R espublikasi s og'liqni saqlash vazirligi Toshkent farm atsevtika instituti


Laboratoriya mashgUlotni olib borish 4 soatga rejalashtirilgan



Download 6,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/195
Sana23.06.2022
Hajmi6,44 Mb.
#693956
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   195
Bog'liq
5 к ДВИТУ-ФИ мажмуа

Laboratoriya mashgUlotni olib borish 4 soatga rejalashtirilgan.
M ashg‘ulotning maqsadi:
Laboratoriya mashg‘ulotida talabalarni polyarimetrik tahlil usullari va 
unda qo‘llaniladigan polyarimetrlarning tuzilishi va ishlash xususiyatlari bilan tanishtirish. 
Tekshiriluvchi qutblangan nurni burish burchagini aniqlash. (mentolning spirtli eritmasi, glyukoza va 
saxaroza eritmalari misolida).
189


Maqsadga y o ‘naltiruvchi vazifalar:
talabalarni polyarimetriya usuli va polyarimetrda ishlash 
qoidalari bilan tanishtirish.
A) Polyarimetr P 161 asbobining tuzilishi bilan tanishtirish.
B) Tekshiriluvchi eritmani kyuvetaga quyish.
V) Tekshiriluvchi eritmaning qutblangan nurni burish burchagini aniqlash.
G) Olingan natijalar asosida dori modda konsentrasiyasini aniqlash.
Dars o ‘tish vositalari va ulardan foydalanish usullari:
Fanni o‘rganishda kompyuter vositalari, 
standart dasturlar, ko‘rgazmali qo‘llanmalar va internet materiallari hamda zamonaviy pedagogik 
texnologiyalar, ya’ni interaktiv usullari qo‘llaniladi.
L aboratoriya m ashg'ulotlarini o'tkazish uchun z a ru r asbob-uskunalar: Darslik, ma’ruza matni, 
o‘quv qo‘llanmalar, Suv bugi yordamida xaydash 
apparati, voronka, probirkalar, reaktivlar, 
.ko‘rgazmali materiallarlar, skotch, qog‘oz
L aboratoriya jihozlari : Maxsus laboratoriya vositalari bilan jixozlangan xona.
Yassi qutblangan nur samoda oddiy nurga qaraganda tartiblangan bo‘ladi. Yassi qutblangan 
nurning doimiy qutblangan sirti bo‘ladi. 
Ayrim moddalar ulardan o‘tayotgan nurning qutblanish 
tekisligini o‘zaro ta’sir natijasida burish xossasiga ega. Bunday moddalar optik faol moddalar 
deyiladi. Tabiiy yorug‘likdan qutblangan nurni ajralish jarayoni polyarizatsiya deyiladi. Bu jarayonni 
imkonini beruvchi asbob polyarizator deyiladi.
Polyarizator bundan tashqari qutblangan nurni analiz qilish imkonini ham beradi. Bunday holda 
u analizator deb yuritiladi.
Agar tabiiy yorug‘lik polyarizatorga tushsa undan o‘tgan yassi polyarlangan nur intensivligi 
unga tushgan nur intensivligining yarmiga teng bo‘ladi.
Polyarimetrik usul — moddalarning undan o’tayotgan qutblangan nur sathini ma’lum bir 
burchakka burishiga asoslangan.
1 — nur manbai, 2 — qutblanm agan nur, 3 — polyarizator, 4 — qutblangan nur, 5 — 
modda eritmasi solingan kyuveta, 6 — 30°ga optik burilish, 7 — analizator, 8 — kuzatuvchi
Portativ P-161 pribori optik faol tiniq eritmalar va suyuqliklarning qutblangan nur tekisligini 
burish burchagini aniqlashga mo‘ljallangan.
Priborning xatoligi 0,1°
Burish burchagini o‘lchash chegarasi ±20°.
3
8
190


Portativ P-161 polyarimetrida uch qismga bo‘lingan ko‘rish maydoni ravshanligini 
tenglashtirish prinsipi qo‘llaniladi. Ko‘rish maydonini uch qismga bo‘lish optik tizimga kvars 
plastinka kiritish orqali amalga oshirilgan bo‘lib, u ko‘rish maydonining o‘rta qismini egallagan. Nur 
to‘lqini yo‘nalishi kvars plastinkaning optik o‘qiga mos keladi. Ko‘rish maydonlarini tenglashtirish 
ular to‘liq qorong‘ulashganda sodir bo‘lib, bu polyarizator va analizatorning to‘liq kesishishiga mos 
keladi(83-85°).
Portativ P-161 polyarimetri.
1. Analizator boshi (1) hisoblash lupasi (2) va kolonka (9).
2. Ko‘zguli polyarizatsiya qurilmasi (4).
3. SHtativ (5).
4. Eritmalar uchun Kyuveta (6). Kyuveta uzunligi 95,04 mm.
Yorug‘lik nuri ko‘zgu yordamida polyarizatorga yo‘naltiriladi. Zarg‘aldoq rangli svetofiltr va 
polyarizatordan o‘tgan yorug‘lik nurining o‘rta qismi kvars plastinka orqali analizatorga tushadi. Ikki 
chetki qismi esa to‘g‘ridan to‘g‘ri analizatorga tushadi.
Uchchala ko‘rish maydonini birlashtirish ya’ni B holatga keltirish analizatorni burash orqali 
amalga oshiriladi. Bu paytda asbob 0 nuqtaga keltirilgan hisoblanadi. Bu jarayon uch marta 
takrorlanadi. Agar polyarizator va analizator o‘rtasiga tekshiriluvchi optik faol eritma solingan 
kyuveta joylashtirilsa, ko‘rish maydonlarining bir xilligi o‘zgaradi ya’ni fotometrik tenglik buziladi. 
Uni analizatorni eritmaning qutblangan nurni burish burchagiga teng bo'lgan burchakka aylantirish 
orqali tiklash mumkin.Bunig uchun asbob yana analizator boshchasini burash orqali B holatga 
keltiriladi.
Analizator boshchasi Qimirlamaydigan gradusli shkaladan va birgalikda qimirlaydigan qismlar: 
nonius, analizator, ko‘rish trubkasi va hisoblash lupasidan iborat.
191


Ko‘rish trubkasi uchta ko‘rish maydonini kuzatish uchun xizmat qiladi va ob’ektiv hamda 
okulyardan iborat.Mufta 7ni aylantirish bilan okulyar orqali kuzatilayotgan ko‘rish maydonlarining 
ravshanligi o‘zgartiriladi.
Polyarizatsion qurilma polyarizator (Ikki himoya oynasi orasiga elimlangan polyarizatsion 
plyonka), zarg‘aldoq svetofiltr va polyarizatorning markaziga simmetrik o‘rnatilgan kvars 
plastinkadan iborat.
Analizator ikki himoya oynasi orasiga elimlangan polyarizatsion plyonkadan iborat bo‘lib, 
opravaga qotirilgan bo‘ladi.

Download 6,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish