R. H. Djurayev pedagogika fanlari doktori, akademik


bet194/231
Sana21.09.2022
Hajmi
#849802
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   231
Bog'liq
R. H. Djurayev pedagogika fanlari doktori, akademik

Abu Nasr Farobiy 


305 
-
kommunikativ (muloqotga moyillik) malakalarini shakllantirish; 
-
kasbiy mustaqillik, ishchanlik, hissiy barqarorlik, o‘z ishiga ijodiy 
yondashish hislatlarini tarkib toptirish;
-
pedagogik nazokat va pedagogik texnikadan oqilona foydalanishni 
shakllantirish; 
-
nutq texnikasini, o‘z tovush, mimika, jest va gavdasini boshqarish, 
jamoaga va shaxsga ta'sir ko‘rsatish qobiliyatlarini takomillashtirish; 
- zamonaviy fan va ishlab chiqarishdagi muammolar, pedagogik, axborot 
va yuqori darajadagi texnologiyalardan xabardor bo‘lish hamda ulardan 
zarurlarini ta'lim jarayoniga tatbiq etish va boshqalar.
Demak, pedagogik mahorat hamma ustozlar uchun qolipdagi ish uslubi emas, 
balki u har bir o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, ijodiy mehnati evaziga yuzaga 
keladigan jarayondir. Shu jihatdan olganda, hozirgi pedagogik ta'lim berish oliy 
o‘quv muassasalari bo’lajak pedagog mutaxassislarning ijodiy qobiliyatlarini 
rivojlantirish uchun yetarli sharoit belgilab berishi kerak. 
Pedagogik mahorat
» atamasiga mavjud pedagogikaga oid manbalarda: 
«
o‘qituvchi – tarbiyachining pedagogik qobiliyati
35
», «o‘qituvchining muaomala 
madaniyati va nutq san'ati
36
», «pedagogik nazokat, odob va ahloq
37
», «turli kelib 
chiqadigan pedagogik vaziyatlarga munosabat
38
», «o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z 
ustida ilmiy ijodiy ishlash
39
» kabi tavsiflar berilgan. 
Pedagogik mahorat- bu pedagogik (o‘quv - tarbiyaviy) jarayonining barcha 
shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti 
maqsadlari tomon yo‘llantirish, tarbiyalanuvchilarda dunyoqarash, qobiliyatni 
shakllantirish va ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan faoliyatga moyillik 
uyg‘otishdir. 
1
1
Очилов М. Педагогик маҳорат.-Тошкент: Ўқитувчи, 2003,-76-бет 
2
2
Азизходжаева Н. Педагогик маҳорат ва педагогик технологиялар.- Тошкент: Молия,2008.-63-бет 
3
3
Ҳасанбоев Ж. Педагогика.-Тошкент: Янги аср, 2008.-23-бет 
4
4
Нишоналиев У. Педагогика.-Тошкент: Ўқитувчи, 1996.-43-бет 
5
5
Ибрагимов Х., Абдуллаева Ш. Педагогика.-Тошкент: Фан ва ахборот технологиялари,2008.-69-бет. 


306 
Uzluksiz ta'limni amalga oshirishda pedagog, o‘qituvchi va tarbiyachilar 
kadrlar bilan ishlash mahoratiga ega bo‘lmog‘i lozim. Shu sababli pedagogika 
fanining qonuniyatlari va mazmunini har tomonlama o‘rganish, uni yosh avlod 
tarbiyasida qo‘llash har bir ustoz, o‘qituvchidan mahorat talab etadi. 
Mahorat
 
- shaxsning tajriba orqali orttirgan xususiyati, biror sohasidagi 
moslashuvchan ko‘nikma va ijodkorlik asosida hosil bo‘lgan kasbiy 
ko‘nikmalarning nazariy darajasidir. Mahorat – yoshlarni tanlagan kasbiga 
hurmat uyg‘otish jarayonidagi kasbiy g‘ururni shakllantirishda xizmat qiladi. 
Shu jihatdan barkamol avlod tarbiyasida o‘qituvchi-tarbiyachining mahorat 
egasi bo‘lishi muhimdir. 
Mahorat kasbga nisbatan tavsifnoma berishda, ta'lim jarayonidagi 
o‘zlashtirish saviyasini egallashda, tarbiya jarayonida muayyan vazifani 
bajarishdagi kasbiy hislatlarni ta'riflashda qo‘llaniladi. 
Mahorat – va uning o‘ziga xos xususiyat va talablari borasidagi masalalarni 
I.A Zyazyun, P.ye Reshetnikov, ye.I Ilin, Sh.A Amonashvili, N. Saidahmedov, 
X.A To‘raqulov kabi olimlar o‘rganishgan va tadqiqotlarida o‘qituvchi 
mahoratining turli yo‘nalishlarini tadqiq qilishgan. 
Mahorat – san'at, mahorat izlanish, mahorat – pedagogik texnologiyalarni 
qo‘llay bilish, mahorat - o‘qituvchining o‘z faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishi 
va o‘z-o‘zini tarbiyalashidir. 
O‘qituvchining ko‘p qirrali faoliyati va uning qobiliyati, zo‘r san'atkor va 
fidoiy bo‘lishi hamda shogirdlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash masalasi 
davlat siyosati darajasidagi dolzarb masalalardan biridir. Shu sababli bo‘lajak 
o‘qituvchilar pedagogik mahoratni egallashlari lozim. 
Pedagogik mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi tarbiyadagi qiyinchiliklarni 
yengishga qodir bo‘lgan nufuzli rahbar, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ichki 
dunyosini tushuna oladigan, ularning tuyg‘ularini his qila oladigan, ichki dunyosi 
nozik va zaif bo‘lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashadigan, 


307 
donolik va ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziyaga, chuqur ilmiy 
tafakkurga ega bo‘lgan shaxslardir. 
Pedagogik mahoratga pedagogik bilimlar, fahm - farosat bilan bir qatorda 
pedagogik texnika sohasidagi malakalar ham kiradi, ular tarbiyaga kam kuch 
sarflab, ko‘proq natijalarga erishish imkonini beradi. 
Pedagogik mahorat pedagogdan odatdan tashqari kuch - g‘ayratni, 
qat'iyatni, tirishqoqlikni, tadqiqotlarni olib borishga intilishni, yangi vaziyatga, 
yangi jamoaga kirish qobiliyatini, samimiyatni, to‘g‘rilik va halollikni, o‘tkir aql-
idrokni, bir vositani boshqasi bilan tekshirib ko‘rish malakasini talab qiladi. 
 
«Pedagogik mahorat» kursi talabalarga bo‘lajak o‘qituvchi ixtisosligi 
bo‘yicha bilimlarni egallashlari davomida o‘qituvchi shaxsidagi ma'naviy- 
axloqiy tarbiyani; o‘z kasbi doirasida odob va axloq normalariga rioya qilish 
xususiyatini, uning mohiyatini; muallim – ustoz odobining bola shaxsiga ta'sirini, 
turli vaziyatlarda o‘z xulqini idora qilishning zaruriyatini; bo‘lajak 
o‘qituvchilarga pedagogik mahoratni, ko‘nikma va malakalarni, pedagogik 
texnika elementlarini o‘zlashtirib, egallab borishlarini o‘rgatadi.
Pedagogik mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi pedagogika, psixologiya, 
fiziologiya, axloqshunoslik, tarbiyaviy ishlar metodikasidan xabordor bo‘lishi 
shart. 
Jamiyatimiz talab etayotgan har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalashda 
o‘qituvchining o‘rni beqiyosdir. O‘qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasb. 
Mohir o‘qituvchi bo‘lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o‘zigina 
yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o‘qitish va tarbiyalash 
haqida umumiy qonun qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g‘oyalar bayon 
etiladi. O‘qituvchining yosh individual xususiyatlarini e'tiborga olish ta'kidlanadi. 
Maktab hayoti amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma - xildir. Pedagogik 
nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa o‘qituvchidan keng 
bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va 
ijodkorlikni talab etadi. 


308 
Davlatimiz xalq ta'limi sohasida o‘rtaga qo‘yayogan vazifalarni bajarish 
ko‘p jihatdan o‘qituvchiga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim 
to‘g‘risida” gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va jamiyat talabidan 
kelib chiqib, bugungi kunda o‘qituvchilar oldida mas'uliyatli vazifalar turibdi. 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish