320
-ishonch qozona olish;
-hayajonni bosish;
-Sinf, guruh bilan muayyan muammoni muhokama qilish, uning yechimini
topish va qaror
chiqarish;
-pedagogik jarayon muhokamasi va boshqalar.
Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari ( -rasm) quyidagilardan iborat:
I
. Gumanistik (insonparvarlik yo‘nalishi).
Bunda qiziqishlar,
qadriyatlar, ideallarning oliy maqsadga - barkamol avlod tarbiyalab yetishtirishga
yo‘naltiriladi. Pedagog shaxsining insonparvarlik yo‘nalishiga ega bo‘lishi bilan
belgilanadi.
II. Ixtisoslik bilimi.
Pedagog tomonidan mutaxassislik fani, uni o‘qitish
metodikasi, pedagogika va psixologiyani mukammal bilish zaruriyatining oshishi
pedagogik mahoratning tarkibiy qismi bo‘lib tavsiflanadi.
III. Pedagogik layoqat va qobiliyatlar:
kommunikativ (muloqatga
moyillik), so‘z, fikr-tuyg‘u orqali munosabat, o‘zaro fikr almashuv; fahm-idrokli
bo‘lish;
turli
qobiliyat
(ko‘rinishlari)
qirralari,
iqtidori;
dinamizm
(harakatchanlik), faollik, olg‘a siljish; emotsionallik (his-tuyg‘u jo‘shqinlik);
qat'iyatlilik; qunt, sabot, chidamlilik; kelajakka ishonch (kelajakni ko‘ra bilish);
e'tiborli nufuzli bo‘lish (o‘z ta'sirchanligi bilan mahliyo, maftun eta bilish) bilan
belgilanadi.
IV. Pedagogik texnika.
o‘z-o‘zini, o‘z
hissiy holatini boshqara olish;
boshqalar bilan aloqa-munosabat o‘rnata olish; nutq malakasi; mimik
pontamimik ifodaliligi bilan tavsiflanadi.
321
-rasm. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari
Milliy pedagogikamiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ma'rifatparvar Abdulla
Avloniy: "Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat,
yo falokat masalasidir", - degan edi. Hayot, najot,
saodatga eltuvchi tarbiyani
amalga oshiruvchi zot - o‘qituvchidir.
O‘qituvchi bolaga do‘stona munosabatda bo‘lib, ularga faqat ezgu niyat
bilan yondashishi, mehribonlik ko‘rsatishi, ularning “MeN”ini hurmat qilishi,
bolaning nafsoniyati, qadr-qimmatiga tegadigan qupol muomalada bo‘lmaslik,
ishonchsizlik bildirmaslik lozim. O‘quvchilar tomonidan qo‘lga
kiritilgan
yutuqlarni rag‘batlantirib borish muhim. “Bolani butun qalbi bilan sevadigan
mehridaryo pedagog ko‘proq tabassum qiladi, kamroq qovoq soladi, u chinakam
pedagogik hayot kechiradi, shu tariqa professional baxtiga erishadi
45
”. Demak,
pedagog shaxsining insonparvarlik yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatishi - o‘quvchi
shaxsini hurmat qilish, adolatli bo‘lish, pedagogik faoliyatni pirovard maqsadga –
barkamol avlod tarbiyalashga yo‘naltirishda ifodalanadi. O‘z
davrida Abu Ali
ibn Sino o‘qituvchi shaxsida halollik, adolatparvarlik, poklik, mehnatsevarlik,
fidoiylik, odamgarchilik kabi hislatlarni qadrlagan.
Insonparvar pedagog bolalarga bilim berayotganda
ularga odamiylik
namunasi sifatida gavdalanadi. “Bola uchun o‘qituvchisiz bilim yo‘q.
Bola
o‘qituvchisiga mehr quysa, demak u bilimga qiziqib qoladi. Bolalar mehrini
qozonmoq o‘qituvchi uchun sharafli hisoblanadi.Faqat o‘z o‘qituvchisini yaxshi
1
1
Очилов М. Педагогик маҳорат.-Тошкент: Ўқитувчи,
322
ko‘rgan bola bilimlar olamiga shung‘iydi, jamiyatdagi ma'naviy
qadriyatlarni
o‘zlashtira boradi
46
”. Shu bois ta'lim va tarbiya mazmuni, metodlari,
usullari,
shakllari pedagogning bolalarga mehr- muhabbatidan harorat oladi va
insonparvarlik hissi to‘la qalbidan o‘tib takomillashadi.
Jamiyatimizda o‘qituvchi bolalarni kelajak haqidagi orzu - umidlar bilan
ruhlantirishga, kelajak haqidagi orzu-umidlar, g‘oyalar
va ideallarini hozirdan
mustahkamlashni o‘rgatishga qodir kishi bo‘lmog‘i lozim.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: