( muayyan hayotiy tajriba asosida hulosa qilish)
II
qadimgi dunyo odami, Yangi davr odamlarining fikrlash tarzi
Asosiy tafakkur turlari:
Mantiqiy tafakkur
(sabab-oqibat bog’lanishlari asosida fikr yuritish )
timsoliy tafakkur
(badiiy tafakkur, o’z fikrini ramz va timsollar vositasida ifodalash)
tarixiy tafakkur
( turli manbalar orqali aniqlangan ma’lumotlarga tayanib xulosalar qilish)
evristik tafakkur
(ilohiy ilhom, ilmiy va badiiy ijod jarayonida tamomila yangicha g’oyalar, echimlar, timsol va tasavvurlarning yaxlit shakllanishi)
Murakkab tarkibli tafakkur turlari:
Irfoniy tafakkur
(ilohiy ilhom, riyozat va ilohiy jazba natijasida hosil qilingan laduniy bilimlarni timsol va ishoralar vositasida ifodalash)
Falsafiy tafakkur
(mantiqiy va evristik tafakkur
asosida Borliq haqiqatini modellashtirishga urinish)
ilmiy tafakkur
(mantiqiy va evristik tafakkurga hamda maxsus amaliy tajribalarga tayangan holda
muayyan nazariy muammoni hal qilishga urinish )
riyoziy (matematik) tafakkur
( aniq formulalar, chizmalar, tenglamalar, raqamlar nisbati vositasida o’z fikr va g’oyalarini ifoda etish )
estetik tafakkur
( muayyan hayotiy hodisalarga go’zallik va ichki uyg’unlik talablaridan kelib chiqib munosabatda bo’lish )
80
axloqiy tafakkur
( insonlarning amaliy faoliyatini muayyan ma’naviy-axloqiy tartib-qoidalar nuqtai nazaridan baholash )
siyosiy tafakkur
( ijtimoiy hodisalarga muayyan siyosiy manfaatlar nuqtai nazaridan yondoshish)
huquqiy tafakkur
( insonlarning xatti harakatlariga muayyan qonunlar bilan belgilangan huquqiy normalar nuqtai nazaridan yondoshish)
III
XXI asr odamining fikrlash tarzi:
tavhidiy tafakkur
( Insoniyatga xos barcha tafakkur turlari yagona Borliq haqiqatining turlicha jilolari ekanini anglab etib, e’tirof etish, o’zgacha fikrlovchi insonni tushunishga intilish )
O’tilgan mavzu bo’yicha savollar:
Islomda ilm va imon nisbati.
Islom mintaqa madaniyatida mantiqiy tafakkurning o’rni.
Taqlidiy imon va tahliliy imon.
Islom ma’rifatchiligining mohiyati.
Imom G’azzoliy va Umar Xayyom Borliq haqiqatini anglab etishning turli yo’nalishlari haqida.
Kalom ilmi: mo’’tazila, ashariya, moturidiya.
Forobiy falsafasi va fozil jamiyat orzusi.
Botiniya nima?
“Ixvon us-safo” guruhining tarixiy xizmati.
Nosir Xisrav kim?
Tasavvuf yo’nalishining shakllanishi.
Ilk mutasavvuflar.
Xorazm Ma’mun akademiyasining jahon ilmi taraqqiyotidagi o’rni.
Qomusiy allomalarimiz faoliyati.
Yusuf Xos Hojib va Islom ma’rifatchiligi bosqichida turkiy xalqlar ma’naviyati.
«Ehyoyi ulum ad-din» va «Kimyoyi saodat» asarlarining mintaqa ma’naviy takomilidagi ahamiyati.
Bilim turlari.
Tavhidiy tafakkur nima?
Ilm ma’rifati. Ma’rifat tushunchasini tor va keng tushunish.
8-bob.
81
Tasavvuf tariqatlarining shakllanishi va irfon
fasl. Zohidlik, oshiqlik va oriflik. Ibn Sino va G’azzoliy «Ishq» haqida
So’z boshidan ta’kidlash zarurki, zohidlik (zuhd) bu - irfon emas, ammo tasavvuf zohidlikdan ayru ham emas. Shu nuqtai nazardan Uvays Qaraniy (vafoti 644 yil), Molik Dinor (vafoti 748 yil) kabi mashhur siymolar tasavvufdan tashqari emas, ammo asli tasavvufning shakllanishini, bizning nazarimizda, Hasan Basriy (642-728) faoliyati, ya’ni VIII asrdan, deb belgilagandan ko’ra, IX asr o’rtalaridan, ya’ni Zunnun Misriy (796-859), Xoris Muxosibiy (791-857), Boyazid Bistomiy (vafoti 875 yil) ijodlaridan boshlash o’rinliroq bo’lsa kerak. Mulohaza shundaki, tasavvuf tariqining maqomlari tugal bo’lmagunicha va muayyan tizimga tushib shakllanmagunicha, oldingi salaflar o’rni ham
muayyan bo’lmog’i tasavvurdan tashqaridir. G’azzoliygacha tasavvuf irfoni islom ma’rifatchiligi bosqichining yirik yo’nalishlaridan biri sifatida shakllanib ulgurdi.
G’azzoliy o’z asarlarida Kalom, falsafa, va boshqa yo’nalishlarni umumiy me’yorga keltirib,
hosil qilgan xulosasi irfon foydasiga edi. Masalan, uning ishq turlari va ularning
“Ishqi ilohiy” - “ishqi ha-qiqiy” ham deyiladi, tasav-vuf irfonida Haq ishqi, Borliq haqiqatiga fidoiy-lik. Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarining ikkinchi qismi, 10-bobida ishqni
3 qismga bo’lib, sufiylarning Haq jamoliga oshuftaligini “siddiqlar ishqi” deb ataydi.
o’zaro nisbati xususidagi mulohaza larini olib ko’raylik.
Ishq hodisasi qadimdan ahli basharni qiziqtirib kelgan. Qadim Hind, Xitoy, Yunon tafakkur mevalari orasida yolg’iz bani basharga xos bu ruh, nafs va jismni bir nuqtada birlashtiruvchi hodisaning tahliliga bag’ishlab yozilgan talay asarlar mavjud. Islom mintaqasida bu mavzuga oid Poklik birodarlari
yaratgan qomus tarkibidagi risoladan keyin yaratilgan yaxlit falsafiy asar Ibn Sinoning «Risola fi-l-ishq» kitobidir. Albatta, bu asarning yozilishiga tasavvufning ta’siri bor, chunki tasavvuf irfonida etakchi o’rin tutuvchi hodisa ishqdir. Ammo, tabiiyki, Ibn Sino faylasuf va amaliyotchi tabib bo’lganligidan ishqqa ham mavjud voqelikning ilmiy tadqiqotchisi va sof faylasuf
Irfon – tasavvuf nazariyasi, Borliq haqiqatini anglab etishning tasavvufiy yo’nali-shi, Haqiqat ishqi alangasiga tik kirib borib, nafsni xudbinlik zangidan poklash va shu orqali shaxsning Oliy Haqiqatga
82
daxldorligini amalda ta’minlash yo’li.
sifatida yondoshadi. Tibbiyotga oid kitoblarida insondagi ishq hodisasini ruhiy muvozanat buzilishining bir turi sifatida sharhlagan olim,
ishqqa falsafiy nuqtai nazardan yondoshganda, Poklik birodarlari va Forobiyning bu haqdagi falsafiy mushohadalarini ijodiy rivojlantirib, ishqni ruhiy hodisa
mazmuni sifatida tadqiq etadi. Ibn Sino ishqni (bir narsaga moyillik ma’nosida) barcha tabiat unsurlariga xos deb biladi va inson ishqidagi hayvoniy va ruhoniy jihatlarni ajratib ko’rsatadi28. Olim fikriga ko’ra ulardan qaysi biri g’olib kelishiga qarab inson ishqi hayvoniy hirsdan iloiy ishq sari ulug’lashib boradi. Alloh ma’rifatiga intilish ishqning eng oliy darajasidir, deb hisoblaydi Ibn Sino. Ammo uning asari chuqur falsafiy mushohadalar ruhida yozilganligidan oddiy xalq namoyandalari uchun ancha mavhum ko’rinishi mumkin.
G’azzoliy matni o’zgacha. «Ihyoi ulum-ad-din» ning to’rtinchi qismi
«Munjiyot» da alohida «Ishq haqida kitob» bo’lib, unda bu insoniy tuyg’u kimga yo’naltirilganiga ko’ra tasniflanib uning besh turi sanaladi:
Insonning o’z-o’ziga muhabbati.
Uning o’z homiylari, unga mehr-shafqat ko’rsatuvchilarga muhabbati. 3.Uning umuman insonlarga yaxshilik qiluvchilarga muhabbati.
Insonning barcha ichki va tashqi go’zallik egalariga muhabbati,
Mohiyat jihatdan o’ziga o’xshagan zotga muhabbati.29
Ammo ushbu barcha muhabbat turlari G’azzoliyning keyingi mantiqiy tahlili natijasida insonning butun borliq va mavjudotlarning yaratuvchisi va xojasi Allohga bo’lgan muhabbatida yagona oliy tuyg’uga aylanadi. Allomaning bu haqdagi isbot va dalillari lo’nda va yorqin bo’lganligidan tushunarli va ishonarli chiqqan, uning ta’sir kuchi ham beqiyosdir. G’azzoliy mulohazalari salaflari fikridan bahra oladi, ammo uning talqini va ifoda usuli mavhum falsafiy tahlillardan farqli o’laroq, ommabop va hayotga yaqinlashtirilgandir.
Shunday qilib, G’azzoliy tafakkur tarzida salaflari izidan borgan holda, birinchidan, mulohazalarini oddiy insonlarga tushunarli tarzda bayon qilishga muvaffaq bo’ldi, ikkinchidan, ma’rifatchilikka ma’lum darajada yakun yasab, bu bosqich allomalari erishgan yutuqlarni umumlashtirdi va ommalashtirdi. Uchinchidan, tavhid mohiyatini anglab etmoq uchun aql va mantiqning o’zi kifoya qilmasligini tan olib, qat’iyan tasavvuf irfoni qadriyatlari himoyasiga o’tdi. Shular asosida mintaqa ma’naviyatining uchinchi – Tasavvuf tariqatlari yoxud irfon bosqichi sari yuksalishiga fikriy muhit hozirladi. G’azzoliydan keyin tasavvuf tariqatlarining keng miqyosda shakllanishga o’tishi Tavhid ta’limotini anglab etishning yangi bosqichi mintaqada g’alaba qilganini anglatar edi.30
28 Serebryakov S. B. Traktat Ibn Sinы (Avitsennы) o lyubvi. Tbilisi, 1976, s. 47-68 29 Abu Xamid al-Gazali. Voskreshenie nauk o vere. M.-«Nauka»-1980,s. 238.
30 Ғazzoliy qarashlarining mintaqa ma’naviyatida burilish nuqtasi bo’lganligi jahon
tadqiqotchilarining ishlarida ham alohida qayd etiladi. Masalan: G. E. Fon Gryunebaum, “Klassicheskiy islam”, M., 1988, s. 146-147; Dj.S. Trimingem, “Sufiyskie ordena v islame”, M., 1989, s. 21; “Islam”, Entsiklopedicheskiy slovarь, M., 1991, s. 229
83
Do'stlaringiz bilan baham: |