38
larini tanlab terish usulidan kam
foydalaniladi.
Shaftoli. Boshqa joylarga yu-
borish uchun mo‘ljallangan shafto-
li qattiqligini hali yo‘qotmagan
vaqtda terib olinadi. Shu kezda
mevalar to‘la yetilgan va ularga
rang kira boshlagan bo‘lishi ke-
rak.
Olcha va gilos. Iste’mol qilish
va quritish uchun mo‘ljallangan
olcha va gilos yetilgan vaqtda
terib olinadi. Bunda mevalar juda
shirin bo‘ladi va ularning rangi o‘z navi uchun xos tusga kiradi
hamda qoraya boshlaydi. Lekin bu mevalar hali qattiq bo‘lishi ke-
rak. Pishmasdan juda erta terilgan olcha saqlash vaqtida tobiga
kelib pishmaydi va mazasi unchalik yaxshi bo‘lmaydi. Shuning
uchun uzoq joylarga yuboriladigan olcha 5–7 kun oldin terib
olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: