R. O. Ismatov Nammqi, "Menejment" kafedrasidotsenti, iqtisod fanlari



Download 5,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/325
Sana05.12.2022
Hajmi5,94 Mb.
#879482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   325
Bog'liq
Стратегик менежмент

Ichki guruxlar:
menejerlar; direktorlar
kengashi; xissadorlar;
yollanma ishchilar.
Vazifa va mavqeidan kelib chiqib, 
strategiyani ifodalash
3-chizma. Maqsadni belgilash va firma strategiyasini shakllantirishdagi
harakatlanuvchi guruhlar
9


Biznesni aniqlashda quyidagi savollarga javob berish lozim:
-bizning biznesimiz nimadan iborat?
-u qanday bo’ladi?
-qanday bo’lishi kerak?
B irgina biznes bilan shug’ullanuv chi kom paniya uchun «B izning 
biznesim iz nim adan iborat?», degan savolga beriladigan javob quyidagi savollarga 
ham javob topishni taqozo etadi:
-kimning ehtiyoji 
qondiriladi 
(qanday 
iste’molchilar guruhlari?)
-qanday 
ehtiyojlar 
qondiriladi 
(iste’molchilarning 
qaysi 
ehtiyojlari?)
-iste’molchilarning ehtiyojlari qanday qondiriladi (tajriba yoki farq qiluvchi 
ustunliklar?)
Diversiyalangan kompaniya uchun «Bizning biznesimiz nimadan iborat?», 
degan savol ikki tabaqada ko’rib chiqilishi kerak:
-xo’jalikning o ’rta bo’g ’inlari uchun iste’molchiga yo’naltirilgan (b irg in a
biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniya uchun ham);
-korporatsiya miqyosidagi xo’jalikning o ’rta bo’g’inlari portfeliga yo’naltirilgan. 
B u esa quyidagilarni o’z ichiga oladi:
-kompaniya portfelining maqsadlari;
- xo’jalikning o ’rta bo’g ’inlari portfeli diversifikatsiyasi;
- portfeldagi xo’jalikning o’rta bo’g ’inlari o ’rtasidagi balans.
O ldiga m aqsadlarni qo ’yish biznes m issiyasining maxsus maqsadlar qatoriga 
aylanish jarayonidir. Ayni paytda tashkilotning har bir bo’linmasini kerakli tomonga 
yo’naltirish jarayoni ham ana shunday boshlanadi. Maqsadlar menejer muvaffaqiyatga 
erishish uchun muhim deb hisoblagan har bir muhim natija uchun zarurdir. Maxsus 
muhim natijalar odatda tarm oqning m iqyosi va darajasi, ishning rivojlanishi, 
investitsiyalarning qaytarilishi, dividendlarning o ’sishi, bozor o ’lchamlarini, sifatli 
mahsulot 
yoki 
texnologiya
peshqadamlikning obro’-e’tibori, beqaror iqtisodiyotda ishlay olish qobiliyati, 
d iv e rsifik atsiy a d arajasi, m oliyaviy qudrat, iste’molchilarga xizmat ko’rsatish, 
qiymat bo’yicha raqobatlasha olish qobiliyatini o’z ichiga olishi mumkin.
M ashhur kompaniyalarning o ’z oldiga qo ’ygan maqsadlaridan namunalar 
keltiramiz:
- Federal 
Express: 
Dunyodagi 
eng 
katta 
va 
eng 
yaxshi 
transport 
kompaniyasi bo’lish;
- Alcan Aluminum: Eng arzon alyuminiy ishlab chiqaruvchi korxona bo’lish;
- General Electric: Dunyodagi eng qudratli raqobatchi bo’lish, kompaniya 
biznesining har bir sohasida bozordagi ulush bo’yicha birinchi yoki ikkinchi o ’rinni 
egallash;
10


- Atlas Corp: arzon oltin ishlab chiqaruvchi o’rtacha ishlab chiqaruvchi bo’lish va 
oltin ishlab chiqarish hajmini yiliga 125000 untsiyaga etkazib, 1500000 untsiyaga teng 
oltin zahirasiga ega bo’lish;
- Black and Decker: yangi mahsulotlar chiqarishni va biznesni keng 
qamrovliligini davom etgirish. Bu erda ham uzoq muddatli, ham qisqa muddatli 
maqsadlar talab qilinadi. Uzoq muddatli maqsadlar ikki xil bo’ladi. Birinchidan, ular 
uzoq muddatli maqsadlarga erishish uchun bugun nima qilish kerakligini ko’rsatadi, 
ikkinchidan, bunday maqsadlarning mavjudligi menejerni bugungi qarorlarni qabul 
qilishda uzoq muddatli istiqbolni hisobga olishga undaydi.
Qisqa muddatli maqsadlar izchillik bilan eng yaqin kelajakda qaysi natijalarga 
zudlik bilan erishish kerakligini ko’rsatib beradi. Ular tashkilotga tanlab olingan 
y o ’ldan borish uchun kerak bo’lgan tezlikni ham, qilinishi kerak bo’lgan ishlarning 
talab qilingan darajasini ham (qachon va qanchalik ko’p ish qilish kerakligini) 
ko’rsatadilar.
Tashkilotning maqsad va vazifalari ochiq-oydin bo’lishi lozim. B a’zi 
kompaniyalarning menejerlari har bir hal qiluvchi natija uchun m a’lum bir maqsadni 
belgilaydilar va so’ngra uning sari qat’iy harakat qiladilar. Odatda bunday menejerlar 
umid, iltimos va yaxshi niyatlarga tayanadigan kompaniyalarga qaraganda g ’oliblikka 
yaxshiroq nomzod bo’ladilar. Bu erda «daromadni ko’paytirish», «xarajatlarni 
kamaytirish», «samaradorlikni oshirish», «savdo hajmini ko’paytirish» kabi iboralarni 
ishlatmaslik kerak.
Strategik fikrlash uchun maqsadlar ierarxiyasini rahbarlikning barcha tabaqalari 
uchun har tomonlama belgilab olish muhimdir. Bu barcha menejerlar 
uchun vazifalarni 
anikdashdan tashqari, ularni bajarishning muhimligini ham ta ’minlaydi (shu 
maqsadda jarayonda quyi tabaqadagi menejerlar ham ishtirok etadi).
Maqsadni belgilashda kompaniyapaychilari manfaatlarini hisobga olish.
Paychilar kompaniyani kapital bilan ta’minlaydilar va buning evaziga o’z 
investitsiyalaridan munosib daromad olish ulushini qo’lga kiritadilar.. Kompaniyaning 
hissadorlari uning qonuniy mulk egalari hisoblanadi. B inobarin, k o ’pchilik 
korporatsiyalarning 
m aqsadi 
xissadorlarning 
daromadlarini 
imkon 
qadar 
ko’paytirishdan iborat. Paychilar o’z kapitallaridan ikki xil yo’l bilan foyda olishadi:
- dividendlardan;
- bozor 
ko’lami 
kengayganda 
(aktsiyalarning 
bozor 
narxi 
ortganda) 
kapitalning qiymati ortishidan.
Kompaniya uchun aktsionerlar daromadini oshirishning eng yaxshi yuli 
investitsiyalarning qaytish tezligini oshirish strategiyasidan foydalanishdir. Bu esa 
kompaniya samaradorligini ko’rsatuvchi juda yaxshi indikator sanaladi. Ya’ni uning 
samaradorligi qanchalik yuqori bo’lca, dividend to ’lash qobiliyati shunchalik yuqori
11


bo’ladi. Bundan tashqari, investitsiyalarning tez qaytishi kompaniya aktsiyalariga 
bo’lgan talabning kuchayishiga ham olib keladi.

Download 5,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish