Fransuz operasi. Fransuz operasiga
Jan-Batist Lyulli (1632-1687) tamal to-
shini qo‘ygan, Lyudovik XIV hukmronlik
qilgan davming kompozitorlar toifasini
yorqin namoyandasidir.
Darhaqiqat, uning kompozitor sifati-
da o‘sishi va mavqeyi ko‘tarilishi o‘ta tez
va yorqin bo‘]gan. Florensiya tegirmon-
chisining o‘g‘li bo‘lib turib, yoshligidan u
T „ . . ... ko‘chma teatr intermediyalarda faol
Jan-Batist Lyulli . , . , ... , . .. . , ,,
ishtirok etib, bumng oqibatida fransuz
dvoryani gersog Giz saroyiga kirib keladi.
Gersog uni Parijga olib kelgach, dastlab xizmatchi, so‘ng qirol
singlisi uchun paj qilib joylashtiradi. Dunyoqarashi keng musiqachi,
tez orada o‘zining iste'dodi bilan yaqinlarini hayratga solgan Jan-
Batist Lyulli o‘sha davrda dong‘i ketgan va mashhur bo4gan
35
www.ziyouz.com kutubxonasi
“qirolning 24 skripkachilari” deb nom olgan saroy orkestriga qabu qilinadi va 21 yoshida uning rahbari - “saroy cholg‘u musiqasininj kompozitori” etib tayinlanadi. 1662-yildan esa, qirol oilasinind maestrosi deb tan olinadi. Asta-sekin Lyulli o‘z qoMiga barcha xor va cholg‘u jamoalari, saroy baletining direktori, shuningdek, Fransiyada operalami qo‘yish, musiqa maktablarini ochish, libretto va partituralami nashr etish huquqiga ega bo‘ladi. U dvoryan unvoni va qirol kotibi lavozimigacha o‘zining kuchi va iste’dodi bilan ko‘tariladi.
Lyulli fransuz uvertyurasining klassik turini yaratdi. Uning birinchi - vazmin va tantanavor qismi qirolning tomoshabinlai qarshisida zalga kirib kelishini kuzatgan bo‘lsa, ikkinchi tez va jo'shqin qism - operaning asl harakatini aks etishga mo‘ljallangan. ba’zan uvertyuraga uchinchi vazmin qism kiritilgan.
Lyulli ijod qilgan davr mutlaq monarxiyaning gullab-yashnagar) davriga to‘g‘ri keladi. Kompozitorga rahnamolik qilgan fransuz qiroli Lyudovik XIV “Quyosh - bu Men” degan iborani ishlatishni xush ko‘rgan. 0‘z navbatida davr kayfiyati lirik tragediyaga ham kirib keldi. Antik va o‘rta asr sujetlariga murojaat qilgan kompozitor ularni Vatan dovrug‘i, qahramonlik va harbiylik g‘alabalari ortida yoritib beradi. Lyulli operalarining sevimli qahramonlari - jangovai timsollar. Torkvato Tassoning “Ozod etilgan Irusalim” mashhui poemasining sujetiga asoslangan “Armida” operasining qahramoni Reno, antik afsonalar asosida yozilgan nomdosh operalar qahramonlari Tezey va Persey ham shular jumlasidan. Zero, Lyulli operalarida ishq-muhabbat mavzusi muhim rol o‘ynagan taqdirda ham oliy burcb hamisha hissiyotlardan ustunligini, g‘alabaga irodalik esa oxirida “sehrli his-tuyg‘ulardan” ustun kelishini namoyon etgan.
Lyulli merosxo‘rlari ustozi erishgan darajaga yeta olmagani bois, lirik tragediya asta-sekin o‘z shuhrati so'nmasidan pastga tushdi. Dramatik voqeliklar jumboqlari o‘z o‘mini maishi) lavhalarga berdi, qahramonona, botir personajlar o'miga saro> kavalerlarining oliyjanob siymolari sahnaga chiqdi. Opera ko‘proq
36
www.ziyouz.com kutubxonasi
divertismentni eslatib, o‘z ichida rang-
barang nomerlarni kiritgan, rivojlov
harakati Fransiyada mashhur bo1 lib,
urf tusiga kirgan balet nomerlari bilan
tasodifan to‘xtalish mumkin bo‘lgan
spektaklni eslatgan. Ularda mazmun-
dan ko‘ra, tomoshaviylik jihatlari
yetakchilik qilgan.
XVIII asrga kelib, taqdir bu
mamlakatga yana bir iste’dodli opera
kompozitori - Jan-Filippe Ramo
(1683-1764)ni tuhfa etdi. lining
“Kastor va Polluks”, “Dardan”, “Zoroastr” kabi operalari, “Oliyjanob
Hindiston” baleti kuychan kuy va tematizm bilan boyitilgan ariyalar,
melodik rivojlangan rechitativlar bilan to‘ldirilgan. Muallifning
garmonik tili yangiligi va rang-barangligi, cholg‘ularning jarangi esa
yangi topilmalar va turfaligi bilan ajralib turadi.
Biroq J.Ramo operalarining musiqiy boyligi, san’at uchun kerak bo'lgan tomonlar - yuksak insoniylik his-tuyg‘ulariga ko‘- tarishi, hayotiy haqqoniyligi tasvirlashdan birmuncha uzoq edi. Shu sababdan 1752-yili Pergolezi tomonidan yaratilgan “Xizmatkor xonim” operasi Fransiyada sayyoh italyan truppalari tomonidan namoyish etilib, jamoatchilik e’tiborini o‘ziga tortib, esda qoladigan hodisaga aylandi. Parij bu spektakldan so‘ng, hajviy operaning ixlosmandlari va unga qarshilarga ajraldi.
Musiqa san’ati tarixida ushbu hodisa “buffonlar urushi” nomi bilan muhrlanib qoldi.
Uning faol namoyandasi, fransuz faylasufi, yozuvchi va kompozitor Jan-Jak Russo o‘zining “Ibodat” romanida ushbu voqeliklarni tasvirlab beradi: butun Parij shijoat va ehtirosga to‘la ikki partiyaga bo‘Iingan, go‘yo gap davlat yoki cherkov masalalari bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqilishi kabi. Bir partiya - asosan zodagonlardan, yuqori tabaqador, badavlat va fransuz musiqasiga rahnamolik qilgan ayollarlardan iborat bo‘lsa, ikkinchisi jamiyatning aksariyat qismi - asl san’at shaydolari va bilimdonlari, iste’dodli kasb egalaridan tashkil topgan. Birinchilari operada qirol oiiasi uchun maxsus ajratilgan joydan o‘ng tarafda, ya’ni qirolicha o‘rindiqIari
37
jean-Philippe Rameau
www.ziyouz.com kutubxonasi
yonida joylashib, ikkinchilari esa parter va zal
ichida, ammo uning asosiy qismi qirol o‘tirgan 1
joyning pastki qavatida joylashgan. 0‘sha davrdan
e’tiboran taniqli partiyalar “Qirol va qirolicha
burchagi” nomini olgan.
Oqibatda qirol, o‘z vakolatlarini eslab, say-
yoh komediantlarni davlatdan haydab, quvib
yubordi, biroq ular o‘z ishlarini bitirib, Fransiyada
hajviy opera rivoji uchun turtki berdi. Hajviy operalarni rivojiga,1
shuningdek, Vatanning o‘zida rivoj topgan teatr janrlari - bozor va
sayllardagi tomoshalar, kupletli quvnoq qo‘shiq-vodevilning ahami-
yatini ham inkor qilib bo‘lmaydi.
Shunday qilib, “Xizmatkor xonim” operasining o‘rni Fransiya hajviy operasi rivoji uchun katta ahamiyat kasb etdi va hatto keyinchalik Russoni “Qishloq afsungari” hajviy operasini tasodifan’ yaratishga ham undadi. Muallifning librettosiga yaratilgan mazkur opera qishloq dehqonlari Kolen va Kolettalarning sevgi-muhabbati, qishloq hayoti va manzaralari go‘zalligi haqida bayon qilar ekan, ularni sodda qo‘shiq-kuylarini Parij ahli va Versalning saroy ahli va xizmatkorlari kuylab xirgoyi qilib yurishgan.
So‘nggi yillarda hajviy operaning rivoji uchun Pyer-Aleksandr Monseni, Andre-Ernest-Modest Gretri va ayniqsa, Fransua-Andre Filidor (1726-1795) qo‘shgan ulushlari e’tiborga molik. Fransua- Andre Filidor - o‘z vaqtining mashhur va iste’dodli shaxmatchisi tasodifan hajviy opera yozishga bel bog'ladi. Operalaming nomlanishi kompozitor asarlarining maishiy mazmunga murojaat qilganidan voqif qiladi: “Blez etikdo‘z”, “Temirchi”, “0‘tinchi”. Ularda oddiy dehqon, kosiblar, ulaming yashash tarzi, hayoti aks etiladi.
Fransua-Andre Filidor operalarida xudolar ham hazilomuz, ironiya tusida gavdalangan. Kompozitoming ariya va ariyettalari xalq qo‘shiqlarining ohanglari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, fransuz shahar qo‘shiqlari shahar romansi bilan bog‘liq. Yalckaxon lavhalari bilan bir qatorda ansambl nomerlarga katta e’tibor ajratilgan - duet, trio, kvartet va b. Bu nomerlar o‘zaro muloqot dialoglari orqali birlashgan bo‘lib, uzoq vaqt davomida shu jihati bilan ajralib turgan (italyan opera “buffa” an'analariga ko‘ra rechitativlar o'rin olgan).
38
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |