Bajardi: Toshkent tibbiyot kolleji informatika o’qituvchisi Raxmanova Gulnoza Annaqulovna
Kompyuter tomografiya (KT) va magnitli-rezonans tomografiyaning (MRT) yaratilishi tibbiyot uchun olamshumul voqea bo‘ldi. Ushbu zamonaviy diagnostika usullari XX asrning 90-yillari tibbiyotga kirib keldi. Bunday ixtiro mualliflari Nobel mukofotiga haqli ravishda sazovor bo‘lishdi. KT va MRT tekshiruvlaridan tibbiy diagnostikaning har qanday yo‘nalishida foydalanish mumkin. Ayniqsa, KT va MRT nevrologiyada juda katta ahamiyatga ega.

Beli og‘riydigan ba’zi bemorlar umurtqa pog‘onasini KT yoki MRT tekshiruvidan o‘tkazib aniqlangan kichik hajmli disk churrasidan vahimaga tushib yurishadi. Bel-dumg‘aza umurtqalari orasida paydo bo‘lgan 2-3 yoki 4 mm siljigan disk churralari havfsiz bo‘lib, ozgina davolash muolajalaridan so‘ng o‘tib ketadi. Qay darajaga yetgan disk churralarini operatsiyasiz yoki operatsiya yo‘li bilan davolashni nevropatolog va neyroxirurg hal qiladi. Malakali vrachlar hech vaqt KT yoki MRT xulosasiga tayanib qolmaydi. U bemorni obdon tekshirib disk churrasini bemorga tig‘ tegizmasdan davolashga harakat qiladi. Buning iloji bo‘lmasa, operatsiya yo‘li tanlanadi. Lekin hech qachon hech qaysi davolash muolajasini kechiktirmaslik kerak, vaqtni yo‘qotmasdan davolashga kirishish lozim.
Kompyuter tomografiyasi bolalar uchun xavfli Kompyuter tomografiya tibbiy tashxis qo'yishda ulkan qadam bo'ldi. Shunga qaramasdan uning paydo bo'lishi ko'plab munozaralar keltirib chiqardi. Buning sababi tekshiruv paytida be'merning nurlanishi, bu tekshiruvning bolalarda qo'llash mumkinligida edi. Munozaralar shu kungacha to'xtagani yo'q. AQSH olimlarining (Tsintsinnati shaharchasidagi bolalar tibbiyot markazi) bir necha yildan beri olib borayotgan statistikasiga ko'ra kompyuter tomografiyasini qo'llash xavfli o'simtalar sonining oshishiga olib kelmoqda. Ko'plab munozaralardan so'ng olimlar quyidagi fikrga kelishdi: 1. 6 yosh va undan kichik bo'lgan bolalarda kompyuter tomografiyasi tekshiruvlarini o'tkazish mumkin emas. Chunki bu tekshiruv jarayonida bola oddiy rengen tekshiruviga nisbatan 100-500 marotaba ko'proq nurlanadi. Shuningdek bolalarda radiatsiyaga bo'lgan sezuvchanlik katta yoshdagi insonlarga nisbatan 5 marotaba kuchlidir. 2. Agarda kompyuter tomografiyasi tekshiruvidan voz kechishning iloji bo'lmasa, tekshiruvdan so'ng nurlanish oqibatlarini bartaraf etuvchi muolajalar olib borilishi shart.