“Tarbiya insonni komillikka eltuvchi ilm sifatida” nomli 1-mavzusini
o‘rganish bo‘yicha ma’ruza mashg‘uloti (1-mashg‘ulot)
1-cavol. Tarbiyaning mohiyati, maqsadi va vazifalari.
Prezident Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisga
Murojaatnomasida tarbiya, shu jumladan yoshlar tarbiyasiga e’tibor qaratdi,
“...
avvalambor, tashabbuskor islohotchi bo‘lib maydonga chiqadigan, strategik fikr
yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur”,
“Sharq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng
katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir”
1
Tarbiya,
bu
kishida muayyan jismoniy, ruxiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni
shakllantirishga karatilgan amaliy pedagogik
jarayon
.
Insonning jamiyatda yashashi
uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarni orttirish uchun ko‘riladigan chora-tadbirlar
majmuasi. Uning insonligini ta’minlaydigan eng qadimgi va abadiy qadriyatdir.
Tarbiyasiz inson ham jamiyat ham mavjud bo‘la olmaydi. Chunki odam va
jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina avloddan-
avlodga o‘tkaziladi.
«Tarbiya» atamasi ilmiy adabiyotlarda keng va
tor
ma’nolarda qo‘llaniladi.
Keng ma’noda tarbiya inson shaxsini shakllantirishga,
uning
ishlab chiqarish
,
ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol ishtirokini ta’minlashga karatilgan barcha
ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig‘indisini anglatadi. Tarbiyani bunday
tushunish oilada, mahallada,
maorif muassasalarida, jamoat tashkilotlarida,
madaniyat muassasalarida olib boriladigan maqsadli faoliyatni, shuningdek,
ta’lim
va
ma’lumot
o
lishi kiradi.
Tor ma’noda tarbiya shaxsning jismoniy kamoloti, dunyoqarashi, ma’naviy-
axloqiy qiyofasi, estetik didini yuksaltirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatdir.
Mazkur vazifa
oila
va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari tomonidan
amalga oshiriladi. Ta’lim va ma’lumot olish tor ma’nodagi tarbiya tarkibiga
kirmaydi. Lekin tarbiya jarayoni ta’lim bilan o‘zaro bog‘liklikda mavjduddir.
Chunki ta’lim va ma’lumot olish jarayonida shaxsning bilimi ortib borishi bilan
birga, axloqiy-ma’naviy qadriyatlari shakllandi va rivojlanib boradi.
Tarbiya jamiyat va davlat hayotidagi ahamiyati, o‘rni beqiyos. Yosh
avlodning,
umuman,
jamiyat
a’zolarining
tarbiyasi
bilan
yetarlicha
shug‘ullanmagan mamlakat
turg‘unlik
va inqirozga mahkumdir. Negaki, o‘sishi va
rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishni
rivojlanishi talab etiladi. Buning uchun yosh
avlod
moddiy va ma’naviy boyliklar
yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq
ishlab chiqara bilishlari
kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va ma’naviy qobiliyatlarni shakllantira
bilish uchun esa, jamiyat uzluksiz ravishda samarali
faoliyat
ko‘rsatadigan
tarbiyaviy bilimlar tizimiga ega bo‘lishi lozim.
Bizga ma’lumki, ijtimoiy taraqqiyot tarbiyaning mazmunida o‘zgarishlarni
yuzaga keltiradi. Sobiq Sovet davlatida hukmron
mafkura
marksizm tarbiyaga sinfiy
1
Мирзиёев Ш.М. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисига Мурожаатнома //Халқ сўзи. 2021 йил 25
январ.
va partiyaviy
hodisa
sifatida yondashilgan. Shuning uchun ham sinfiy jamiyatda turli
sinflar tarbiyasida tafavvut mavjudligi to‘g‘risidagi g‘oya mustahkamlandi. Bizga
ma’lumki tarbiya sinfiy mazmunga ega emas. Shuningdek,
tarbiyada jamoat
muassasalarning o‘rni bo‘rttirib yuborilgan, irsiy va biologik xususiyatlarning ta’siri
yetarli darajada hisobga olinmagan.
Tarbiya vositasida kishi ijtimoiy kiyofasini o‘zgartirish mumkin degan qarash,
uning shaxs shakllanishidagi o‘rni ideallashtirildi. Tarbiyalanuvchining tarbiyaviy
ta’sirni qabul qilshi yoki qabul qilmasligi xususiyatlariga e’tibor berilmadi. Shu
bois, tarbiya maqsadsiz bo‘lib qoldi, tarbiyalanuvchiga individuum sifatida emas,
istalgan ijtimoiy qiyofani shakllantirish vositasi, olomon vakili tarzida qarash karor
topdi. Oqibatda tarbiyaning samaradorligi pasaydi yoki umuman samarasizligiga
olib keldi. Chunki Tarbiyaning asosiy ob’ekti bo‘lmish shaxs va uning o‘ziga xoslik
jihatlari unutilgan edi.
O‘zbekiston
da tarbiya va unga bog‘liq jarayonlarga sog‘lom pedagogik
tafakkurga tayangan holda yondashuv ustuvorlik qiladi. Uni tashkil etilishida
g‘ayriilmiy, sinfiy-partiyaviy yondashuvdan voz kechildi. Tarbiyaning milliyligiga
alohida e’tibor karatilmoqda. Buning uchun
xalq pedagogikasi tajribasi,
mutafakkirlarimizning pedagogik qarashlarini ilmiy o‘rganishga e’tibor kuchaydi.
Pedagogika fani va amaliyotida oila tarbiyasi, ijtimoiy tarbiyaning o‘ziga xos o‘rni
borligi e’tirof etildi. Shuningdek, tarbiyada irsiy va biologik omillar ham hisobga
olinadigan bo‘ldi. Ayni vaqtda, shaxsning shakllanishida tarbiyaning o‘rniga
keragidan ortiq baho berish ham barham topdi. Bu hol tarbiyaga doyir hodisa va
holatlarni to‘g‘ri izohlash, tarbiyaviy tadbirlar tizimini to‘g‘ri tayin etish imkonini
berdi.
Shunday qilib, qayd etish lozimki, tarbiya – bu pedagogikaning asosiy
kategoriyasi bo‘lib, tarbiyalanuvchining ijtimoiy hayotga moslashuvi, uning xatti-
harakatlari va muomalasi, asosiy me’yorlari haqidagi bilim va ko‘nikmalarini
shakllanishida asosiy o‘ringa ega.
Odamlar bilimi, ko‘nikmalaridan qat’i nazar,
doimo tarbiyaviy ta’sirlarni qabul qiladi va o‘zlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Rossiya
olimi B.T. Lixachev tarbiyani ilmiy o‘rganib, unga oid uch asosiy konsepsiyani
ishlab chiqdi:
• “tarbiya ijtimoiy muhitning zarur va bajarilishi shart bo‘lgan qismi, uning
yordamida inson jamiyatda o‘z o‘rnini topadi”;
• ijtimoiy-madaniy nuqtai nazardan tarbiya “avlodlar o‘rtasida hayotiy
tajribani avloddan-avlodga o‘tkazuvchi ob’ektiv ijtimoiy mexanizm”dir;
• falsafiy va diniy jihatdan “tarbiya - bu diniy e’tiqodni, avloddan avlodga
o‘tishini ta’minlaydigan ilohiy vosita”.
Tarbiyaning mohiyati
tarixiy taraqqiyot bosqichlarida namoyon bo‘ladi. Bu
jarayonning mezonlariga odamlar o‘rtasidagi
munosabatlar, ularning jamiyatdagi
faoliyati ta’sir ko‘rsatadi. Tarbiyaning ishtirokida madaiy tajriba, bilim va mehnat
ko‘nikma va malakalar avloddan-avlodga o‘tkazilishi ta’minlanadi. Tarbiyaning
maqsadi – insonlarni avloddan-avlodga taraqqiy ettirib, insoniyatning umumiy
yuksalishiga xizmat qilishdir.
Tarbiyaning qonuniyatlari.
Taqiqotchilar ularni o‘ziga xos tarzda talqin etadi.
Shuning uchun, bu muammoga munosabat masalasida yakdillik yo‘q. Rossiyalik
tadqiqotchilar tarbiyaning asosiy qonuniyatlarini
quyidagilardan iborat deb
ta’kidlaydilar:
1. Tarbiya - bu aniq maqsadga yo‘naltirilgan, lekin natijasini oldindan aytib
bo‘lmaydigan maqsadli jarayondir. Zero, tarbiyalanuvchi imkoniyatlarini qay
darajada namoyon etishi, natija qanday bo‘lishi noma’lumdir. (E’tiborga
olinmaydigan ko‘plab omillarning ta’siri oldindan aytib bo‘lmaydigan, noaniqlik,
natija ehtimolini keltirib chiqaradi. Ehtimollik, umuman olganda,
hayot va
madaniyatning asosiy tamoyilidir).
2. Tarbiya – inson ehtiyojlarini o‘zgartirishidir. Odamning ehtiyojlarini
ta’minlanmasligi va ularni o‘zgartirish o‘rtasida dialektik bog‘liqlik mavjud.
Ma’lumki, ehtiyoj – biror narsaga bo‘lgan ichki talab, ehtiyoj bilan aloqada muayyan
faoliyatga undaydigan ichki kuchdir.
Birinchi savolga xulosa qilib aytganda tarbiya jamiyat va shaxs hayotida
muhim ahamiyatga ega hodisadir. Trbiyaga yetarli darajada e’tibor bermaslik
jamiyatni halokatga olib keladi.