317
rag‘batlantirib, eng yaxshi faoliyatlarini rivojlantira olmas ekan, u muqarrar
ravishda shaxsiy ta'sir ko‘rsatishni mutloqlashtirib boradi, ya'ni o‘ziga eng oson
yo‘lni tanlaydi. Chinakam mahorat bilan obro‘talablik bir- biri bilan sig‘isha
olmaydi. Agar chinakam mahoratli pedagog hamma vaqt munosabatlar tizimi
bolalarning ijodiy kamolotiga yordam berishi lozimligini o‘ylasa, obro‘talab
pedagog ularning mustaqil faoliyatini nihoyatda toraytirib, ularning so‘zsiz quloq
solishlarini
yoqtiradi, bu bilan bolalar muhitidagi tarqoqlikka ko‘maklashadi
42
".
Demak, mahoratli o‘qituvchi o‘z nutqining ravon va ta'sirchan ekanligiga
erishishi, o‘tilayotgan mavzuga o‘quvchi diqqatini jalb qila olishi, mavzuga mos
ko‘rgazmalar asosida darsga ijodiy yondashishi, har qanday sharoitda ham
o‘quvchi qalbiga yo‘l topa olishi lozim.
Pedagogik mahorat – izlanish, ijodiy mehnat mahsuli.
Pedagogik mahorat
hamma o‘qituvchilar uchun qolipdagi ish uslubi emas, balki u har bir
o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida yuzaga keladigan
jarayondir.
V.A Suxomlinskiy o‘zining «Chin insonni qanday tarbiyalash kerak»
asarida «O‘qituvchining mehnatini biror narsa bilan qiyoslab ham, taqqoslab ham
bo‘lmaydi. To‘quvchi bir soatdan keyinroq o‘z ishining hosilini ko‘radi, po‘lat
erituvchi bir necha soatdan so‘ng olovdagi metal oqimidan shodlanadi. yer
haydovchi, don sepuvchi g‘allakor bir necha oydan keyin dalada o‘stirgan
boshoqlari va bir siqim donidan zavqlanadi. O‘qituvchi esa o‘z
ijodining
mahsulini ko‘rish uchun yillab mehnat qilishi kerak. O‘qituvchi pedagogik
jarayonning har bir daqiqasida o‘zining o‘ttizta yoki qirqta tarbiyalanuvchisining
barchasini ko‘rib turishi, u shu daqiqada nimalar o‘ylayotganligini, qanday g‘am-
alamlar uni tashvishlantirayotganligini bilishi kerak
43
”, -degan fikrlarni bayon
etadi.
1
1
Макаренко А. С. Воспитание в коллективе. Полное собрание сочинений. 9-е изд. –Москва:
Сентябрь,2007.-478с.
2
2
Сухомлинский В. А. Как воспитать настоящего человека?. Полное собрание сочинений. Т.4-ый. Изд.7. –
Москва: Знание, 2002.- 675-с.
318
Pedagogik mahorat bolalar haqidagi ta'lim tarbiya jarayonini tashkil etish
va uning mazmuni, metodlari haqidagi keng bilimlarni qamrab oladi. Bu bilimlar
umumiy pedagogik
madaniyatni tashkil etadi, o‘qituvchi - tarbiyachi bu
madaniyatni egallamas ekan o‘z kasbining chinakam ustasi bo‘lishga erisha
olmaydi. Zamonaviy o‘qituvchiga birgina umumiy madaniyatning o‘zi kifoya
qilmaydi. Bolalarni kuzatish, ular rivojlanishidagi muhim o‘zgarishlarni fan,
meditsina sohasidagi asosiy g‘oyalar
bilan taqqoslash, ularning rivojlanish
yo‘llari va usullarini aniqlash, turli vositalar, tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatish
usullarining o‘zaro bir - biriga o‘tish dialektikasini chuqur tahlil qilish, pedagogik
izlanish va yutuqlarni ilmiy jihatdan bir tizimga solish malakalari zarur bo‘ladi.
Pedagog faoliyatining muvaffaqiyatli kechishi uning shaxsi,
harakteri,
o‘quvchilar bilan muomalasiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Odatda
bularning ta'lim-tarbiya jarayoniga ta'siri ahamiyatsizdek tuyuladi. Lekin, tajribali
pedagog o‘zining xatti-harakati o‘quvchilarga qanday ta'sir ko‘rsatatganligiga
ahamiyat berib, unga kerakli tuzatishlar kiritib, takomillashtirib boradi.
Demak, pedagogik mahorat tushunchasi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan bir
necha qismlardan tashkil topar ekan. Bunday holda pedagogik mahorat
«pedagogik tizim» sifatida tasavvur qilinadi va u quyidagicha ta'riflanadi:
Download
Do'stlaringiz bilan baham: