R. S. Qosimov (rais), X. Sultonov, Q. Nazarov, M


fasl. Tasavvuf nazariyasi va Ibn al-Arabiy merosi. Tasavvuf tariqatlarining shakllanishi



Download 0,7 Mb.
bet56/137
Sana22.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#839960
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   137
Bog'liq
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

fasl. Tasavvuf nazariyasi va Ibn al-Arabiy merosi. Tasavvuf tariqatlarining shakllanishi.


Darhaqiqat XII asrdan tub o’zgarishlar boshlandi. Imom G’azzoliyning tug’ishgan ukasi Abdulfutuh Ahmad G’azzoliy (vafoti 1126 yil) akasi izidan bormay, so’fiylik yo’lini ixtiyor etdi. U shayx Abu Ali al-Farmoziy (vafoti 1084 yil) va shayx Abu Bakr an-Nassoj at-Tusiy (vafoti 1084 yil) suhbatlariga noil bo’ldi va Ibn Sinoning «Qush risolasi» asariga tasavvuf ruhida javobiya yozdi.


XII asr boshlarida fors mumtoz she’riyatining eng yorqin yulduzlaridan Abdulmajid Majdud ibn Odam Sanoiy (1048 - 1140) yangi bir an’anani boshlab berdi; u birinchilardan bo’lib asr boshida saroyni va madhiyaguylikni tark etib, she’riyatga jiddiy falsafiy-ijtimoiy va axloqiy masalalarni olib kirdi. Shu sababdan uning «Sayrul-ibod ilal-maod» («Alloh bandalarining qaytar makonga safari») va
10 ming baytdan ortiq hajmdagi «Hadoyiq-ul- haqiqa»(«Haqiqat bog’lari») dostonlari buyuk xalaflari (izdoshlari) tomonidan so’fiyona ruhda talqin etildi. Asr oxirlariga borib bu jarayon ancha keng yoyildi - o’sha davr saroy she’riyatining atoqli vakillari Anvariy(vafoti 1191y.), Hoqoniy (1120-1199) va boshqalar birin-ketin uzlatga chekinib, o’z homiylariga madhu sano o’rniga
jiddiy falsafiy qasidalar yozishga kirishdilar.
XII asr birinchi yarmida G’azzoliy qarashlari mintaqaning ko’p joyida hanuz jiddiy anglab etilmagan, hatto uni qoralash, rad qilish harakatlari ko’zga tashlanar edi. Ammo vaqt o’tgan sari buyuk mutafakkir merosining qadri va nufuzi osha bordi. Irfon qadriyatlari borgan sari kengroq insonlar jamoasini o’ziga jalb etib, turli tasavvuf tariqat va suluklari tarkib topa boshladi. XII-XIII asrlar davomida to bizning zamonamizgacha muayyan ta’sirini saqlab kelgan asosiy tariqatlar - Cuxravardiya (asoschilari Ziyauddin Abu Najib as-Suxravardiy - 1037-1168, Shahobiddin Yahyo as-Suxravardiy - 1155-1191, Shahobiddin Abu Xafs Umar as- Suxravardiy - vafoti 1234), Qodiriya (asoschisi -Abdulqodir bin Abu Solih Jiloniy

  • 1077-1166), Rifoiya (asoschisi- Ahmad bin Ali ar-Rifoiy - 1106-1182), Yassaviya (Ahmad Yassaviy vafoti - 1166 yil), Kubraviya (Najmiddin Kubro - 1145-1221), Shoziliya (Abulhasan Ali ash-Shoziliy - 1196-1258), Badaviya (Ahmad al -Badaviy - 1199-1276), Dasukiya (Ibrohim ad-Dasukiy - 1246-1288), Chishtiya (Muiniddin Muhammad Chishtiy - vafoti 1236), Mavlaviya (Jaloliddin Rumiy - 1207-1273) shakllanib ulgurdi. Keyinchalik naqshbandiya deb shuhrat topgan Xojagon sulukining qator shayxlari - Yusuf Hamadoniy (1049-1140), Abdulholiq G’ijduvoniy (vafoti 1179), Orif Revgariy (vafoti 1259yil), Mahmud Anjir Fag’naviy (vafoti 1272) kabilar ham shu ikki asr oralig’ida yashab o’tdilar. Abu Madyon Shuayb bin al-Husayn (1126-1198), Majiddin Bag’dodiy (vafoti

84
1219 yil) Yunus bin Yusuf ash-Shayboniy (vafoti 1222 yil), Abdulfath al-Vositiy (vafoti 1234), Abu Muhammad Ali al-Harkuliy (vafoti 1247), Tolib ar-Rifoiy (vafoti 1284), Abulabbos Ahmad Sanhojiy (1088-1141), Farididdin Shakarganj (1175-1265), Nuriddin Muborak G’aznaviy (vafoti 1274), Bahouddin Zakariyo (1182-1268) kabi mintaqada dong taratgan boshqa qator ulug’ shayxlar ham shu davrda yashab faoliyat olib bordilar.
Bu ikki asr mobaynida irfoniy she’riyat va tasavvuf falsafasi ham yuksak cho’qqilarga ko’tarildi. Agar Sanoiy dostonlari yo’nalishi haqida hanuz taraddud mavjud bo’lsa, Farididdin Attor (1147-1229) va Jaloliddin Rumiy (1207-1273) dostonchiligining mazmuni sof tasavvuf ruhida ekanligi har qanday bahsdan xolidir. Arab dunyosi ushbu asrlarda ikki buyuk zotni - irfoniy ishqning otashin kuychisi Ibn al-Farid (1181-1234) va nazariy tasavvufning cho’qqisi bo’lmish
«Futuhoti Makkiya» asarining muallifi Ibn al-Arabiy (1165-1240)ni etkazib berdi. Bugungi kunda Ibn al-Arabiy merosini chuqur o’zlashtirmay turib, tasavvuf irfoni haqida salmoqli ilmiy mulohaza yuritish mushkul ekanligi jahon afkor ommasiga ayondir. Bu murakkab falsafani anglash va anglatish uchun ne-ne sharhlar yozilmadi. Shular jumlasidan fors tasavvuf she’riyatining zabardast vakillaridan Faxriddin Iroqiy(1213-1289) yozgan «Lama’ot» asari bo’lib, unga sharh sifatida Alisher Navoiy iltimosiga binoan Abdurahmon Jomiy (1414-1492) «Asha’ot-ul- lama’ot» risolasini yozdi va uning asosida ulug’ vazirni irfon falsafasining murakkab sirlariga oshno qildi.



  1. Download 0,7 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish