Tarbiya insonni komillikka eltuvchi ilm sifatida


-savol. Tarbiya vositalari va usullari



Download 366,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana03.07.2022
Hajmi366,68 Kb.
#735012
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-мавзу.(1-машғулот)

 
2-savol. Tarbiya vositalari va usullari. 
Tarbiya jarayonining samaradorligi ko‘p jihatdan uni tashkil etishning 
shakllariga bog‘liq. Tarbiyalanuvchilar sonining ko‘pligi, muqarar ravishda 
tarbiyaning sifat va samaradorlik ko‘rsatkichlarini pasaytiradi.
Tarbiyaning usullari va shakllari
.
Taribya usullari deganda tarbiyalanuvchilarning faoliyatini tashkil etish 
jarayonida, ularda tegishli motivatsiya, munosabat va fikrni rivojlantirish, ko‘nikma 
va xulq-atvor odatlarini ishlab chiqish, shuningdek. shaxsiy fazilatlarini 
shakllantirish maqsadida ularni to‘g‘irlash va takomillashtirishning o‘ziga xos 
usullar tushuniladi. 
Tarbiya usullari o‘quvchida qanday sifatlarni shakllantirish vazifasi 
qo‘yilganiga qo‘ra tasniflanadi. Shundan kelib chiqqan xolatda biz tarbiyaning 
barcha usullarini quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin: 
I
. Shaxs ongini shakllantirish usullari: 
1. Ishontirish usuli – bu shunday tarbiya usuliki, unda ijtimoiy-ma’naviy 
munosabatlarning mohiyatini, xulq-atvor normalari va qoidalarini hissiy 
tushuntirishda, tarbiyalanayotgan shaxsning ongi va hissiyotlarini rivojlantirishda 
ifodalanadi. Bu usulning psixologik asosini o‘quvchi ongida u bajarmoqchi bo‘lgan 
hulq atvor va xatti harakatlarni oqibatini oldindan ko‘ra bilish tamoyili tashkil etadi.
Ishontirish quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi: 
a) o‘qituvchining fikri (bu madaniyatda umumiy qabul qilingan xolat, 
o‘qituvchi bildirgan fikr, shaxsiy munosabat ko‘rinishidagi xabar bo‘lishi mumkin); 
b) o‘qituvchining dalillari, asaslari, uning voqea va xodisalarning ichki 
yashirin ma’nosini ochishi (ko‘rgani, bajargani, talabaning o‘qigani); 
v) ijtimoiy hayotda yuz beradigan manfaaatlar to‘qnashuvi haqida 
o‘qituvchining maslahati, tavsiyasi; 
g) o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqoti (masalan, badiiy obrazni idrok 
etishdagi taassurotlar almashinuvi); 
d) munozara (to‘satdan yoki maxsus tashkil etilishi mumkin).


2. Ijobiy o‘rnak ko‘rsatish usuli. Bir donishmand insonning ma’naviy 
kamoloti uchun uchta shart-sharoit zarur: buyuk maqsad, buyuk to‘siq va buyuk 
ibratlar zarur, degan ekan. 
Uning mohiyati shundaki, talabani o‘z ustida faol ishlashga, fazilatlarini 
rivojlantirish va takomillashtirishga, undagi kamchiliklarni bartaraf etishga intilishi 
(ehtiyoj)ni uyg‘otish uchun boshqa odamlarning (omma e’tiboriga sazavor bo‘lgan) 
hulq-atvori va faoliyatiga oid misollardan foydalaniladi. Ijobiy namunaning 
talabalar 
tarbiyasiga 
ta’siri ko‘rsatishining psixologik asosi ulardagi 
taqlidchanglikdir. 
Talabaning o‘qituvchida idealini ko‘rishi maqsadga muvofiq. 
II
. O‘quvchilarning yaxshi hulqini rag‘batlantirish va kamchiliklarini tuzatish 
usullari:
1. O‘rnak ko‘rsatish usuli. 
2. Pedagogik talab usuli. Talab – bu o‘quvchi xulq-atvorini tuzatishga 
qaratilgan muayyan harakatlar yoki harakatlarga bevosita rag‘batlantirish usuli. 
Vostitalar:
a) o‘quvchiga biror vazifani bajarish yoki yordam ko‘rsatishi haqidagi iltimos; 
b) o‘qituvchilar yoki ma’muriyatining ko‘rsatmalari yoki buyruqlari;
v) xulq-atvor qoidalarini shakllantirish; 
g) buyruq-ko‘rsatma (masalan, favqulodda vaziyatda yoki kimnidir 
ranjitadigan vaziyatda qo‘llaniladi); 
d) tarbiyalanuvchiga vakolat berish. 
O‘qituvchida mehr (samimiy), qat’iyatlilik (dono) va talabchanlik (ota-
onaning) uyg‘unlashishi zarur. 
3. Rag‘batlantirish usuli. Vositalar: 
a) ijobiy baho (og‘zaki, mimik, plastik mazmundagi o‘ta ixcham shakli); 
b) maqtov (tasdiqlashning batafsil shakli, baholash sababini yoki asosini 
batafsil tushuntirish); 
v) minnatdorchilik (talaba bajargan ishning ahamiyatini shaxan yoki jamoada 
xizmatini tan olish); 
g) taqdirlash (sovg‘a, ramziy nishonlash);
d) unvon berish (shaxsining fazilatlarini tan olish yoki kelajagiga ishonch 
bildirish). 
4. Jazolash usuli. Vositalar: 
a) ma’qul deb topmaslik (ayblash); 
b) tanbeh; 
v) hayfsan berish; 
d) jamoadan chetlashtirish (yotoqxonadan, o‘quv guruhidan, kollejdan); 
e) tabiiy oqibatlar usuli – o‘quvchining xatti-harakati qanday oqibatlarga olib 
kelishini mantiqiy asoslash (J.J. Russo). 
III
. O‘quvchilarning faoliyati va xulq-atvorini tashkil etish usullari: 
1. Mashq qilish usuli - mohiyati bir xil harakatlarni takrorlashdan iborat. 
Vositalar: 
a) o‘rgatish; 
b) xulq-atvor ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi maxsus trening o‘tkazish; 


v) axloqiy-psixologik qoidalar asosida o‘yin tashkil etish.
2. Musobaqa usuli. 
3. Boshqa faoliyat turiga o‘tish usuli (“hissiyotlarni o‘zgartirish”). 
4. O‘quvchining xulq-atvorini nazorat qilish va o‘zini-o‘zi nazorat qilish usuli. 
A.S. Makarenko kashf etgan tarbiya usullari:
a) jamoaviy tarbiya (tarbiyalanuvchilar umumiy do‘stona, maishiy, mehnat 
manfaatlari asosida birlashuvi, jamoaning tarkibiy qismi ekanligini anglash); 
b) o‘zini-o‘zi boshqarish (Makarenko guruhga rahbarlik muddati 6 oydan oshmagan, 
har bir bola rahbar bo‘lish imkoniyatiga ega edi); v) mehnat tarbiyasi (mehnat aniq 
maqsad asosida tashkil etilgan, natijasi qisqa muddatda ko‘rinishi talab qilingan); 
g) o‘qituvchi murabbiy, ota-ona (o‘qituvchi ziyorak, samimiy bo‘lishi kerak, bolalar 
sohtalikni darrov biladi); d) intizom (tarbiya vostasi, yoki usuli emas balki natijadir).
Tarbiyaning usul va vositalari asosida tarbiyani tashkil etish shakllarini ishlab 
chiqish talab etiladi. Tarbiya shakli – tarbiya jarayonining tashqi ifodasidir. 
Pedagogik adabiyotlarda tarbiyaviy ish olib borish shakllariga turlicha yondashuvlar 
mavjud.
Tarbiyaga jalb etilgan odamlarning qamroviga ko‘ra shartli ravishda uni 
quyidagi shakllarga bo‘lish mumkin: 
• individual; 
• mikrogruppaviy; 
• guruxiy (jamoaviy); 
• ommaviy. 
Tarbiyaviy ish sohalarga ajratiladi: aqliy, axloqiy, estetik, mehnat, jismoniy 
tarbiya. 

Download 366,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish