Fransua-Andre Filidor operalarida xudolar ham hazilomuz, ironiya tusida gavdalangan. Kompozitoming ariya va ariyettalari xalq qo‘shiqlarining ohanglari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, fransuz shahar qo‘shiqlari shahar romansi bilan bog‘liq. Yakkaxon lavhalari bilan bir qatorda ansambl nomerlarga katta e’tibor ajratilgan - duet, trio, kvartet va b. Bu nomerlar o‘zaro muloqot dialoglari orqali birlashgan bo‘lib, uzoq vaqt davomida shu jihati bilan ajralib turgan (italyan opera “buffa” an’analariga ko‘ra rechitativlar o‘rin olgan).
Ingliz operasi. Operaning bu davlatda tezkor tarixiy hayoti Angliyada sodir bo‘lgan tarixiy-ijtimoiy shart-sharoitlariga borib Inqalgan. XVII asr o'rtalarida burjua inqilobida g‘alaba qozongan puritanlar qirol saroyi va feodal tabaqadorlar san’ati ramzi sifatida tcatr va musiqaga qarshi chiqdilar. Organ uchun, shuningdek, kunsona va richekarlar, tokkata va fantaziya, prelyudiya, kaprichchio, chakona, passakalya, xoral prelyudiyalar va boshqa asarlar yozilgan.
Ko‘plab Yevropa mamlakatlarida organ musiqasining iste’dod- li kompozitor va cholg'uchilari dunyoga keldi. Boshqalardan ko‘ra italyan musiqachisi - Djirolamo Freskobaldi, niderlandiyalik -- Yan Piterszon Svelink va nemis sozandalari - Samuel Sheydt, logann Yakob Froberger, logann Paxelbel va ayniqsa, butun Oimoniyani o'z.ining mahoratli ijrosi bilan hayratga solgan Ditrix Bukstexude itijralib turadilar. Ba’zan niderland, italyan, fransuz, nemis cherkovlari haqiqiy konsert zali va sahnalariga aylanib, ular tomoshabinlami o‘zlarining mohirona ijrolari bilan lol qoldirishgan.
logann Yakob Froberger
Djirolamo Freskobaldi
Ditrix Bukstexude
O‘sha paytlarda organchilar klavikkord va klavisin cholg'usi- ning mohir sozandalari ham bo‘lgan. Bora-bora klavir musiqa organ va lyutnya (ud) musiqasidan yiroqlashib, ajralib boradi. Klavir uchun asarlar repertuarining salmoqli qismini raqslar va syuita (fransuz
tilidan - qator, ketma-ketlik) nomi bilan e’tirof etilgan raqs turkumlari egallagan.
Syuita tarkibiga vazmin nemis ailemanda, harakatchan fransuz kuranta, sekin ispan sarabandasi va tezkor ingliz jiga raqslari kirgan. Ba’zan mazkur asosiy raqslarga qo‘shimcha raqslar o‘miga ariya va rondo kiritilishi mumkin bo‘lgan.
Prelyudiya yoki uvertyura butun raqs turkumini an’anaga ko‘ra ochib bergan. Syuita bilan bir qatorda boshqa turkumlar
ham paydo bo‘ldi. Shulardan biri - sonata va konsert janrlari. Sonata shaklining asosiy turi mazkur davrda cherkov sonatasi hisoblangan. I Mazkur janr asosan cherkovlarda, diniy bayramlarda ijro etilishi' uchun mo‘ljallangan. Cherkov sonatasi bilan bir qatorda dunyoviy ; sonata turlari ham mavjud bo‘lgan. Shu asosda Italiya va Olmoniyada : klavisin sonatalari dunyoga keldi. Ushbu davrda nemis kompozitori logann Kunau qalamiga mansub “Bir necha Bibliya hikoyalaming musiqiy tavsifi” (1770) yaratildi.
O‘sha davrda kamer musiqa deganda, cherkovdan tashqari, ya’ni xonaki sharoitda ijro etiluvchi musiqa nazarda tutilgan. Asta- sekin mazkur termin bilan har bir alohida cholg‘u uchun yozilgan mustaqil partiyalar, ya’ni ansamblli asarlar tushunila boshlandi. Olmoniya, Shveytsariya, Chexiya, Gollandiya, Shvetsiya mamlakat- larida collegium musicum - kamer-cholg‘u orkestr musiqasini ijro etish uchun to‘plangan va asosan talabalar, byurgerlar, qisman
NHii’atkorlardan tashkil qilingan jamoalar paydo bo‘ldi. Bora-bora ular orasidagi farq keskinlashib bordi.
XVII asrda ikkita skripka va viola da gamba cholg‘ulari uchun mo‘ljallangan, ba’zan ularga basso continue (uzluksiz bas) qo'shimcha kiritilgan trio-sonata eng mashhur janrlardan biri hisoblangan. Skripkalar ayrim hollarda fleyta va goboylarga nlmashingan. Dastlabki bosqichda trio-sonatalarning tuzilish shakl- shamoyili turlicha bo'lgan. So‘nggi bosqichda esa asosiy ko‘rinishi tasdiqlandi: vazmin tantanavor muqaddima, fugasimon Allegro birinchi qismi, kuychan va sekin ikkinchi qism va an’anaga ko‘ra tez raqsbop final.
O‘zining tuzilishiga ko‘ra, trio-sonata qadimgi konsert shakliga yaqindir. Biroq unda musobaqaviy kayfiyat birlamchi o‘rin tutadi. Agar oddiy konsertda yakkaxon cholg‘u butun orkestrda taqqoslanib talqin etilsa, bir necha guruh cholg‘ulami butun orkestr cholg‘ulari bilan musobaqa qilishi “katta konsert”, ya’ni concerto grosso deb atalgan.
Concerto grosso janrining rivoji uchun iste’dodli italyan kompozitori, dirijyor va skripkachi Arkandjelo Korellining (16531713) qo‘shgan ulushi katta. Biroq soncerto grosso uning ijodiy bisotida yagona janr emas. U ko‘plab trio-sonata, qadimgi sonata shakli ustida ijod qilgan. Darhaqiqat, Korelli italyan skripka maktabining asoschilaridan biri hisoblanadi, uning ijodi esa XVII-XVIII asrlar bo‘sag‘asidagi musiqa san’atining cho‘qqisini gavdalaydi. Uning an’analarini boshqa buyuk italyan kompozitori to‘rt konsertlardan iborat turkum “Yil fasllari” muallifi Antonio Vivaldi (1678-1741) davom ettirdi.
Karl Galdoni o‘zining memuarlarida kompozitorning zamondoshlari ta’biri bilan aytilgan “mallasoch ruhoniy”ni, o‘z vaqtida uddaburon va o‘ta zehni o‘tkir inson qilib gavdalagan. Italiyada skripka san’ati va skripka uchun musiqani jadal rivojlanib borishi tabiiy omillar bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu avvalo, Italiyada kuychan mohirona skripka ijrosi yuqori rutbaga ko‘tarilib, keyin asta- sekin qadimgi davr cholg‘usi violani surib chiqaradi. Mashhur italyan skripka ustalarining faoliyati ham skripka cholg‘usini keng tarqalishiga zamin yaratib berdi. Xususan, XVII asr o‘rtalari XVIII boshlarida Kremonada buyuk skripka ustasi - Antonio Stradivari j (1644-1737) yashab ijod qilgan. Skripkadan tashqari, u ko‘plab turli xil torli cholg‘ulami yasab keldi va bugunda bu sozlar san’at namunasini noyob yodgorliklariga aylangan. Stradivari italyan skripka maktabi ustalari hamda ustozi Nikolo Amati (1596-1684) an’analarini davom ettirgan. Stradivarining zamondoshi Djuzeppe Gvarneri (1698-1744) ham italyan ustalari maktabining an’analari qudratiga o‘zining katta ulushini qo‘shgan.
Nikolo Amati Antonio Stradivari Djuzeppe Gvarneri
Agar Appenin orolida - Italiyada skripka hukmdorlik qilgan bo‘lsa, qo‘shni davlat Fransiyada birinchi o‘rinni turli cholg‘ulardan aynan klavir va uning turdoshi bo‘lgan klavesin egallagan. XVI asrda klavir oddiy xalq xonadonlari va saroyda mashhur soz hisoblangan, kechroq u opera spektakllari va kamer ansambllarning doimiy tarkibiga qo‘shilib kelgan.
Fransuz klavesin maktabining otaxoni deb Jak Shambonyer hisoblanadi, ammo uning yuqori cho‘qqisi Fransua Kupperen “Fransua Buyuk” ijodi bilan bog‘liq. Aynan uning ijodida “ro- kokko” (ya’ni fransuz tilidan “rocaille” tosh va chig‘anoqlardan terilgan munchoq) uslubi yuqori cho‘qqiga ko'tarildi. Kupperenning nafis, bezak va qochirimlarga boy asarlari, jumladan, “Budilnik”, “Shamolli tegirmonlar”, “Uzum teruvchilar” F. Bushe va A. Vatto
tnsviriy polotnolari, J. Bofran va J. Meyssonye arxitektorlari yaratgan me’moriy yodgorliklar bilan qiyoslanadi.
Nemis operasi. XVII va XVIII asrlardagi Yevropa davlatlari orasida iqtisodiy va siyosiy jihatdan Germaniya eng qoloq davlat hisoblangan. Ilm-fanda sxolastika va dogmatizm hukm surar, falsafa, huquq, matematika va hatto tabiatshunoslik din rahnamoligida edi. Nemis milliy operasini yaratish bo‘yicha bir necha bor urunishlar bo'ldi. Shimoliy va Janubiy Olmoniyada opera teatrlari paydo bo‘lardi, biroq miliiy yo'nalish noturg‘un va juda qisqa edi. Nemis kompozitori Genrix Shyusning birinchi opera asari nemis opera tarixining boshlanishi bo‘ldi. Uning “Dafna” operasi 1627-yil Torgau shahrida ijro etildi.
1678-yilda Gamburgda opera teatri ochildi. Gamburg musiqa havaskorlarining jamiyati Collegium Musicum - shu kabi tashkilotlaming birinchisi edi. O‘sha davming eng savodli nemis san’atkorlaridan biri - Natan Zigmund Kusseming mehnati Gamburg operasining badiiy jihatdan o‘sishiga sabab bo‘ldi. Biroq Gamburg operasining eng yorqin va qiziqarli davri Reynxard Kayzeming nomi va uning ijodi bilan bog‘liq.
XVIII asrning birinchi o‘n yilligi Gamburg operasi uchun gullab-yashnagan davr bo‘l- di. Gendel bilan musobaqalashib, Kayzer “Oktavia”, “Neron” operalarini yozdi, bular uning eng yaxshi asarlari hisoblanadi. Biroq Kayzeming o‘zi operaning inqirozi va uning barbod bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. 1702-yil teatr boshqaruvi Kayzer qo‘liga o‘tdi va uning boshqaruv tizimini bilmasligi bu korxonani bankrotlikka olib keldi.
Reynxard Kayzer (1674-1739) opera xonandachiligi shakllarini ixtiro qilish bilan shuhrat qozongan edi, orkestr sadosidan keng iniqyosda va erkin tarzda foydalana olardi. Rechitativlar ustida puxtalik bilan ishlardi.Kayzer asarlarida milliy o‘ziga xos xusu- Reynxard Kayzer siyat xiralashib, o‘chib bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |