R tursunova, G. Tursunova jahon musiqa tarixi


c-jvCrc* A-uw Spi- ri длк Mtnies u>-0- rum vin



Download 1,94 Mb.
bet4/36
Sana11.04.2022
Hajmi1,94 Mb.
#543765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Jahon musiqasi tarixi (R. Tursunova)

c-jvCrc* A-uw Spi- ri длк Mtnies u>-0- rum vin

* ' * * > 8 S? •
Impfe sa огг пй uia-te « cw- a sjs ■».


Barcha xorallar cherkovda nishonlangan kalendar bayramlari va maxsus mavsumiy oy va kun, ma’lum vaqtda aniq belgilangan tartibda ijro etilishi kiritilgan. Til (lotin) va kuylash uslubi (grigoryan) diniy marosimlarning yaxlitligini va diniy ta’limot birligidan 16 barchani voqif qilmog‘i zarur edi. Bu borada cherkov hech qanday o'zgarishlarga yo‘l qo‘ymagan. Biroq ular paydo bo‘lgan, chunki uzoq vaqt davomida nota yozuvi bo‘lmagani va diniy aytim va qo'shiqlar maxsus ta’lim olgan xonandalar xotirasida saqlanib, faqat og'zaki tarzda o'rgatilganligini bu borada qayd etish lozim.
Kanonlashgan qo'shiqchilik ikkita katta guruhga boMingan bo‘lib, messa va offitsiyaga taalluqli edi. Yangi kuylarni bastalash Trident katta cherkovi (1545-1563) davrigacha davom etdi, so;ngra bir qator diniy qo'shiqchilik namunalarini, masalan, tropa va sekvensiyalarni ijro etish man qilindi. Tropalar liturgik dramaning tayanchiga aylandi. Cherkov ibodatining marosim matnlari va qo‘shiq namunalari maxsus kitoblami tashkil qildi (Antifonariy, Gradual, Liber usualis).
IX asdan boshlab musiqani pergament qog‘ozida maxsus nota yozuvlari vazifasini bajargan belgilar - nevmalar yordamida yozib olina boshlandi.
Davrlar o‘tib, XI asrda italyan musiqachisi Gvido de Aretsso tomonidan amaliyotga kiritilgan nota chiziqlari takomillashtirildi. Bu qadam zamonaviy nota yozuvi borasida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Gvido de Aretsso Benedikt ibodatxonasi ruhoniysi edi. U nota yozuvining islohotchisi bo‘lib, to‘rt yoTakli nota yozuvini amaliyotga kiritdi (zamonaviy nota yozuviga asos solgan deb hisoblash mumkin). Shu bilan birga, u geksaxord tizimini nazariy asoslab berdi.

Gvido de Aretsso
17

IX asrlargacha katolik cherkovining qo‘shiqlari bir ovozli edi. IX-XIII asrlarda ko‘p ovozli shakllar paydo bo‘ldi. Bular - organum, diskant, gimel va boshqalar. Biroq XV-XVI asrlar oxirigacha ko‘p ovozli qo‘shiqchilik bir ovozlikni qayta ishlangan namunasi sifatida qabul qilinar edi. Ars antiqua davrining Notr-Dam maktabi amaliyotida o‘rta asr ko‘p ovozligining asosiy shakl va janrlari rivoj topdi.
Cherkovda organum, motet, rondel, kondukt, klauzula, goket kabi janrlar rivojlandi. Ars nova davri musiqasida ko‘p ovozli messa va izoritmik motet paydo bo‘ldi. Messa va motet XV asrdan - XVI asrga qadar Niderland maktabi kompozitorlari ijodida bosh janr vazifasini bajardi. Cherkov ladlari (musiqa pardalari) - cherkov ton- lari, amaliyotda Grigoryan ladlari, o'rta asr ladlari deb ham nomla- nadi. Cherkov ladining tarixiy ildizlari qadimgi yunon ladlariga borib taqaladi. Cherkov ladi bu o‘rta asr cherkov musiqasining mpnodik (ya’ni bir ovozli) ladlar tizimidir:

  1. ton - doriy ladi;

  2. ton - gipodoriy ladi;

  3. ton - frigiy ladi;

  4. ton - gipofrigiy ladi;

  5. ton - lidiy ladi;

  6. ton - gipolidiy ladi;

  7. ton - miksolidiy ladi;

  8. ton - gipomiksolidiy ladi.

Cherkov ladining asosiy kategoriyalari - finalis (yakuniy ton), ambitus (aytim hajmi), reperkussa (takror etiluvchi ton, psalmo- diyalash). Cherkov ladining har biri o‘ziga xos kuy shakliga ega bo‘lib, psalmodiya uchun ham xarakterlidir: boshlang‘ich (initsiy), o‘rta kadans (mediatsiya yoki medianta), yakunlovchi (finalisi yoki terminatsiya). O‘rta asr musiqasida cherkov ladlaridan tashqari, bosh- qa ladlar ham mavjud bo‘Igan, ammo ular musiqa nazariyasida o'rga- nilmadi, faqatgina Glareanning “Dodekaxord” risolasida cherkov ladlari tizimi boshqa ladlar bilan to‘Idirildi: IX ton - eoliy, X ton - gipoeoliy, XI ton - ioniy, Xll ton - gipoioniy.
Katolik cherkov G‘arbiy Yevropa davlatlari hududida jamiyat- ning barcha jabhalarini, jumladan, madaniyat va san’atni o‘ziga taslim qilganligiga qaramay, musiqa san’atida tadrijiyot (evolyutsiya)


jarayonlari davom etilaverishini qayd qilishimiz mumkin. Dun- yoviy musiqa Xudoga qarshi chiquvchi va shak keltiruvchi san’at sifatida keskin e’tirozlar mo'ljaliga aylandi.
O‘rta asr musiqa san’ati


yangi voqeliklar bilan yanada boyidi. O’rta asr shaharlari yillar o‘tib madaniyat markazlariga aylandi. Yevropa davlatlarida ilk universitetlar ochildi, Boionya va Parij universitetlari shular jumlasidandir. Sayohat qiluvchi sayyoh musiqachilar haqida asosiy ma’lumotlar IX-XIV asrlar manbalarida keltiriladi.Sayohat qiluvchi san’atkorlar (jonglyorlar, menestrellar, shpilmanlar) turli xil davlatlarda har xil nomga ega bo‘lib, saroy musiqa madaniyatining namoyandalari bo‘lgan. Ko‘p hollarda, saroy lirikasining ilk shakl ko‘rinishlari aynan ularning musiqiy amaliyotida shakllanib boradi. Sayohat qiluvchilarning o‘zi ham aktyor, qo‘shiqchi, jo‘mavoz, raqqos va bastakor sifatida maydonga chiqadilar. Ular truba, rog, svirel, pan-fleyta, volinka, arfa, krot, rebab, viyela, fidel kabi musiqiy cholg‘ularda mohirona chalishni bilganlar. Jonglyor va shular kabi artist, akrobat, musiqachilar, raqqoslar o‘zining ma’lum madaniy-tarixiy an’analariga ega bo'Iish ehtimoii bor edi (Qadimgi Rim sinkretik san’ati).
XII-XI11 asrlarda G‘arbiy Yevropaning bir necha davlatlarida trubadurlar musiqiy-poetik san’atining badiiy ta’siri alohida ahamiyat kasb etdi.
Sarkarda (ritsar)lar doirasida XI asrga kelib iste’dodli shoir va musiqachilar paydo bo‘ldi. O‘zlarining samimiy musiqiy-shoirona asarlarida ular go‘zallik timsoli bo‘lgan ayol nafosatini va ularning qalbini zabt etishga harakat qilgan sarkarda (ritsar)lik musobaqalari haqida bayon etuvchi mavzularni ko‘targanlar. Fransiyada ularni - trubadur va truverlar deb atashgan bo‘isa, Germaniyada - mini- zingerlar deb nomlashgan.
Ular qoldirgan ijodning yozma namu- nalari bir ovozli asarlar ko‘rinishida bizgacha saqlanib qolgan. Biroq o‘sha davrda bir ovozli yozuv bilan bir qatorda ikki va uch ovozli yozuvlar mavjud bo‘igani ham ma’ium.
Yuqorida ta’riflangan barcha hodisalar XIV asrga kelib shakllangan “Yangi san’at” Ars nova nomi bilan tarixda qolgan hodisaga aylandi (unga qarama-qarshi Ars antique - qadimgi san'at taqqos- lanib turgan).
Shu davrga kelib, yetakchi san’atkor va san’at ustalarining nomi xalq orasida tilga olinib, mashhur bo‘ladi. Masalan, Italiyada xalq orasida katta obro‘-e’tibor qozongan ko‘zi ojiz san’atkor - Franches- ko Landino, Fransiyada esa - Gilyom de Masho san’ati yuksak baho- langan.
Darhaqiqat, bu yangi davr san’ati usluban yorqin, jonli, harakat- chan, rang-barang bo‘yoqlar va ifoda vositalar bilan ajraluvchi san’atga aylandi. Ars nova G‘arbiy Yevropa san’atining eng yuksak davrlaridan biri sanalmish - Uyg'onish yoki Renessans (XIV-XV1 asrlar) davrini ochilishiga olib keldi.

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish