4. Vaqti-vaqti bilan inventarizatsiya o‘tkazib turish. Asbob-uskunalar va
mavjud materiallarning qiymatini nazorat kilish.
5. Qo‘l ostingdagilarga namuna bo‘lish.
6. Mehmonlar va boshliklar kastelyan xizmati oldiga qo‘yadigan
muammolardan buyin tovlamaslik.
7. Rejalashtirish masalalarini hal qilishga xodimlarni jalb etish Ularning
ishni tez va sifatli bajarish imkonini beruvchi
ratsionalizatorlik takliflarini rag‘batlantirish.
8. Xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish.
Tegishli
malaka oshirish kurslari tashkil etish orkali ularning o‘zi ustida
ishlashga intilishini qo‘llab-kuvvatlash.
9. Menejerlar tayyorlash buyicha dasturlar tashkil kilish. Xodimlaring
xizmat pillapoyalari bo‘ylab ko‘tarilishiga imkoniyat yaratish.
10. O‘z bo‘limining ishini boshqa bo‘limlar, ayniksa, ma’muriy,
muxandislik-foydalanish bo‘limlari
va kirxona ishi bilan
muvofiklashtirish.
Xizmat direktori
majburiyatlari orasida kuyidagilar muximlik
jixatidan birinchi o‘rinda turadi:
1. Odamlarni
boshkarish, asbob-uskunalarning ishlashini va kerakli
mahsulotlar o‘z vaktida yetkazib berilishini kuzatib borish.
2. Nomerlarda va umumiy foydalaniladigan xonalarda tozalik va tartibni
saklash.
3. Bosh boshkaruvchining moliyaviy
siyosatiga muvofik xizmatga
raxbarlik qilish.
4. Hujjatlarni yuritish.
Xizmat direktorining ertalab 7.45 da boshlangan va 18.00 da tugagan
odatdagi ish kuniga misol.
•
Tungi farroshlar guruxining rahbari bilan birga koridorlar va xollarning
tozaligini tekshirish.
•
Ma’muriy-xujalik daftaridagi kaydlarni tekshirib ko‘rish.
•
Mehmonxona nomerlarining to‘lish prognozini tekshirish va
mehmonxonani tark etayotganlar mikdoriga aniklik kiritish.
•
O‘tgan kun uchun hisobotlarni tekshirish,
yangikelgan mehmonlar
soniga aniklik kiritish, tegishli xozirlik ko‘rish uchun «o‘ta
muxim mehmonlar» tashrifi kutilayotgan-kutilmayotganini aniklash.
•
Ma’muriy-xo‘jalik xizmatining majlisida ishtirok etish.
•
Joriy muammolarni xal qilish.
•
Yangixodimlarni o‘kitib-o‘rgatishda ishtirok etish.
88
•
Menejerlar va sektorlarning sardorlari bilan majlis o‘tkazish.
•
Har xil ishlarni bajarishga naryadlar berish.
•
Byudjetni tekshirib ko‘rish.
•
Xaridlarga buyurtmalarni ma’kullash„
•
Asbob-uskunalar va jixozlarni tekshirib ko‘rish.
•
Mehmonlarning xonalaridagi tozalikni tekshirib ko‘rish.
•
Ekspluatatsiyachilardan kelgan naryadlarni ko‘zdan kechirish.
•
Xizmatga qabo‘l qilishga nomzodlar bilan suxbatlashish.
Kadrlar masalalarini ko‘rib chikish, xizmatni rivojlantirish haqida
o‘ylash, maslahatlar berish.
Xizmat direktorining eng og‘ir vazifasi - qoida tarikasida, turli millat
vakillari bo‘lgan bo‘lim xodimlarini boshkarish. Mehmonxonaning katta-
kichikligiga karab, xizmat direktori bir o‘rinbosarga va bir yoki bir nechta
yordamchiga ega bo‘ladi, ular esa, o‘z navbatida, mehmonxonaning turli
sektorlari (kavatlar, prolyotlar va hk.) uchun mas’ul bo‘lgan
xodimalar
ishini yo‘lga soladi (5.9-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: