R tursunova, G. Tursunova jahon musiqa tarixi



Download 1,94 Mb.
bet6/36
Sana11.04.2022
Hajmi1,94 Mb.
#543765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Jahon musiqasi tarixi (R. Tursunova)

iqa maktabi namoyandalari

Dj. Palestrina

Dj. Gabriyeli


XVII asrda го‘у bergan ijtimoiy notinch voqeliklar badiiy mada- niyatda, adabiyot va san’atda o‘z aksini topdi. San’atkorlar e’tibori
1 nafaqat jamiyatda sodir bo‘layotgan o'zgarishlar, balki inson, uning | ichki olami birinchi o'ringa ko‘tarilib, san’at asarlari mavzusiga aylandi.
Ayniqsa, bu “barokko” uslubi deb nom olgan yo‘nalishda yorqin ifodasini topdi (italyan tilidan “ajoyib”, “g'aroyib” deb izoh etiladi).
Barokko uslubi vaqtincha hokimlikni qo‘Idan boy bermagan feodal doiralarda keng gullab-yashnadi. Italiya, Ispaniya, Germaniya mamlakatlarida bu hoi kapitalistik munosabatlarni rivojlanishiga turtki bo‘ldi.
Adabiyot va san’atda barokko saroy ahlining o‘zini yorqin dabdabadorlik bilan burkab, o‘zining kuch-qudrati, noziktaabligini baralla ovoza qilishdan iborat bo‘lgan. Bu borada katolik va protestant cherkov namoyandalari qo‘shgan hissalari nihoyatda katta.
Ammo tashqi ko‘r-ko‘ronalik tagida ilg‘or san’at namoyanda­lari jamiyatda aks etgan hayajon, noilojsizlikni haqqoniy va ifodaviy yoritib bera olganlar. Hayotiy idrokning yorqin dramatizmi adabiyot, musiqa, tasviriy san’at asarlarida fojiaviy mavzularga murojaat qilinishida ko‘rinadi. Aynan XVII asr va XVIII asming birinchi yarmida yangi davr san’atida muhim rol o‘ynagan yangi janr - operating rivojlanishi Yevropa mamlakatlarining madaniyatida alohida voqelikka aylandi.
ITALIYA, FRANSIYA, ANGLIYA VA OLMONIYADA
OPERA SAN’ATI
Italiya operasi. Opera Italiyada dunyoga keldi. XVII asrga kelib, Italiya Ispaniya va Avstriyaning siyosiy qaramligidan iztirob chekib, parchalangan davlatga aylangan. Shunga qaramay, opera san’ati o‘zida jo'shqin hayotbaxsh kuchni mujassam etgan Appenin orolida boshqalarga nisbatan erta gullagan Renessans davri Florensiya shahrida dunyoga keldi. Dante Aligyeri, Mikelandjelo Buonarotti va Benvenuto Chellini kabi mashhur Renessans davri san’at ustalari o‘z paytida ijodiy yo'llarini Florensiyadan bosh- laganlar.
Birinchi operalar “drama per musica” deb nomlanib, “musiqali drama” degan tushunchani anglatgan. XVI asrda Djovanni Bardi (o‘z davrining taniqli san’at homiylaridan biri) o‘z atrofida ‘‘Fiorentina kamerata” nomi bilan tarixda nomi muhrlangan jamoani tashkil etadi. Kamerata safiga iste’dodli san’at ustalari, shoir va yozuvchilar, aktyor va olimlar kirganlar. Ulaming asosiy maqsadi qadimgi yunon tragediya va dramalarini tiklashdan iborat bo‘lib, Esxil, Yevripid, Sofokl asarlarini qayta tikiash yo‘lida xizmat qilganlar.



Fiorentina kamerata a’zo- larining dastlabki tajribala- ridan shunisi ayon bo‘ladiki, ular o‘rta asrda qahramon- laming ichki dunyosi va his- siyotlariga chek qo'yilgan an’analarni qayta uygotishga harakat qiladilar. Buni amal­ga oshirishda aynan mono-

Vinchenso Galiley taniqli astronom Galileo Galileyning otasi bo‘lgan.

g‘oyani o‘z ijodida taniqli kompozitor, udchi, matematik va Ellada
diya (bir ovozli kuy, musiqiy deklamahlya) bison ichki olamini itbdaviy aks etishga muqobil yo‘l deb topilgan. Birinchilar qatorida bu san’at shaydosi bo‘lgan Vinchenso Galiley oldinga surdi.
Monodiya garmonik (akkord tizimli) jo‘rlik yordamida ijro etilib kelingan. Shu bois, Fiorentina kamerata asarlarida ko'proq gomofon-garmonik tizim ustunlik qila boshladi. “Gomofoniya” atamasi deb (yunon. homophonia, ya’ni bir-biriga ohangdosh tushgan jarang) bir ovozni boshqa ovozlardan ustun turgan musiqiy uslub tushunilgan. Polifoniyada gomofoniyaga nisbatan (yunon. poliphonia, ya’ni ko‘p ovozli) matndagi har bir ovoz mustaqil mavqeyiga ega bo‘lib, teng huquqli o‘rni va ahamiyati bilan farqlangan. Fiorentina kamerata a’zolari bir necha asrlar davomida musiqada hukm surgan polifoniyadan, she’riyatni, so‘zlar talqinini buzuvchi omil sifatida undan voz kechib, “tasviriy” (“rappresentative”) yangi musiqiy-deklamatsion uslub rivojiga bor kuchlarni qaratishga bel bog‘ladilar.
Opera janri yuzaga kelishida xonanda va kompozitor Yakopo Peri va shoir Ottavio Rinuchchinining qo‘shgan xissalari ulkan.
Yakopo Peri (1561-1633) Toskananing buyuk gersoglari - Medichilar saroyida “musiqa va musiqachilaming bosh direktori” lavozimida xizmat qilgan. Ottavio Rinuchchini esa Torkvato Tassoning shogirdlaridan biri edi. Ikkala ijodkoming sa’y-harakatlari ila yaratilgan birinchi opera “Dafna” partiturasi bizgacha saqlanib qoiinmagan. Bizgacha “Evridika” operasi yetib kelgan. Uning premyerasi 1600-yil Fransiyada qirol Genrix IV va Mariya Medichilaming nikoh marosimi chog‘ida bo‘lib o‘tgan,
Ushbu opera qadimgi yunon afsonasiga tayanib, uning asosida o‘z kuylash san’ati va g‘aroyib ovozi bilan nafaqat tabiat, insonlami, balki xudolami hayratga solgan ovoz sohibi Orfey haqida so‘z yuritiladi. Orfeyning rafiqasi Evridika ilon zaharidan vafot etadi. O‘z sevgilisini qayta hayotga qaytarish maqsadida Orfey zulmat va o‘liklar olami xudosi Aid saltanatiga tushib, undan rafiqasini qo‘yib yuborishni iltimos qiladi. Orfey ovozidan hayratlanib, rozi bo‘lgan Aid uning rafiqasini qo‘yib yuboradi va bir shart - yorug‘likka chiqqunga qadar uning nigohiga qaramaslik shartini qo‘yadi. Biroq Orfey Evridikaning noligan iltimoslariga bardosh berolmay, butunlay o‘z rafiqasidan ayrilishga majbur bo‘ladi. Og‘ir musibatni ko‘tara olmagan va ilohiy ovozini yo‘qotgan Orfey menadalar tomonidan tilka-pora qilinib, vafot etadi.
Tabiiyki, to‘y marosimida operaga bunday fojiali yakun yasash mumkin bo‘lmagan, shu bois, operaning final qismida bosh qahramonlar - Orfey va Evridika xudolar safiga qo‘ shilib, osmonga ko‘tariladi.
Rinuchchinining ushbu librettosiga Djulio Kachchini (1551­1618) qalamiga mansub yana bir opera yozilgan. Djulio Kachchini kuychang, jozibali ijro tarovati bilan ajraluvchi bel canto (go‘zal kuylash) vokal uslubining asoschilaridan biri sanaladi. Ammo Peri va Kachchini operalari, 1607-yili Mantuan gersogi saroyida sahna- lashtirilgan, Alessandro Stridjo matniga yozilgan Monteverdining “Orfey’’ operasi mavqeyigacha ko‘tarilmadi.


Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish