R. O. Ismatov Nammqi, "Menejment" kafedrasidotsenti, iqtisod fanlari


Firma strategiyasini ishlab chiqish bo’yicha menejerlarning vazifalari



Download 5,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/325
Sana05.12.2022
Hajmi5,94 Mb.
#879482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   325
Bog'liq
Стратегик менежмент

Firma strategiyasini ishlab chiqish bo’yicha menejerlarning vazifalari.
Strategik boshqaruv strukturasi.
Strategik boshqaruvni beshta o ’zaro bog’langan boshqaruv masalalarining 
dinamik majmui sifatida ko’rish mumkin. Bu jarayonlar bir biridan kelib chiqadi. 
Biroq barqaror teskari aloqa va demak har bir jarayonning boshqalariga va ularning 
butun yig’indisiga teskari ta ’siri mavjud. Bu strategik boshqaruv tizimining muhim 
xususiyati hisoblanadi. Strategik boshqaruv strukturasi sxematik tarzda 1-rasmda 
ko’rsatilgan.
М у д и т т а х д и л и
1VL ак;с а д л а р н и
С т р а т е г и я н и
а н и к ; л а т
т а н л а ш
i "
...
^ А
С т р а т е г и я н и
а м а л г а
о ш и р и ш
Б а д о л а т в а
а м а л г а
j
о ш и р и л и ш и н и
н а з о р а т к и л и ш
4- rasm. Strategik boshqaruv strukturasi.
3.Strategik boshqarishning maqsadi va uning turlari.
Maqsad va vazifalarni aniqlash uchta kichik jarayonlardan iborat. Birinchi kichik 
jarayon firmaning vazifasini aniqlashdan iborat. Bu vazifa firmaning faoliyat 
yuritishini mazmunini ifodalaydi va bu tashkilotda ishlovchi odamlarga ularning 
joriy hatti-harkatlariga istiqbol nuqtai nazaridan m a’lum m a’no, mazmun berish 
imkoniyatiga ega.
Tashkilot faoliyatiga manfaatlari ta ’sir etuvchi odamlar guruhi (demakki, firma 
vazifalari aniqlanishida hisobga olinishi lozim manfaatlar egalari) bo’lib tashkilot 
egalari (ta’sischilari) xodimlari, tashkilot mahsulotlarini sotib oluvchilar, firmaning 
hamkorlari, mahalliy jam oat va butun jamiyat hisoblanadi. Vazifada har bir sub’ekt 
manfaatlarining namoyon bo’lish darajasi bevosita tashkilot katta-kichikligiga, qaysi 
biznes turi bilan shug’ullanishiga, qaerda joylashganligiga va h.klarga bog’likdir.
Keyin uzoq muddatli maqsadlarni aniqlash kichik jarayoni boshlanadi. Strategik 
boshqaruvning ushbu qismi qisqa muddatli maqsadlarni aniqlash bilan tugallanadi. 
Firma maqsad va vazifalarini aniqlash firma nima uchun faoliyat yuritayotganligi va
12


nimaga erishmoqchiligi aniqlanishiga olib keladi. Buni bilib esa qzini tutish 
strategiyasini to ’g ’ri tanlash mumkin.
Vazifa o ’zida nimani va qanday muddatlarda tashkilot qilishi lozimligi hakida 
aniq ko’rsatmalarni mujassamlantirmasligi lozim. U tashkilot harakatining asosiy 
yo’nalishlarini ko’rsatadi.
Evropa, va ayniqsa, Amerika korxona va tashkilotlari potentsial xaridorlar hamda 
o ’ziga nisabatan jamiyatning yaxshi munosabatini mustaxkamlash uchun o ’zaro 
raqobatlashish jarayonida maksimal darajada shaffof bo’lishga harakat qiladilar.
Vazifani shakllantitrish korxonaning xaqiqiy maqsadlari xaqida o ’ylantirishini 
amaliyot ko’rsatmoqda, shuning uchun bu dastak eng avvalo, rahbarlarni qiziqtirish 
lozim. Vazifa shunday shakllantirishi lozimki, uni tashqi muhitda sifat va ishonchlilik 
jihatidan boshqalardan ajratib turuvchi tashkilotning joriy yutuqlarini aks ettirsin va 
kelajakdagi intilishlarini ifoda etsin. Bunda vazifa strategik muljallarni aniqlaydi va 
taktik yo’nalishlarni kqrsatadi, ular, o’z navbatida, tashkilot ichki muhiti uchun 
o ’ziga xos vazifa bo’ladi.
Kompaniya vazifasini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
Kompaniya vazifasi=tasavvur+kredo. 
«Tasavvur» 
atrofdagilar tasavvurida 
kompaniya qiyofasini shakllantirishga yo’naltirilgan. Uning asosini kompaniyaning 
bozordagi 
obrqsi 
(joriy 
yutuqlar) 
va 
kompaniya 
qziga tashqi 
muhitda 
ta’minlanmoqchi bo’lgan imidj (kelajakdagi intilish) tashkil etadi. Tasavvurning 
asosiy mazmuni «Bu qanday tashkilot»? savoliga javobdan iborat. Bu erda, odatda, 
kompaniya faoliyatining sohasi, asosiy tovar va xizmatlari, iste’molchi guruhlar, 
faoliyatning geografik joylashuvi kabi tushunchalar beriladi. «Kredo», o ’z navbatida, 
kompaniyaga ichki butunlikni beradi va xodimlarda umumkorporativ maqsadlarga 
erishish qiziqishini oshirishga m o’ljallangan. U kompaniyaning 
dunyoqarashini 
(strategik mqljallar) va asosiy qarash, nuqtai nazarini (taktik yqnalishlar) ifodalaydi. 
Kredo «Tashkilot nimaga intilmoqda»? savoliga javob beradi. Bu erda asosiy e’tibor 
falsafa, boyliklar tizimi, ichki madaniyat, raqobatbardoshlik asosiga qaratiladi.
Yuqorilardan kelib chiqqan holda korxona yoki tashkilot vazifasining asosini 
tashkil etishi lozim bo’lgan asosiy unsurlarni ajratish mumkin. Bular: 
nom va status; 
tovar yoki xizmat; 
strategik mqljal; 
manfaatdor guruhlar; 
raqobatbardoshlik asosi.
Vazifa unsurlarining ketma-ketligi va mazmuni, shuningdek vazifa shakli, ancha 
o ’zgarishi mumkin va ko ’p omillarga bog’lik. Har qanday holatda ham vazifa ifodasi 
korxona tarixi, obro’si va imidji bilan muvozanatda 
bqlishi lozim. Bunda 
iste’molchilarga o’z «va’dalar»ini aytish oldin, iqtisodiy sub’ekt ularni bajarish
13


uchun o ’z kuchi va resurslarining etarliligini baholashi kerak. Maq-sadlar eng kamida 
realistik va erishiladigan bo’lishi lozim.
Rejalashtirishning zamonaviy nazariyasida har bir korxona o ’zining asosiy 
maqsadlarini aniqlaydigan faoliyatning sakkizta asosiy soha ajratiladi. Bular- 
korxonaning bozor o’rni, innovatsion faoliyat, ishlab chiqarish darajasi, ishlab 
chiqarish resurslarining mavjudligi, barqarorlik darajasi, boshqarish tizimi, personal 
malakasi va ijtimoiy javobgarlik. Ushbu sohalar doirasida foyda-lilik, moliyaviy 
barqarorlik, bozor ulushining o ’sishi, ilmiy tekshiruvlar, resurs ta ’minoti, 
diversifikatsiya, ishlab chiqarish samaradorligi, mahsulot va xizmatlar sifati, 
menejment tizimining rivojlanishi, xalqaro kompaniyaga aylanishi va h.klar kabi 
asosiy maqsadlar ajratiladi.
U yoki bu korxona ko ’zlagan maqsadlar individual xarakterga ega va qaysi 
tarmoqqa tegishliligi, korxona turi, bozordagi pozitsiya, mos etkazib beruvchilar, 
xom ashyo manbalari va h.klar singari omillarga bog’liqdir. Shu bilan birga 
maqsadlarni shakllantirishning ba’zi umumlashtiruvchi tamoyillar xaqida gapirish 
imkonini beruvchi qator tashqi makroiqtisodiy omillarni ajratish mumkin. Hozirgi 
korxonalar oldida tekshiruvlar va ilmiy yangiliklarni tadbiq qilish sohasidaga 
maqsadlar turibdi. 
Biznes globalizatsiyasi korxonalarni milliy va xalqaro 
manfaatlarni hisobga olishga majbur qilayapti.
Vazifa va maqsadlar aniqlanganidan so’ng strategiyani tanlash va tahlil qilish 
bosqichi boshlanadi, ya’ni strategik boshqaruvning o ’zagi.

Download 5,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish