanmoqda, bu esa shunday platformalarning yangi modellarini yaratish zaruratini taqozo etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |