R. S. Qosimov (rais), X. Sultonov, Q. Nazarov, M


v) falsafa yo’nalishi: ustodi soniy Forobiyning jamiyat haqidagi qarashlari



Download 0,7 Mb.
bet48/137
Sana22.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#839960
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   137
Bog'liq
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

v) falsafa yo’nalishi: ustodi soniy Forobiyning jamiyat haqidagi qarashlari.


Uchinchi, aytish mumkinki, aql qudrati va mantiqiy tafakkurga tayangan eng yirik va eng teran yo’nalish - islom falsafa maktabi bo’lib, bu yo’nalish tabiiy va aniq fanlarni o’rganish bilan bevosita bog’lanib ketadi. IX asrdayoq falsafa yo’nalishining birinchi yirik vakili Al-Kindi (800-870) ijod etganligi ma’lum. IX asrga kelib, bu sohada ham eng buyuk allomalar yana bizning yurtimiz yoki, kengroq olganda, Movarounnahr va Xurosondan etishib chiqa boshladi. Avvalo, yurtdoshimiz Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug’ Tarxon Forobiy (873-950) ni esga olish joiz. U Forobda turkiy elatdan bo’lgan harbiy oilasida tug’ildi. Shosh, Buxoro, Samarqand shaharlarida ta’lim olib, so’ng Rey, Isfahon, Hamadon shaharlarini bosib o’tib, Bag’dodga kirib bordi. 70 dan ortiq tilni, o’z davrigacha yaratilgan ilmiy-falsafiy boylikni chuqur o’zlashtirdi. Forobiy
saroy doiralaridan iloji boricha o’zini uzoq tutgan, kamtarona hayot kechirgan, faqat umrining oxirida Xalab hokimi Sayfuddavla (943-967) iltifotiga sazovor bo’lib, uning homiyligida bir muncha barakali ijod qilishga muyassar bo’lgan. Arab dunyosining Misrdan tortib ko’p shaharlarini kezib chiqqan alloma Damashq shahrida vafot etgan va
o’sha erga dafn etilgan.
Forobiy 160 dan oshiq asar yozgan qomusiy bilim sohibi edi. U yunon faylasuflari merosini chuqur o’rganib, ularga sharhlar yozdi. Ayniqsa, Aristotelning murakkab falsafiy asarlarini batafsil sharhlab berdi. Uning sharhlari asosida katta bir guruh allomalar yunon falsafa maktabi mazmunini yangicha talqinda o’zlashtirdilar. Bundan tashqari Forobiy ilmning turli yo’nalishlari bo’yicha (falsafaning umumiy masalalari, bilish nazariyasi, fanlar tasnifi, matematika, astronomiya, muzika,
adabiyot nazariyasi, notiqlik san’ati, fizika, kimyo, tibbiyot, biologiya, etika, pedagogika, huquqshunoslik, davlatni boshqarish nazariyasi, siyosatshunoslik va boshqa turli sohalarda) mustaqil risolalar yaratdi.


68
Insonning baxt-saodatga erishuvi, fozil jamiyat va uning hukmdori
haqidagi Forobiy olg’a surgan g’oyalar keyingi asr allomalari tomonidan yanada rivojlantirilib, insoniyat tarixini to’g’ri tushunish va talqin qilishda
yangicha yondoshuvlarga asos soldi. Forobiy merosi XII-XIII asrlardayoq lotin, qadimiy yahudiy va boshqa tillarga tarjima qilinib, Evropa xalqlari ma’naviyatini boyitishga xizmat qildi.
Forobiy va uning ijodiy faoliyati haqida katta monografik risolalar o’zbek tilida bosilib chiqqanligi uchun bu haqda ortiqcha ta’rif shart bo’lmasa kerak. Faqat bir narsaga e’tibor berishni bugungi kun taqozo qiladi. Allomaning borliq haqidagi yaxlit tasavvuri va talqinlari sovet davri hukmron mafkurasi talablaridan kelib chiqib ko’p jihatlardan chalkash talqin etilgan.
Forobiy sof falsafiy Tavhid ta’limotini yaratishni niyat qilgan, desak to’g’riroq bo’lar. Uning mulohazalari islomdan tashqarida emas, balki ilohiy kitobda ta’kid etilgan Tavhid ta’limotini to’g’ri talqin etishga tomon yana bir pog’ona yuqoriroq ko’tarilish, deyish ma’qulroq ko’rinadi. Shu o’rinda Aristotel va Forobiy, kengroq olsak, qadim Yunon mumtoz falsafasi va islom ma’rifatchiligi davri bilan Tavhid falsafasi orasidagi nisbat haqida ba’zi mulohazalarga ehtiyoj seziladi. Nega islom ma’rifatchilari Homerning badiiy ijodiga yoki Esxil va Sofokl
tragediyalariga kamroq e’tibor berib, Aflotun va Arastu falsafasiga ayricha diqqat qaratdilar? Avval musulmon mutafakkirlari yunon badiiy adabiyotidan xabardor bo’lmaganlar deb faraz qilindi, ammo bu noto’g’ri bo’lib chiqdi. Bizning nazarimizda, masalaning mohiyati boshqacharoq.
Ma’lumki, qadim yunon madaniyati asotir tafakkur bosqichida (fikrlash tarziga ko’ra olganda «Avesto» madaniyatining mantiqiy davomi sifatida) shakllangan. Shu sababli u davr badiiy adabiyoti ham xalqqa yaxshi ma’lum bo’lgan asotir timsollarga tayanib yaratilgandir. To Aflotun falsafasiga qadar biz shu holatni mushohada qilamiz. Aflotun falsafasida asotir timsoliy qobiq yoki po’stloqqa aylangan. Asl idealizm - bu Aflotun falsafasidir. Undagi ideyalar olami haqidagi tasavvur asotir tafakkur qobig’ida yangi bir dunyoqarash - borliqning falsafiy talqini yaralib kelayotganidan darak berardi.
Forobiyni va umuman, X-XI asr musulmon donishmandlarini Aristotel falsafiy merosiga jazb etgan narsa xuddi shu holat, ya’ni asotir tafakkurni sof falsafiy dunyoqarash engib o’tganligi bo’lsa, ajab emas. Shu nuqtai nazardan Aristotel qarashlari Borliq haqiqatini ochiq ko’z bilan, ya’ni sof aql ko’zi bilan idrok etishdagi birinchi qadam bo’lib, Forobiy talqinida bu qarashlar sohibi Birinchi muallim nomini oldi. Talqin etuvchining o’zi esa Ikkinchi muallim ataldi. Shu o’rinda yana Navoiy yaratgan timsollar yodga tushadi. Suqrot Farhodni ming
69
yil kutganini aytadi. Aristotel merosi ham turk yigiti Abu Nasr Muhammadni 14 asr kutdi. Islomgacha ahli bashar falsafiy tafakkuri avj nuqtasi bilan Tavhid falsafasining sof aqlga tayangan ifodasi tutashuvi shu tariqa amalga oshdi.
Forobiy timsolida milliy tafakkurimiz umumbashariy miqyosga ko’tarildi, ya’ni Forobiy falsafasi o’zidan oldingi umumbashariyat mantiqiy tafakkurining cho’qqisi - Aristotelning borliqni idrok etish darajasiga etishib, undan ilgarilab ketdi. Islom Tavhid falsafasining Forobiydan keyingi taraqqiyoti butun bashariyatni tafakkur taraqqiyotida yangi pillapoyalardan yuqori olib chiqib keta boshladi. Abu Abdulloh Xorazmiy (vafoti 997 yil), Abu Ali ibn Sino (980-1037), Abu Rayhon Beruniy (973-1048) kabi yurtdoshlarimiz merosi ushbu yuksalish pillapoyalarining ayrim bo’g’inlarini tashkil etadi, deb bemalol aytish mumkin.
Forobiydan boshlab Ibn Sinogacha barcha faylasuflarimiz qomusiy bilim egasi edilar. Beruniy umumfalsafiy mulohazalar bilan kamroq shug’ullanib, ko’proq turli muayyan ilm sohalariga ahamiyat bergan bo’lsa, Ibn Sino ham aniq va amaliy bilimlar sohasida, ham sof falsafiy mushohadalarda yuksak cho’qqilarni zabt etdi.
Shu o’rinda Forobiy va Ibn Sino falsafasi orasidagi aniq ko’rinib turgan farqni qayd etib o’tish mintaqa ma’naviyati taraqqiyotidagi o’zgarishlarga e’tiborimizni jalb etishi mumkin. Forobiy X asr birinchi yarmida ijod etdi. Uning falsafiy tafakkuriga tasavvuf ta’limotining jiddiy ta’siri sezilmaydi. Ammo Ibn Sino merosidagi «Hayy ibn Yaqzon», «Solomon va Ibsol», «Qush risolasi», «Ishq haqida risola» kabi qator asarlarda tasavvufga oid muammolar ko’tariladi va ularga falsafiy javoblar izlanadi. Masalaning jiddiy muhokamasiga kirishmagan holda aytish mumkinki, bu o’zgarish bejiz emas edi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish