Tayanch so‘zlar: klavesinistlar, cholg'u syuita, temp, raqs, imp rovizatsiya, pyesa, prelyudiya,fantaziya, tokkata, imitatsion uslub,fuga
Nazorat savollari
XVII-XVIII asrlar davri haqida so‘zlab bering.
XVII-XVIII asrlaming birinchi yarmida opera janrini Italiya, Fransiya, Angliya va Germaniyada shakllanishi va rivojlanishini yoritib bering.
XVII-XVIII asrlaming birinchi yarmi cholg'u musiqasi haqida bayon etib bering.
XVII-XVIII asrlaming birinchi yarmi taniqli kompozitorlari nomlarini qayd eting.
XVII-XVIII asrlaming birinchi yarmi opera janrlarining qis- qacha tavsifini bering.
XVII-XVIII asrlaming birinchi yarmi cholg‘u musiqa janrlarining qisqacha ta’rifini bering.
Adabiyotlar
Лобанова M. Западно-европейское музыкальное барокко. -M., 1994.
История зарубежной музыки. Выпуск 1-6. - М., - СПб., 1986,2001.
Музыкальная энциклопедия. Выпуск 1-6, -М.: Музыка, 1974,2003.
Mirhaydarova Z. Jahon xalqlari musiqa san’atining rivojla- nish jarayoni. - T., 2008.
Trigulova A. Xorijiy musiqa adabiyoti (o‘quv qo‘llanma). -T„ 2009.
bob. IOGANN SEBASTYAN BAX IJODI
21 [31] mart 1685, ~Eyzenax — 28 iyul 1750, Leypsig
Jahon musiqa san’atida o‘chmas iz qoldirgan daho kompozitor- lar qatorida logann Sebastyan Bax nomi alohida o‘rin egailaydi. Bugunda kompozitoming jahon musiqa san’atidagi o‘mi va mavqeyi shu darajada yuqori baholanadiki, unga qiyoslab teng topilgan hech bir ijodkor nomini bir qatorga qo‘yib bo‘lmaydi deb ta’kidlanadi va bu haqiqatdan ham shunday.
LS. Bax ijodi ma’lum ma’noda o‘zi yashagan davriga yakuniy xulosa yasab berdi, desak bo‘ladi. Uning musiqasi o‘z ichiga musiqa olamida ochilgan, rivojlanib an’anaga aylangan barcha musiqiy jabhalami qamrab olgan holda, kompozitor ularga tayanib ijod qiladi. LS. Bax nemis organ musiqasi, Uyg'onish davrining xor polifonik san’ati, italyan va nemis skripka maktablarining yorqin va mahoratli bilimdoni bo‘lgan.
O‘z vaqtida LS. Baxning notalarni xattotlik yozish san’ati ham- mani lol qoldirib kelgani bois, u zamondoshlarining asarlarini notaga ko'chirib, bu yo‘l orqali fransuz klavesinistlari (awalo Kupperen), italyan skripka ustalari va sozandalari (Korelli, Vivaldi), bir qator italyan opera vakillarining taniqli asarlari bilan bevosita tanishish va ularni o‘rganishga muvaffaq bo‘lgan.
Yangiliklarga va tabiatdan tinmay izlanishlarga shay bo‘lgan ijodkor bu borada erishgan tajribalarini umumlashtirib takomillash- tirdi, jahon musiqa san’atida erishilgan yutuqlarni jamlab, musiqa san’ati rivojida yangi istiqbolli yo‘llami belgilashda o‘z ulushini qo‘shdi. Bu borada I.S. Baxning so‘nggi avlod ijodkorlari (Betxoven, Brams, Vagner, Glinka, Taneyev, Shostakovich, Onegger va b.)ga o'tkazgan ta’siri va ahamiyatini inker qilib bo‘lmaydi.
Kompozitoming ijodiy bisoti nihoyatda ulkan bo‘lib, lOOOdan ortiq turli janrlarga mansub asarlami tashkil qiladi. Ular ayrimla- rining shaklu shamoyili esa, o‘z davr musiqiy an’ana talablari sharti- dan birmuncha chiqib, yangicha ko‘rinishni tashkil etadi.
Muall if asarlarini asosiy uchta janr guruhlarga bo'lish mumkin:
vokal-cholg‘u musiqa;
organ musiqa;
xilma-xil cholg‘ular (klavir, skripka, fleyta va h.z.) va cholg‘u ansambllar, orkestr uchun musiqani tashkil qiladi.
Har bir guruhdagi asarlar kompozitoming hayotiy tarjimai holidagi lavha bo‘lib, o‘tgan ijodiy davrlar bilan uzviy bog‘lanib keladi. Eng yirik organ asarlarini kompozitor Veymar shahrida yaratgan bo‘lsa, klavir va orkestr uchun asarlarni asosan Kyotenda, vokal-cholg‘u asarlami esa Leipsigda yaratgan.
I.S. Bax asosan an’anaviy janrlarda ijod qilgan, bular: messa va passionlar, kantata va oratoriyalar, xor uchun qayta ishlangan asarlar, prelyudiya va fugalar, raqs syuita va konsertlardir. O‘zidan awalgi avlod kompozitorlar an’analarini davom ettirgan holda, kompozitor ularga mislsiz ko‘rinish baxsh etdi. U an’anaviy janrlami yangi musiqa ifoda vositalari bilan boyitib, boshqa ijod janrlardan olingan vositalar bilan mukammalashtirdi. Buning yorqin misoli o‘mida kompozitor qalamiga mansub d-moll Xromatik fantaziyasini qayd qilish mumkin. Klavir uchun yaratilgan mazkur asar katta organ badihalik san’atiga xos ifoda vositalar asosida yozilgan bo‘lib, teatr deklamatsiya tabiatiga xos unsurlarni o‘zida mujassam etdi.
I.S. Bax ijodi o‘zining betakror va kengligiga qaramay, o‘z vaq- tida mashhur bo‘lgan “opera” janrini chetlab o‘tadi. Ammo shuni qayd qilish lozimki, Bax qalamiga mansub dunyoviy kantatalar va hajviy intermediyalar Italiyada qayta to‘q‘ilgan buffa-operalardan katta farq qilmagan. Kompozitor ularni ba’zida - drama per music deb atashi bejiz bo‘lmagan. Kompozitoming “Qahvachilik”, “Deh- qonchilik” kantatalari o‘zining hayotiy lavhalari bilan nemis “zingshpil” opera janri tug'ilishiga zamin yaratdi.
Muallif asarlarining mavzusi va g‘oyaviy mazmuni o'zining hajmi va kengligi bilan ajralib turadi. Unga bir xil ravishda chuqur qayg‘u va iztirob, yengil hajviya, keskin dramatizm va falsaviy hayoliy dunyo olami xos. G.F. Gendel kabi I.S. Bax o‘z davrining ilg‘or g‘oyalarini, islohotchilik ko‘targan diniy-falsafiy qarashlarini iiks etishga harakat qiladi.
Musiqada kompozitor inson hayoti va taqdirining muhitn va umrboqiy masalalari: inson qadr-qimmati, uning burchi, hayoti va o'limi haqida fikr-mulohazalar yuritadi. Bu xayol surishlar asosan cherkov mavzulariga bag‘ishlangan, negaki, kompozitor hayotining nksariyat qismini cherkovga xizmat qilish, e’tiqodini mustahkamlash, diniy musiqa yozish va uni targ‘ib qilishga qaratgan. U juda xudojo‘y inson bo‘lgani bois, umrining oxirigacha dinga sodiq o‘g‘lon bo‘lib yashadi. Nemis va lotin tilidagi muqaddas Injil kitobi kompozitor ijodining asosiy nur taratuvchi manbasiga aylandi.
Iso Payg‘ambar - I.S. Bax ijodida markaziy qahramon va ina’buddir. Uning aksida kompozitor insonning eng yaxshi fazilat- larini, xususan, qattiyatli iroda, o‘z tanlagan yo‘liga vafolik, ezgu niyatlami ko'rgan. Asarlari negizida Payg‘ambar hayotining eng dilga yaqin sahifalari - Golgof qirlarida xochgatortilishi va insoniyat hayoti uchun o‘zini qurbon qilish mavzusi yotadi. I.S. Bax ijodida bu mavzu o‘zining axloqiy, etik talqiniga ega bo‘ldi.
Kompozitor asarlarining murakkab dunyosi barokko estetikasi yo‘nalishida shakllangan musiqiy ramzlar orqali ochib beriladi. Baxning zamondoshlari tomonidan uning musiqasi, jumladan, cholg'u musiqa asarlari tiniq va tushunarli “sof” musiqiy til sifatida qabul qilingan. Musiqada mavjud bo‘lgan aniq turg‘un aylanmalar ravshan tushunchalar. hissiyotlar va g‘oyalami ochib berishga qodir edi.
Klassik nutq san’atiga o‘xshab bu shakllar musiqiy-ritorik ко ‘rinishdagi qoliplar misolida gavdalanadi. Ayrim ritorik qoliplar tasviriy tavsifga ega bo‘lsa (masalan, anabasis - ko‘tarilish, catabasis - qoyaga tushish, circulatio - aylanish, fuga - yugurish, tirata - nayza), boshqalari inson nutqiga o‘xshatma sifatida berilgan (exclamatio-hayqirish - yuqoriga intiluvchi seksta); yana biri hayratni ifodalagan (suspiratio-nafas olish, ta’ziya va g‘am-anduhn ifodalash uchun passus duriusculus - xromatik qadam).
O‘zining turg‘un semantikasi bo‘lgani bois, mazkur qolipla “belgilarga” aylanib, ma’lum his-tuyg‘ular, tushunchalarni aksigi aylandilar. Masalan, pastga harakatlanuvchi qoliplar qayg‘u, iztirob o‘lim marosimi, yuqoriga harakatlanuvchilar esa qayta tug‘ilish, yorug‘likni bildirgan. LS. Bax ijodida ramz kuylari barcha asarlarida mavjud. Kompozitoming ayniqsa, protestant xorallaridagi belgilar chuqur ma‘noga ega.
Ma’lumki, kompozitor protestant xorallari bilan hayoti davo- mida bog'liq bo‘lgan, chunki u uning diniy e’tiqodi va cherkovda xizmat qilgan faoliyati bilan chambarchas bog'liq edi. Kompozitor hamisha xoralning turli janrlardagi ko‘rinishlari bilan ishlagan - organ xoral prelyudiyalar, kantatalar, passionlar va b. Aynan protestant xorali muallifning kompozitorlik musiqiy-badiiy tilini yaxlit va uzviy qismini tashkil qilgan. Xorallar katta protestant jamoalar tomonidan cherkovlarda birgalikda kuylanib, dindor xristian odamlar dunyoqa- rashining yaxlit borlig‘ini aks etishga qaratilgan. Xorallardan aytilgan kuylar hammaga tanish bo‘lgan, shu bois, Baxning davrida har bir asar va uning musiqasi Muqaddas kitobning mazmuni bilan bevosita bog‘liq holda gavdalangan.
Bax ijodida muhim ramzlardan biri xoch bo‘lib, u to‘rtta turli yo'nalishga qaratilgan notalar misolida tashkil topadi. Agar grafik ko‘rinishda birinchini uchinchi, ikkinchini to‘rtinchi bilan bog‘lab olinsa, shunda xristian xochi ko‘rinishi paydo bo‘ladi (hatto, kompozitor familiyasi BACH nota talqinida shunday xoch rasmini tashkil qiladi. Kompozitoming o‘zi buni xudoning inoyati sifatida qabul qilgan ko'rinadi). Turli ritorik qoliplar asosida Bax musiqiy ramzlarining tizimi ishlab chiqildi. Uni o‘rganishga bir qator tadqiqotchilar: A. Shveytser, F. Buzoni, B. Yavorskiy, M. Yudina o‘zlarining katta hissalarini qo‘shdilar.
Kompozitoming yorqin ijodi o‘z vaqtida zamondoshlari tomonidan ulug'ligiga qaramay, munosib qabul qilinmagan. Ma’lumki, LS. Bax mohir organchi sifatida tanilib, kompozitor sifatida u qadar shuhrat qozonmadi. Uning ijodi haqida tiriklik paytida jiddiy bir qo‘lyozma yozilmadi, faqat bisotining kichik bir qismi dunyo yuzini ko‘rdi.
Kompozitorning vafotidan so‘ng uning asarlari uzoq vaqt davomida zaxiralarda chang yutib yotgan, ayrimlari esa yo'qolib kctdi. Kompozitorning nomi ham ma’lum vaqt davomida unutilib kctdi. I.S. Baxga bo‘lgan yangidan qiziqish faqat XIX asrda qayta ro‘y berdi. Kompozitor F. Mendelson tashabbusi bilan topilgan “Matfey bo‘yicha iztiroblar”ning notalari qayta tiklanib, Leypsigda ijro etildi. Tinglovchilami aksariyati musiqadan haraytlanib, muallif nomini o‘zlari uchun qayta ochdilar.
Kompozitor vafotining 1000 yilligi munosabati bilan (1850) Leypsig shahrida Bax jamtyati tashkil qilindi. U o‘z zimmasiga kompozitorning bisotiga kirgan barcha qo'lyozmalami nashr qilishni maqsad qilib oldi (46 jild).
Kompozitorning farzandlari taniqli kompozitor va ijrochilar sifatida tanildilar: Filipp Emmanuel, Vilgelm Frideman (Drezden), logann Kristof (Byukkenburg), logann Kristian (eng kichigi “Londonlik” Bax).
Do'stlaringiz bilan baham: |