R. O. Ismatov Nammqi, "Menejment" kafedrasidotsenti, iqtisod fanlari



Download 5,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/325
Sana05.12.2022
Hajmi5,94 Mb.
#879482
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   325
Bog'liq
Стратегик менежмент

Nazorat savollari:
1. Sug’urta xizmatlari faoliyati deganda nimani tushunasiz?
2. Sug’urta xizmatlari faoliyatining hozirgi kundagi axvoli qanday ?
3. Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish yo’llari?
4. Broker qanday faoliyat olib boradi ?
5. O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada
isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to ‘g‘risida"gi 2007 apreldagi PQ-618-
son Qarori b o ’yicha qanday ishlar amalga oshirildi.
Tayanch so’z va iboralar:
Broker, qimmatli qog‘ozlar bozori, sug‘urtalovchi , sug‘urta brokeri, buxgalter.
188


14-MAVZU. KORXONA VA AXOLIGA KO ’RSATILADIGAN
XIZMATLAR MENEJMENTI STRATEGIYASI
Reja:
1. Servisni tashkillashtirishni tarmoqli turi
2. Servis sohasidagi korxonalar turlari
3. Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish jarayoni
4. Xizmat ko‘rsatish shakllari
1. Servisni tashkillashtirishni tarmoqli turi
Servisni, xususan uni ijtimoiy va madaniy turlarini rivojlantirishda, jamiyat 
to ‘liq tijoratlashtirishni va davlat tomonidan m a’muriy majburlashni 
chetlab 
o ‘tishiga harakat qiladi.
Hukumatni davlat va regional organlariga servis biznesini iste’molchi va ishlab 
chiqaruvchilarini bozor jarayonlarida teng imkoniyatli ishtirokini 
ta ’minlovchi 
ijtimoiy - huquqiy mexanizmlarini rivojlantirish imkoniyati yuklatiladi. Bunday 
mexnanizmlar turli resurslarni foydali va zarar bilan ishlovchi servis faoliyati 
segmentlari o ‘rtasida, past narxlari ishlab chiqarish xarajatlarini qoplay olmaydigan 
tijorat strukturalariga (turar - joy, komunal xo ‘jaligi, transport darsliklarni nashr 
etish va sotish va boshqalar) subsidiya ajratish yo‘li bilan qayta taqsimlash imkonini 
beradi.
Monopolizi zarar keltiruvchi joylarda (savdo, 
umumiy ovqatlanish va 
boshqalar) yo‘qotiladi, jamiyat uchun muhim bo‘lgan monopol strukturalar 
(elektroenergetika kompaniyalari, transportchilar xizmatlari va boshqalar) 
esa 
qo‘llab - quvvatlab turiladi. K o‘pgina mamlakatlarda davlat iste’molchi uchun tekin 
jamiyat xizmatlarini bajaruvchi notijorat tashkilotlari 
(oliygohlar, tibbiy 
sog‘lomlashtirish markazlari, madaniy tashkilotlar ishi) faoliyatiga faol aralashadi.
Hozirgi zamonaviy xizmatlar o ‘zgarayotgan hayot 
sharoitiga 
nisbatan 
egiluvchan bo‘lib, iste’molchilar so‘roviga elastik moslashish strategiyasiga ega. 
Bunga bu sohadagi biznesni qo‘yidagi xususiyatlari ko‘maklashadi:
• 
kapital va investitsiyani yuqori aylanuvchanlik tezligi;
• 
nisbatan qisqa ishlab chiqarish sikllari;
• 
yangi ishni tashkillashtirish uchun unchalik ko‘p bo‘lmagan boshlang‘ich 
kapitalni zarurligi;
• 
servisni ko‘pgina sohalaridagi biznesni nisbatan yuqori foydaliligi.
Hozirda servis faoliyati 
nafaqat birinchi va ikkinchi sektorlarda paydo
bo‘layotgan ko‘pgina innovatsiyalarni moslashtirib oladi va balkim iqtisodiy va 
ijtimoiy amaliyotni barcha sohalarini faollashtiruvchi innovatsiyalarni ishlab 
chiqaruvchisi ham hisoblanadi.
189


XX asrni 60 yillaridan keyin tadbirkorlik tarmoqlari keng rivojlana boshladi. 
Firmalararo tadbirkorlik tarmoqlari deganda
m a’lum sonli mustaqil firmalar 
o ‘rtasidagi munosabatlar to ‘plami tushuniladi, ular shu firmalar tomonidan ishlab 
chiqiladi va ularga o ‘z biznesini umumiy jihatlarini o ‘ziga xos tarzda rostlash 
imkonini beradi. Bunda firmalararo bog‘liqlik, bu firmalarni bir butun integrallashgan 
tashkilotga birlashuvidan va o ‘z faoliyatini xaotik muvofiqlashtirishdan farq qiladi. 
Bu tarmoqlarda shu davlatda amal qilayotgan qonunlarga asoslangan ko‘pgina ichki 
qoidalar va erkin holda qabul qilingan majburiyatlar ishlab chiqiladi.
Tarmoqga birlashgan firmalar o ‘zaro kelishilgan holda raqobat jangini bir butun 
sohasi sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Tarmoq sheriklarni ko‘pgina faoliyat 
sohalarida erkinlik beradi va ayni shu vaqtda nazoratga ajratilgan xarajatlarni 
kamaytiradi. Tashkillashtirishni tarmoqli shakli turli resurslarni tejamkorona 
sarflanishiga olib keladi.
Tarmoqlarga asoslangan tashkillashtirish shakliga o ‘tishda quyidagi omillar 
hisobga olinadi:
• 
nou - xau va tashkiliy egiluvchanlikga bo‘lgan yuqori talab;
• 
bozor noananiqligini pasaytirish zaruriyati;
•yuqori texnologiyali sanoat bazasini rivojlantirish muhimligi;
•ijtimoiy va madaniy tipdagi turli tuman ishchilarni boshqarish zaruriyati.
Firmalararo tarmoqlarni quyidagi turlari mavjud:
•q o ‘shma korxona;
•franchayzing;
•konsoritsium;
•komersiyali tijoratli kelishuv;
•subpodryadlar bo‘yicha ishlar bajarish;
•personal tarmoqlar.
Tadbirkorlik tarmoqlariga qo‘yidagi konstruktiv sifatlar xos:
• 
dinamizm - o ‘zgarayotgan vaziyatga moslasha olish;
• 
ko‘p o ‘lchovlilik - turli faoliyat strategiyasi uchun muhit yaratish;
• 
yashovchanlik, tarmoqlarni uni bir qismi buzilganda ham o ‘z-o‘zini rostlay 
olishi.
Zamonaviy iqtisodiy amaliyotda tadbirkorlik tarmoqlarini, intensiv rivojlanishi 
turli masshtabdagi mustaqil firmalarni yo‘qolib ketishini anglatmaydi. Hozirgi paytda 
juda katta va katta servis korxonalari mayda biznes, jumladan juda mayda firmalar 
bilan birlashini afzal ko‘rishadi.
190



Download 5,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish