39
1-amaliy mashg‘ulot
4. URUG‘LI VA DANAKLI MEVALAR.
MORFOLOGIK BELGILARI VA RIVOJLANISHINI
KUZATISH (2 soat)
Topshiriq: Mevali daraxtlarning tashqi (morfologik) tuzili-
shini o‘rganish.
Material va jihozlar:
1. Turli yoshdagi mevali ekinlarning ko‘chatlari, ularning yer
ost ki va yer ustki qismlarini ko‘rsatuvchi jadvallar,
gerbariy ma-
teriallari.
2. A. Ribakov, S. Ostrouxova. O‘zbekiston mevachiligi. – T.:
1981, 80–95-betlar.
3. T.E.
Ostonaqulov va boshqalar. Meva-sabzavotchilik
va po liz chilikdan amaliy mashg‘ulotlar. – Samarqand. 2004.
169–172-betlar.
Qisqacha tushuntirish: Mevali daraxtlar yer ostki (ildiz-
lar) va yer ustki qismlarga bo‘linadi. Meva va rezavor meva
o‘simliklari ildiz, poya va barglardan tashkil topgan asosiy uchta
vegetativ organdan iborat.
Mevali daraxtlarning ildizi
ularning barcha yer ustida
joylashgan qismlarini mahkam tutib turadi. Mevali daraxtlar il-
diz tizimi ning vazifalari quyidagilardan iborat:
– tuproq bilan o‘zaro doimiy aloqada bo‘lib, tuproqdagi suv-
ni va unda erigan mineral moddalar va karbonat angidrid (СО
2
)
bilan birgalikda so‘rib o‘simlikka o‘tkaziladi;
– xlorofillning paydo bo‘lish jarayonlarida qatnashadi;
– o‘simlik uchun zarur bo‘lgan oziq moddalarni to‘playdi,
tup roq muhitiga mineral moddalar – qand, kislota,
fosfor hamda
kaliyning mineral birikmalarini va boshqalarini tayyorlab chiqa-
radi.
Mevali daraxtlarning ildiz tizimi bosh va yon ildizlar,
qo‘shimcha ildizlar, popuk ildiz va tukchalardan tashkil topadi.
Bosh yoki birinchi tartibli ildiz murtak ildizchasidan o‘sib
chiqadi. Bu ildiz faqatgina urug‘li ko‘chatlarda bo‘ladi,
vegetativ
40
yo‘l bilan ko‘paytirilgan o‘simlik qo‘shimcha ildiz chiqaradi. Bu
ildiz ularning poya qismidagi qo‘shimcha kurtakdan o‘sib chiqa-
di. Bosh ildizda birinchi tartibli yoki yon ildizlardan ikkinchi
tartibli yon ildizlar o‘sib chiqadi.
Asosiy va o‘rtacha ildizlar qatoriga asosiy hamda uchinchi va
to‘rtinchi tartibda bo‘lgan hamma yon ildizlar kiradi.
Bu ildizlar
uzun va yo‘g‘on bo‘ladi.
So‘ruvchi ildizlar ildiz tizimining ko‘p qismini tashkil qiladi.
So‘ruvchi ildizlar uzoq yashamaydi.
O‘tkazuvchi ildizlar oraliq ildizlarning davomi hisoblanadi.
Ular asosan suv va mineral moddalarning so‘ruvchi ildizlarini
olib daraxtga o‘tkazadigan jigarrang tusli ikkinchi navbatda ho-
sil bo‘lgan ildizlarning oz qismini tashkil qiladi.
Mevali daraxtlarning yer ustki qismi bosh poyadan iborat
bo‘lib, u tana, butoqlar, shox hamda novdalardan iboratdir.
Tana asosan bosh poyaning tik joylashgan qismi bo‘lib, unga
butoqlar birikadi. Tananing pastki
qismi asosiy tana va uchiga-
cha bo‘lgan qismi esa markaziy o‘tkazuvchi yoki lider ataladi.
Asosiy tanadan chiqqan shoxlar bu birinchi tartibli shoxlar
hisob lanadi. Bu shoxlardan ikkinchi tartib shoxlar, ulardan esa
uchinchi tartib shoxlar o‘sib chiqadi. Asosiy tanada o‘suvchi va
hosil shoxlar ham shakllanadi. hosil shoxlari meva kurtaklari-
ning shakllanishiga asos soladi. Markaziy tana esa butoq shoxlari
va hosillari bilan birga daraxtning shox-shabbasini tashkil qiladi.
Mevali daraxtlar shox-shabbasining rivojlanishi ularning ildiz
tizimiga bog‘liqdir.
Shox tiplari. Mevali daraxtlarning shoxlari asosan o‘suv va
hosil shoxlariga bo‘linadi. О‘suv shoxlari baquvvat o‘sadi va
meva kurtaklari hosil qilmaydi. Meva shoxlari esa kalta bo‘lib,
sekin o‘sadi va ularda meva kurtaklari shakllanadi. Meva shox-
lari quyi dagilarga bo‘linadi:
– halqali shoxcha,
nayza shoxchalar, nayzali ingichka novda-
lar, meva butoqchalari tipida (urug‘li mevalarda);
– gulli shoxcha, tup meva shoxcha, tizsimon shoxcha va ara-
lash meva shoxchalari (danakli mevalarda).