R tursunova, G. Tursunova jahon musiqa tarixi



Download 1,94 Mb.
bet18/36
Sana11.04.2022
Hajmi1,94 Mb.
#543765
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
Bog'liq
Jahon musiqasi tarixi (R. Tursunova)

Si-minor messa, ya’ni “Yuqori messa” ustida kompozitor besh yil davomida ishlagan (1733-1738), asaming ikkita qismini u Fridrix Avgust Saksonskiy rahnamosini va e’tiborini qozonish maqsadida, saroyda sakson kurfyurist lavozimiga tasdiqlanishi uchun yozgan. Messa o‘zining kattaligi, g‘oyaviy-falsafiy qarashlarining chuqurligi va o‘ta emotsional ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. Muallif asarda katolik xizmati an’analaridan kelib chiqqan janrga murojaat qilib, uni xristianlikning dastlabki bosqichida qa- rorlashtirilgan lotin tilidagi diniy duolar asosida yaratgan.
Messa tarkibiy besh qismdan iborat bo'lib, har bir qismning nomi birinchi duo satrlari nomi bilan e’tirof etilgan:
1 -qism - KYRIE ELEISON (“Xudo rahm qil!”);

  1. qism - GLORIA (“Shon-sharaf’);

  2. qism - CREDO (“Itoat qilaman”);

  3. qism - SANCTUS yoki BENE­DICTS (“Iloh”, “Inoyat”);

  4. qism - AGNUS DEI (“Qurbon- lik”).

Biroq o‘zining asarida kompozitor an’anaviy besh qismni yana parchalarga bo'lib, ularning tarkibini yigirma to‘rttaga yetkazdi. Ularni ichida o‘n beshta - xor, monumental, to‘liq jarangli, ba’zan tiniq va mussafo; 6 ariya va 3 duet o‘rin olgan. Asaming musiqiy dramaturgiyasi nomerlami kontrast solishtirish asosida tuzilgan.
Messa va uning ayrim nomerlarining bahaybat hajmi, xususan, ijrochilar tarkibining kattaligi (katta aralash xor, yakkaxonlar, organ va orkestr), badiiy obrazlarning chuqurligi va murakkabligi mazkur
asami an’anaviy cherkov marosimidan chiqib, birmuncha murakkafl asarga aylanishiga asos bo‘ldi. Shu bois, xizmat tarkibida messaninj faqat ayrim nomerlari ijro etilishi nazarda tutilgan. To‘liq ko‘rinishdfl faqat konsert sahnalarida ijro etiladi. I
Baxning ijodidan yorqin talqindagi yana bir janr - passionlad (iztiroblar) o'rin olgan. Katolik cherkov an’analarida yaratilgan bill janr yorqin ifodasini nemis protestant xorallarida topdi. Iztiroblan yoki passionlar - oratoriyaning bir turidir. Ularda ham sujet mazmuni] va harakat o‘rin olgan. Biroq qolgan janrlardan farqli o‘laroq, ulaming markazida Yevangiliyada o‘rin olgan sujetlar asos qilinib olinadi. Ular Iso Payg'ambaming iztirob-uqubatlari haqida bayonot qiladi. “Matfeydan iztiroblar” da kompozitor ko‘plab ijodkorlar e’tiborini qozongan, badiiy va katta ichki ziddiyatga to‘la bo'lgan sahna lavhalarini asar asosiga oldi.
Bax Matfey talqinidagi Yevangiliyaga murojaat qilib, unda Iso Payg‘ambaming shogirdi tomonidan xiyonati, Iso Payg‘ambaming Gefsiman bog'idagi iltijosi, Golgofaga chiqish sahnasi o‘rin olgan. Murakkab badiiy yechimni amalga oshirish uchun Bax katta ijrochilar tarkibiga murojaat qiladi (ikkitato‘rt ovozli xor, vaqtinchali uchinchi xor, ikkita orkestr, ikkita organ va yakkaxonlar: xonanda va cholg‘uchilar). “Iztiroblar” mazmuni murakkab va serqatlamli. Bayonotchi hikoyasiga dramatik jo‘shqinlikka to‘la harakat yuklanadi va ushbu bayonotga ijrochilar ovozlari hamisha bostirib kirib boradi. Ba’zan bayonot tugab, yakkaxonlaming lirik chekinishlari yaratilib, qahramon, bayonotchi hissiyotining mujassamlangan emotsional aksi sifatida o‘z ifodasini topadi.
Xorlar - asaming arxitektonik tayanchi o‘mida boshida, o‘rtada va yakunda paydo bo‘lib, yaxlitlikni o‘z ichida mujassam etgan holda ba’zan erkin dramatik sahnalarni namoyon qiladi.
Leonard Bemstayn o‘z vaqtida Baxning ushbu asari haqida quyidagi satrlami qoldirgan: “Qaniydi bu asarni mo‘’jizaviy qirralarini ko‘rsatish imkoni bo‘lsa edi! Ular cheksiz. Ularni ilg‘ab tushunishga butun ummi baxshida etsangiz ham kam”.
“Matfey iztiroblari” 1729-yili juma kuni avliyo Foma cherkovida aprel oyida ilk bor namoyish qilindi. Bu asar kompozitorning tiriklik davrida ham yana bir muddat ijro etilib, keyin uzoq vaqtga kompozitor nomi va uning asarlari tinglovchilar xotirasidan unutilib ketdi.
Aynan “Matfey iztiroblari” ning sahnaga qaytishi bilan buyuk nemis kompozitori musiqasining uyg‘onib tiklanishi boshlangani bejiz bo'lmagan, albatta. Uyg‘onishga sabab bo'lgan ikki katta turtki - taniqli va mashhur nemis kompozitori Feliks Mendelson tomonidan Bax passionlarini yangi davrda, 100 yildan so‘ng, 1829-yilda ijro etilishi muhim sanaga aylandi. Bu konsertlar orqali kompozitor ijodiga uyg‘ongan qiziqish butun dunyo bo‘yicha tarqalib, hozirgi kunga qadar ulug'lanib kelmoqda.

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish