Ingliz operasi. Operaning bu davlatda tezkor tarixiy hayoti Angliyada sodir bo‘lgan tarixiy-ijtimoiy shart-sharoitlariga borib lm|algan. XVII asr o'rtalarida burjua inqilobida g‘alaba qozongan puritanlar qirol saroyi va feodal tabaqadorlar san’ati ramzi sifatida tcutr va musiqaga qarshi chiqdilar. Organ uchun, shuningdek, knnsona va richekarlar, tokkata va fantaziya, prelyudiya, kaprichchio, chakona, passakalya, xoral prelyudiyalar va boshqa asarlar yozilgan.
Ko‘plab Yevropa mamlakatlarida organ musiqasining iste’dod- li kompozitor va cholg'uchilari dunyoga keldi. Boshqalardan ko‘ra llalyan musiqachisi - Djirolamo Freskobaldi, niderlandiyalik -- Yan I’ilcrszon Svelink va nemis sozandalari Samuel Sheydt, Iogann Yakob Froberger, Iogann Paxelbel va ayniqsa, butun Olmoniyani o'zining mahoratli ijrosi bilan hayratga solgan Ditrix Bukstexude ajralib turadilar. Ba’zan niderland, italyan, fransuz, nemis cherkovlari Imqiqiy konsert zali va sahnalariga aylanib, ular tomoshabinlami o'/.larining mohirona ijrolari bilan lol qoldirishgan.
Djirolamo
Freskobaldi
Ditrix Bukstexude
Iogann Yakob
Froberger
0‘sha paytlarda organchilar klavikkord va klavisin cholg'usi- ning mohir sozandalari ham bo‘lgan. Bora-bora klavir musiqa organ va lyutnya (ud) musiqasidan yiroqlashib, ajralib boradi. Klavir uchun asarlar repertuarining salmoqli qismini raqslar va syuita (fransuz
39
www.ziyouz.com kutubxonasi
tilidan - qator, ketma-ketlik) nomi bilan e’tirof etilgan raqs
turkumlari egallagan.
Syuita tarkibiga vazmin nemis
allemanda, harakatchan fransuz kuranta,
sekin ispan sarabandasi va tezkor ingliz jiga
raqslari kirgan. Ba’zan mazkur asosiy
raqslarga qo‘shimcha raqslar o‘miga ariya
va rondo kiritilishi mumkin bo‘lgan.
Prelyudiya yoki uvertyura butun raqs
turkumini an’anaga ko‘ra ochib bergan.
Syuita bilan bir qatorda boshqa turkumlar
ham paydo bo‘ldi. Shulardan biri - sonata va konsert janrlari. Sonata
shaklining asosiy turi mazkur davrda cherkov sonatasi hisoblangan. I
Mazkur janr asosan cherkovlarda, diniy bayramlarda ijro etilishi
uchun mo‘ljallangan. Cherkov sonatasi bilan bir qatorda dunyoviy
sonata turlari ham mavjud bo‘lgan. Shu asosda Italiya va Olmoniyada
klavisin sonatalari dunyoga keldi. Ushbu davrda nemis kompozitori
Iogann Kunau qalamiga mansub “Bir necha Bibliya hikoyalaming
musiqiy tavsifi” (1770) yaratildi.
0‘sha davrda kamer musiqa deganda, cherkovdan tashqari, ya’ni xonaki sharoitda ijro etiluvchi musiqa nazarda tutilgan. Asta- sekin mazkur termin bilan har bir alohida cholg‘u uchun yozilgan mustaqil partiyalar, ya’ni ansamblli asarlar tushunila boshlandi. Olmoniya, Shveytsariya, Chexiya, Gollandiya, Shvetsiya mamlakat- larida collegium musicum - kamer-cholg‘u orkestr musiqasini ijro etish uchun to‘plangan va asosan talabalar, byurgerlar, qisman
40
www.ziyouz.com kutubxonasi
NHii’atkorlardan tashkil qilingan jamoalar paydo bo‘ldi. Bora-bora
ular orasidagi farq keskinlashib bordi.
XVII asrda ikkita skripka va viola da gamba cholg‘ulari uchun
mo‘ljallangan, ba’zan ularga basso continuo (uzluksiz bas)
qo'shimcha kiritilgan trio-sonata eng mashhur janrlardan biri
hisoblangan. Skripkalar ayrim hollarda fleyta va goboylarga
almashingan. Dastlabki bosqichda trio-sonatalarning tuzilish shakl-
shamoyili turlicha bo'lgan. So‘nggi bosqichda esa asosiy ko‘rinishi
lasdiqlandi: vazmin tantanavor muqaddima, fugasimon Allegro
birinchi qismi, kuychan va sekin ikkinchi qism va an’anaga ko‘ra tez
raqsbop final.
0‘zining tuzilishiga ko‘ra, trio-sonata qadimgi konsert shakliga
yaqindir. Biroq unda musobaqaviy kayfiyat birlamchi o‘rin tutadi.
Agar oddiy konsertda yakkaxon cholg‘u butun orkestrda taqqoslanib
talqin etilsa, bir necha guruh cholg‘ulami
butun orkestr cholg‘ulari bilan musobaqa
qilishi “katta konsert”, ya’ni concerto grosso
deb atalgan.
Concerto grosso janrining rivoji uchun
iste’dodli italyan kompozitori, dirijyor va
skripkachi Arkandjelo Korellining (1653-
1713) qo‘shgan ulushi katta. Biroq soncerto
grosso uning ijodiy bisotida yagona janr
emas. U ko‘plab trio-sonata, qadimgi sonata shakli ustida ijod qilgan.
Darhaqiqat, Korelli italyan skripka maktabining asoschilaridan biri
hisoblanadi, uning ijodi esa XVII-XVIII asrlar bo‘sag‘asidagi musiqa
san'atining cho‘qqisini gavdalaydi. Uning an’analarini boshqa buyuk
italyan kompozitori to‘rt konsertlardan iborat turkum “Yil fasllari”
muallifi Antonio Vivaldi (1678-1741) davom ettirdi.
Karl Galdoni o‘zining memuarlarida kompozitorning
zamondoshlari ta’biri bilan aytilgan “mallasoch ruhoniy”ni, o‘z
vaqtida uddaburon va o‘ta zehni o‘tkir inson qilib gavdalagan.
Italiyada skripka san’ati va skripka uchun musiqani jadal rivojlanib
borishi tabiiy omillar bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu avvalo, Italiyada
kuychan mohirona skripka ijrosi yuqori rutbaga ko‘tarilib, keyin asta-
sekin qadimgi davr cholg‘usi violani surib chiqaradi. Mashhur italyan
skripka ustalarining faoliyati ham skripka cholg‘usini keng
41
www.ziyouz.com kutubxonasi
tarqalishiga zamin yaratib berdi. Xususan, XVII asr o‘rtalari XVIII boshlarida Kremonada buyuk skripka ustasi - Antonio Stradivari (1644-1737) yashab ijod qilgan. Skripkadan tashqari, u ko‘plab turli xil torli cholg‘ulami yasab keldi va bugunda bu sozlar san’at namunasini noyob yodgorliklariga aylangan. Stradivari italyan skripka maktabi ustalari hamda ustozi Nikolo Amati (1596-1684) an’analarini davom ettirgan. Stradivarining zamondoshi Djuzeppe Gvarneri (1698-1744) ham italyan ustalari maktabining an’analari qudratiga o‘zining katta ulushini qo‘shgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |