R. S. Amriddinova mehmonxona servis xizmati


Ma’muriy-xujalik (kastelyan) xizmati



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/86
Sana21.06.2022
Hajmi0,84 Mb.
#689431
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   86
5. Ma’muriy-xujalik (kastelyan) xizmati
Ma’muriy-xo‘jalik bo‘limi mehmonxonaning eng yirik (xodimlar soni 
jixatidan) bo‘limi hisoblanadi. Unda mehmonxona jami xizmatchilarining 
50% ga yaqini mehnat kiladi. Bo‘limni ma’muriy-xo‘jalik xizmati direktori 
yoki ijrochi kastelyan boshkaradi. Bo‘lim boshlig‘i xizmat vazifalarining 
xususiyati undan tashkilotchilik qobiliyati va talabchanlikni talab kiladi. 
Ko‘p sonli nomerlarni har kuni lozim darajada batartib saklash juda katta 
mas’uliyat, aniklik va puxtalikni takozo etadi.
Mehmonlar o‘rtasida o‘tkazilgan barcha so‘rovlar ma’muriy-xo‘jalik 
xizmatining muhimligini ko‘rsatadi. Tozalik va batartiblik mehmonlarning 
barcha talablari orasida birinchi o‘rinni egallaydi.
Tajribali kastelyan (xizmat direktori) o‘z ishida kuyidagi o‘n qoidaga 
amal kiladi.
1. Mehnat resurslaridan samarali foydalanish. Ish o‘z vaktida 
bajarilishiga erishish uchun topshiriklarni qo‘l ostidagi xodimlar 
o‘rtasida taksimlab, ularning har biriga muayyan topshirik berib
zimmasiga majburiyat yuklash.
2.
Bajarilgan ish to‘g‘risida hisobot berishning okilona usullarini uylab 
topish. Qo‘l
 
ostidagi xodimlar ishini muttasil nazorat kilish.
3. Og‘ir mehnat talab etadigan ishlarni standartlashtirishga harakat kilish. 
Qo‘l ostidagi xodimlarga o‘z ishini anik va puxta bajarishiga yordam 
berish.
87


4. Vaqti-vaqti bilan inventarizatsiya o‘tkazib turish. Asbob-uskunalar va 
mavjud materiallarning qiymatini nazorat kilish.
5. Qo‘l ostingdagilarga namuna bo‘lish.
6. Mehmonlar va boshliklar kastelyan xizmati oldiga qo‘yadigan 
muammolardan buyin tovlamaslik.
7. Rejalashtirish masalalarini hal qilishga xodimlarni jalb etish Ularning 
ishni tez va sifatli bajarish imkonini beruvchi 
ratsionalizatorlik takliflarini rag‘batlantirish.
8. Xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish. Tegishli 
malaka oshirish kurslari tashkil etish orkali ularning o‘zi ustida 
ishlashga intilishini qo‘llab-kuvvatlash.
9. Menejerlar tayyorlash buyicha dasturlar tashkil kilish. Xodimlaring 
xizmat pillapoyalari bo‘ylab ko‘tarilishiga imkoniyat yaratish.
10. O‘z bo‘limining ishini boshqa bo‘limlar, ayniksa, ma’muriy, 
muxandislik-foydalanish bo‘limlari va kirxona ishi bilan 
muvofiklashtirish.
Xizmat direktori
majburiyatlari orasida kuyidagilar muximlik 
jixatidan birinchi o‘rinda turadi:
1. Odamlarni boshkarish, asbob-uskunalarning ishlashini va kerakli 
mahsulotlar o‘z vaktida yetkazib berilishini kuzatib borish.
2. Nomerlarda va umumiy foydalaniladigan xonalarda tozalik va tartibni 
saklash.
3. Bosh boshkaruvchining moliyaviy siyosatiga muvofik xizmatga 
raxbarlik qilish.
4. Hujjatlarni yuritish.
Xizmat direktorining ertalab 7.45 da boshlangan va 18.00 da tugagan 
odatdagi ish kuniga misol.

Tungi farroshlar guruxining rahbari bilan birga koridorlar va xollarning 
tozaligini tekshirish.

Ma’muriy-xujalik daftaridagi kaydlarni tekshirib ko‘rish.

Mehmonxona nomerlarining to‘lish prognozini tekshirish va 
mehmonxonani tark etayotganlar mikdoriga aniklik kiritish.

O‘tgan kun uchun hisobotlarni tekshirish, yangikelgan mehmonlar 
soniga aniklik kiritish, tegishli xozirlik ko‘rish uchun «o‘ta 
muxim mehmonlar» tashrifi kutilayotgan-kutilmayotganini aniklash.

Ma’muriy-xo‘jalik xizmatining majlisida ishtirok etish.

Joriy muammolarni xal qilish.

Yangixodimlarni o‘kitib-o‘rgatishda ishtirok etish.
88



Menejerlar va sektorlarning sardorlari bilan majlis o‘tkazish.

Har xil ishlarni bajarishga naryadlar berish.

Byudjetni tekshirib ko‘rish.

Xaridlarga buyurtmalarni ma’kullash„

Asbob-uskunalar va jixozlarni tekshirib ko‘rish.

Mehmonlarning xonalaridagi tozalikni tekshirib ko‘rish.

Ekspluatatsiyachilardan kelgan naryadlarni ko‘zdan kechirish.

Xizmatga qabo‘l qilishga nomzodlar bilan suxbatlashish.
Kadrlar masalalarini ko‘rib chikish, xizmatni rivojlantirish haqida 
o‘ylash, maslahatlar berish.
Xizmat direktorining eng og‘ir vazifasi - qoida tarikasida, turli millat 
vakillari bo‘lgan bo‘lim xodimlarini boshkarish. Mehmonxonaning katta-
kichikligiga karab, xizmat direktori bir o‘rinbosarga va bir yoki bir nechta 
yordamchiga ega bo‘ladi, ular esa, o‘z navbatida, mehmonxonaning turli 
sektorlari (kavatlar, prolyotlar va hk.) uchun mas’ul bo‘lgan xodimalar 
ishini yo‘lga soladi (5.9-rasm).

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish