R tursunova, G. Tursunova jahon musiqa tarixi



Download 1,94 Mb.
bet8/36
Sana11.04.2022
Hajmi1,94 Mb.
#543765
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
Bog'liq
Jahon musiqasi tarixi (R. Tursunova)

Mark Antonio Chesti

musiqiy tili esa xalq qo‘shiq va mujassam etdi.

Franchesko Kovalli
Venitsian opera maktabining yorqin namoyandalaridan bir Franchesko Kovalli (1602-1676) va Mark Antonio Chesti (1623 1669) bo‘lganlar. Aynan Kovalli birinchi bo‘lib o'zining “Fetida v; Peley to‘yi” asarini opera atamasi bilan e’lon qilgan, shu boi: birinchilar qatorida uni amaliyotga kiritgan kompozitor hisoblanadi (opera-ital. “bastalash” ma’nosini bildiradi). Chesti asarlari orasida Troya afsonasi bo‘yicha yaratilgan “Oltin olma” operasi mashhur bo‘lgan. Troya shahzodasi Paris ma’buda malikalari - Yunona, I’allada va Venera1 orasida qaysisi go‘zalroq ekanini hal qilishi lozim edi. Uning e’tibori Veneraga tushadi va Paris unga oltin olma tuhfa ctadi. Ayni shu olma mojarolar va bir-biriga ulanib ketgan fojiaviy voqeliklami sababchisiga aylanadi. Chestining asari barokko operasi an’analarida bajarilgan dabdabali tomosha ko‘rinishiga ega operani namoyon etgan va Yevropa mamlakatlarining ko‘plab saroy leatrlarida sahnalashtirilgan.
Biroq Venetsiya opera san’atining eng yuqori cho‘qqisi Mon­teverdining qalamiga mansub “Poppeyaga toj kiydirish marosimi” operasi bo‘ldi.
Asar 1642-yili yozilgan bo‘lib, bu vaqtga kelib kompozitor 70 yoshni qarshilagan. Ma’lumki, 1613-yildan e’tiboran kompozitor Venetsiyadagi avliyo Mark kapellasini boshqargan bo‘lib, bu esa nafaqat kompozitor ijodining yetuklik davri, balki XVII asr opera san’atining rivojlanib gullagan nuqtasini tashkil etadi. Rim imperatori Neron (biz.asr 37-68 yillarda Yuliylar-Klavdiylar sulolasining hukmronligi) hayotidan olingan tarixiy voqea chuqur psixologik drama uchun asos bo‘ldi.
Operada Rim saroyining dabdabali va hashamatli muhiti, uning ma’naviy inqirozi yorqin ifoda kuchi bilan tavsiflangan. Yuksak va sodda, fojiaviy va hajviy qirralaming o'zaro tutashib ketishi, asami ina’lum ma’noda Shekspir durdonalari bilan qiyoslashga asos beradi. Muhimi, Monteverdi operaning musiqiy tilini boyitishga muvaffaq bo‘ldi, rechitativ tuzilmalami kuychanlik bilan boyitib, ularga dramatik ifodalik baxsh etdi. Ariyalar esa yanada melodik yorqin tuzilishga va aniq bo‘rttirilgan ko‘rinishga ega bo‘ldi. Harakatning rivojiga mantiqan yondashib, kompozitor operaga polifonik xorlar, mohirona duetlar va hajviy qo‘shiqlarni kiritdi. U garmoniya, ritm, orkestr ifodaviyligini kuchaytirib, ilk bor orkestrga skripka cholg‘ularida “tremolo” va “pizzicato” ijro uslubini kiritadi.
Monteverdining “Poppeyagatoj kiydirish marosimi” operasi o‘z davrini ancha olg‘a surgani bois, zamondoshlari tomonidan tushu- nilmadi va tez orada unutilib ketdi. Asar o‘zining ikkinchi hayotini opera sahnasi va konsert estradasida bizning davrimizda ko‘rdi.
XVII asming ikkinchi yarmi XVIII asr boshlarida opera san’atining rivojida markaziy maydonga Neapol opera maktabi ko‘tariladi. Bu yerda opera “seria” nomi bilan mashhur bo‘lgan “jiddiy” opera janri shakllandi. Opera seria o‘zining hashamatliligi, jangovar sahnalari, tabiat ofatlari, qahramonlarning g‘aroyibona o‘zgarishlarini o‘zida mujassam etgan yorqin teatral effektlarga asoslangan tomoshani tashkil etgan. Qahramonlarning o‘zi - xudolar, imperatorlar, sarkardalar o'zining qahramonona, g'alabali yurishlari, ulug‘vorligi bilan barchani hayratda qoldirganlar.
Operaning bosh qahramoni ko‘pincha opera asari “buyurtma- chisiga” allegorik taqqoslanib, buyurtmachi sharafiga “hamdu sano- larga” aylantirilgan edi.
Opera-seriada xorlar yo‘q, ansambllar soni ham juda kam. Bar- cha dramatik voqeliklar, dialoglar va harakatlar “recitative secco”, ya’ni “quruq rechitativ” orqali bayon etilgan. U asosan, me’yoriy deklamatsion tuzilmalardan iborat bo‘lib, klavesinning kamnamo ak- kordlari jo‘rligida ijro etilgan. Unga nisbatan taqqoslangan “recitative accompagnato” - jo‘rlik rechitativi jo‘shqin kuychanligi bilan or- kestmi to‘Idirib turgan. U neapolitan operasining eng muhim lavha- larini - qahramonlar his-tuyg‘ularini ifodalovchi katta kuychan ariya- laming kelishini tayyorlab beradi. Chunki neapolitan opera talqinida opera eng avvalo emotsional holatlaming ketma-ketligi demakdir.
Librettochi opera uchun qadimgi yunon afsona va miflari, Qadimgi Rim yoki tarixiy sujetga murojaat qilar ekan, uning asosida birmuncha chigal va murakkab bo‘lgan sevgi-muhabbat mojarosi yotadi. Hech kimni asar mazmunida yotgan tarixiy haqqoniylik yoki qahramonlar tavsifi chuqurligi va ifodaviyligini aks ettirish qiziq- tirmagan. Qahramonlar hissiyotining nozik belgilarini jozibali kuy- lash orqali ifoda etish - Neapol maktabida opera “seria”ni yara- tilishining asosiy sababi bo'ldi.

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish