R tursunova, G. Tursunova jahon musiqa tarixi



Download 1,94 Mb.
bet19/36
Sana11.04.2022
Hajmi1,94 Mb.
#543765
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
Bog'liq
Jahon musiqasi tarixi (R. Tursunova)

Baxning organ ijodi. Yoshlik chog‘idan organ mahorati va badihalik san’ati kompozitor e’tiborini jalb qilib, Bax san’atining tayanch poydevoriga aylanadi. Bolalik damlarida u Eyzenaxda tog‘asining organdagi ijrosini tinglagan, so'ngra Otrufda akasining ijro mahoratidan hayratlanib yurgan. Amshtadda Baxning o‘zi organchi sifatida o‘z mahoratini mukammallashtirish, organ uchun ilk asarlar yozish bilan faoliyatini davom ettiradi. Uning xoral qayta ishlovlarida amalga oshirgan tajribalari g'ayritabiiy va o'zgachaligi bilan ba’zida Amshtad aholisini sarosimaga tushirgan.
Veymarda u organchi sifatida ishlab, organ ijodi borasida samarali mehnat qiladi, ya’ni bu yerda uning eng katta organ bisoti yaratiladi: “Tokkata va fuga” d-moll, “Tokkata, adagio va fuga” C- dur, “Prelyudiya va fuga” a-moll, “Fantaziya va fug”a g-moll, “Passakaliya” c-moll va boshqalar. Hatto sharoiti tufayli boshqa ish qilishga majbur bo‘lgan kezlarida ham kompozitor o'zining portativ organidan ayrilmagan.
Cherkovda Baxning jo‘rligida uning oratoriyalari, kantatalari, passionlari yangragan. Aynan organ orqali u keng ommaga tanildi. Organ badihaliklarida u eng yuksak cho'qqilarga erishdi. Mashhur organchi Yan Reynken, yoshi keksaygan vaqtda Baxning ijrosini tinglab: “Men bu san 'at allaqachon о ‘Igan desam, endi bu san ’at Sizda yashamoqda. Bunga amin bo ‘Idim ”, - deb qayd etgan ekan.
Organ uslubining asosiy qirralari. Bax davrida organ barcha cholg‘ulaming qiroli bo‘lgan - eng bahaybat va rangli jarang egasi. U cherkov koshonasining ustida katta akustika jarangi orqali jozibali yangragan. Organ san’ati keng tinglovchilarga murojaat qilishi bois, ko‘tarinki oratorik pafosi, monumentalligi, konsertlik xususiyati bilan ajralib turgan. Ushbu uslub keng hajmli shakllar va mahoratli ijroni taqozo etgan. Bu borada organ asarlar katta devoriy suratlar kabi yirik plandagi manzaralarga o‘xshaydi. Baxning eng katta va savlatli cholg’u asarlari aynan organ uchun yaratilgandir: “Passakaliya” c-moll, “Tokkata, adagio va fuga” C-dur, “Fantaziya va fuga” g-moll va boshqalar.
Nemis organ san’atian’analari. Xoralprelyudiyalar. Baxning organ san’ati boy nemis musiqa zaminida yuzaga kelib, rivoj topadi. Zero, organ musiqaning kamoli uchun nemis ustozlarning mahorati katta ahamiyat kasb etgan. Olmoniyada organ san’ati mislsiz darajaga ko‘tarildi va bu yerda bir necha avlod taniqli va daho organchilar dunyoga keldi. Ulaming aksariyatini kompozitor o‘z vaqtida tinglashga muyassar bo‘lgan; Gamburgda - Y. Reynken, Lyubekda - D. Bukstexude (Baxga yaqin bo‘lgan). Voris sifatida u nemis organchilaridan organ janrlarni o‘zlashtirish borasida tajribaga tayanadi - fuga, tokkata, xoral prelyudiyalar.
Baxning organ ijodida ikkita janr toifasini ajratish mumkin:

  1. - katta bo’lmagan xoral prelyudiyalar;

  2. - “kichik” polifonik turkumlar va yirik hajmdagi asarlar. Ular kirish muqaddimasi va fugalardan tashkil topadi.

Bax 4 to‘plamda jamlangan 150 ta xor prelyudiyalari muallifi. Ular orasida “Organ kitobchasi” - eng ilk nashr bo4ib (1714-1716), 45 qayta ishlovlardan iborat. Kechroq “Klavir mashqlari” to‘plami
76
yaratilib, o‘z ichiga organ ijrosiga mo‘ljallangan 21 qayta ishlovlami qamrab oldi. So‘nggi to‘plam - oltita asardan tashkil topib, “Shyubler xorallari” nomi bilan mashhur (Baxning shogirdi va nashriyotchisi, organchi Shyubler nomi bilan ataladi). Oxirgi to‘plam - “18 xoral” bo‘lib - kompozitor vafotidan oldin nashriyotga topshirilgan.
Baxning xoral prelyudiyalarini rang-barangligiga qaramay, ular quyidagilar bo‘yicha birlashadi:

  1. kichik hajm;

  2. melodik boshchilikni hukm surishi (negaki, xoral qayta ish- lovlari vokal aytimlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan);

  1. kamer uslubiyati (Bax o‘zining xoral prelyudiyalarida organning katta imkoniyatlarini emas, balki uning rangin tembr bo‘yoqlarini ko‘rsatishni maqsad qilgan);

  2. polifonik imkoniyatlaridan keng foydalanilishi;

  3. xoral prelyudiyalarning obrazlar doirasi uning mazmunida ochib berilgan obrazlar bilan uzviy bog‘liq (bu Bax lirikasining falsafiy qarashlari, inson taqdiri, qayg‘u va iztiroblari haqidagi o‘ylardir).

Prelyudiya Es-dur (“Uyg'oninglar, ovoz bizni undamoqda”). Uning musiqasi tantanali sokin va yorug1 kayfiyat ortida asta-sekin rivoj topib shakltanadi. Xoral ritm va ohang rivojida birmuncha bir xillik mavjud. U ladning turg‘un pog‘onalari bo‘yicha harakatni namoyon qilib, asosiy tovushning bir necha marotabali takrori bilan ajralib turadi. Biroq Bax o‘z prelyudiyasini xoral kuyidan emas, balki asosiy mavzu kuyidan boshlaydi — birmuncha kuychan, hara- katchan, shu bilan birga, xoralga yaqin bo‘Igan ixcham kuy. Rivoj topib, mazkur kuy ohang va ritmik nuqtayi nazardan boyitiladi. Unda katta masofali jumlalar paydo bo‘lib, diapazoni kengayib boradi. Shu bilan
birga, Linda noturg‘unlik hissi kuchayib, sekvent tarzdagi honish I ohangi takrorlanib, birmuncha jadallashib, ekspressiv holatni yuzaga r keltiradi. |
Prelyudiyaning tonal rejasi qardosh bemol tonallikiami qamrab I oladi. Lad tonal rivojlov yorqin major ranglardan tortib, to o‘rta I qismida minor koloritdagi to‘q ranglarga, so‘ng yakuniga yaqin yana I o‘sha yorqin jarangga intilishi bilan ko‘zga tashlanadi. '
Prelyudiyaning tiniq fakturasi ikki asosiy kuy chizgilarga asoslangan bo‘lib, bir-biridan uzoq masofada kelishi kenglik hajmlik hissiyotini yaratadi. O‘rta ovozlarda xoral mavzusi ifoda etilgan bo'lib, ular birmuncha kech matoga kiritilib, mustaqil mavqega ega. I

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish