Franchesko Kovalli
Mark Antonio Chesti
Venitsian opera maktabining yorqin namoyandalaridan biri Franchesko Kovalli (1602-1676) va Mark Antonio Chesti (16231669) bo'lganlar. Aynan Kovalli birinchi bo'lib o'zining “Fetida va Peley to'yi” asarini opera atamasi bilan e’lon qilgan, shu bois
30
www.ziyouz.com kutubxonasi
birinchilar qatorida uni amaliyotga kiritgan kompozitor hisoblanadi (opera-ital. “bastalash” ma’nosini bildiradi). Chesti asarlari orasida Troya afsonasi bo‘yicha yaratilgan “Oltin olma” operasi mashhur bo‘lgan. Troya shahzodasi Paris ma’buda malikalari - Yunona, I’allada va Venera1 orasida qaysisi go‘za!roq ekanini hal qiiishi lozim edi. Uning e’tibori Veneraga tushadi va Paris unga oltin olma tuhfa etadi. Ayni shu olma mojarolar va bir-biriga ulanib ketgan fojiaviy voqeliklami sababchisiga aylanadi. Chestining asari barokko operasi an’analarida bajarilgan dabdabali tomosha ko‘rinishiga ega operani namoyon etgan va Yevropa mamlakatlarining ko‘plab saroy leatrlarida sahnalashtirilgan.
Biroq Venetsiya opera san’atining eng yuqori cho‘qqisi Mon- teverdining qalamiga mansub “Poppeyaga toj kiydirish marosimi” operasi bo‘ldi.
Asar 1642-yili yozilgan bo‘lib, bu vaqtga kelib kompozitor 70 yoshni qarshilagan. Ma’lumki, 1613-yiIdan e’tiboran kompozitor Venetsiyadagi avliyo Mark kapellasini boshqargan bo‘lib, bu esa nafaqat kompozitor ijodining yetuklik davri, balki XVII asr opera san’atining rivojlanib gullagan nuqtasini tashkil etadi. Rim imperatori Neron (biz.asr 37-68 yillarda Yuliylar-Kiavdiylar sulolasining liukmronligi) hayotidan olingan tarixiy voqea chuqur psixologik drama uchun asos bo‘ldi.
Operada Rim saroyining dabdabali va hashamatli muhiti, uning ma’naviy inqirozi yorqin ifoda kuchi bilan tavsiflangan. Yuksak va sodda, fojiaviy va hajviy qirralaming o‘zaro tutashib ketishi, asami maTum ma’noda Shekspir durdonalari bilan qiyoslashga asos beradi. Muhimi, Monteverdi operaning musiqiy tilini boyitishga muvaffaq bo‘ldi, rechitativ tuzilmalami kuychanlik bilan boyitib, ularga dramatik ifodalik baxsh etdi. Ariyalar esa yanada melodik yorqin tuzilishga va aniq bo‘rttirilgan ko‘rinishga ega boidi. Harakatning rivojiga mantiqan yondashib, kompozitor operaga polifonik xorlar, inohirona duetlar va hajviy qo‘shiqlarni kiritdi. U garmoniya, ritm, orkestr ifodaviyligini kuchaytirib, ilk bor orkestrga skripka cholg‘ularida “tremolo” va “pizzicato” ijro uslubini kiritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |