R espublikasi s og'liqni saqlash vazirligi Toshkent farm atsevtika instituti



Download 6,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/195
Sana23.06.2022
Hajmi6,44 Mb.
#693956
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   195
Bog'liq
5 к ДВИТУ-ФИ мажмуа

Polyarimetrni ishga tayyorlash
YOrug‘likni ko‘zgu orqali priborga yo‘naltiriladi. Okulyar orqali fotometrik maydon kuzatiladi. 
Analizatorni aylantirish orqali fotometrik tenglikka erishish lozim. Buning uchun uchchala ko‘rish 
maydoni chegarasi ajralmasligi ya’ni bir xil qorong‘ulikda bo‘lishi lozim.
Priborni 0 holatga keltiriladi. Bu ish kyuvetasiz amalga oshiriladi. Buning uchun avval okulyarni 
aylantirish orqali ko‘rish maydonini uch qismga bo‘linishiga erishish lozim. So‘ng analizatorni 
aylantirish orqali uchchala ko‘rish maydonining bir xil qorong‘ulashishiga erishish lozim. Bu holatni 
5marta takrorlash lozim. Har safar nonius orqali hisoblash amalga oshiriladi. Beshta o‘lchash orqali 
o‘rtacha qiymat olinadi. Bu qiymat priborning 0 nuqtasi hisoblanadi. Agar 0 nuqtaga keltirilganda 
nonius limbasi 
shkala bo‘ylab soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha burilsa (+) bilan, agar soat 
strelkasiga qarama qarshi yo‘nalishda burilsa (-) belgi bilan ifodalanadi.
Kyuvetaga tekshiriluvchi eritma shunday to‘ldirilishi kerakki unda havo pufaklari bo‘lmasligi 
lozim. Portativ P-161 pribori aniq o‘lchov asbobi bo‘lganligi uchun u bilan ishlash jarayonida ehtiyot 
bo‘lib ishlash lozim. Ishni boshlashdan oldin tashqi optik detallarni yumshoq salfetka bilan artish 
lozim.
Polyarimetrda o ‘lchashni amalga oshirish
Burish burchagini aniqlash uchun tekshiriluvchi eritma solingan kyuvetani priborning 
biriktiruvchi naychasiga joylanadi va okulyar orqali ko‘rish maydonlari aniq farqlanadigan holatga 
keltiriladi, so‘ng analizatorni aylantirish orqali barcha ko‘rish maydonlari bir xil qorong‘ulashgan 
holatga keltiriladi va burish burchagini hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi: Dastlab noniusning 
nol nuqtasi limbaning qaysi holatida turganligi kuzatiladi. So‘ng noniusning nol nuqtasidan 
noniusning shtrixigacha nechta bo‘linma borligi hisoblanadi va 0,1° ga ko‘paytiriladi. Limba 
bo‘yicha olingan gradus qiymatiga nonius bo‘yicha hisoblangan gradus qiymati qo‘shiladi.
192


Masalan : Dastlabki holat +0,3° (o‘ngga), oxirgi holat +3,3°(o‘ngga). Bu holatda burish burchagi 
+3,3° - 0,3° = 3°. Agar dastlabki holat 0,3° (chapga), burish burchagi 3,3° + 0,3° = 3,6° bo‘ladi.
Optik faol m oddalar tabiatiga k o ’ra qutblangan nur sathi burilishi bir xil y o ’nalishda va 
kattalikda b o ’ladi. Agarda qutblangan nur sathi soat strelkasi b o ’yicha burilsa, m odda 
o ’ngga buruvchi b o ’lib va “+” ishorasi bilan, soat strelkasiga teskari tom onga burilsa, u 
holda modda chapga buruvchi b o ’ladi va “ -” ishorasi bilan belgilanadi.
Boshlang’ich holatdan qutblangan nur sathining o’zgarishi burish burchagi deyiladi va burchak 
graduslarida ifodalanadi. Burish burchagi grek harfi “ 
a
” bilan belgilanadi. Burish burchagi kattaligi 
optik faol moddaning tabiatiga, qutblangan nurni optik faol muhitdagi bosib o’tgan yo’li uzunligiga 
va nurning to’lqin uzunligiga bog’liq bo’ladi. Eritmalar uchun burilish burchagi kattaligi erituvchi 
tabiatiga, qatlam qalinligiga, optik faol modda tabiatiga va konsentratsiyasiga bog’liq.
Burish burchagining kattaligi optik faol modda yoki uning eritmalarining qatlam qalinligi bilan 
to’g’ri proporsional bo’ladi. Harorat ko’p hollarda sezilarli ta’sir etmaydi.
Turli moddalarning qutblangan nur sathini burish qobiliyatini tavsiflash uchun solishtirma 
burish burchagining [a]D qiymati aniqlanadi.
Solishtirma burish burchagi [a]D konsentratsiyasi lg/ml ga teng bo’lgan optik faol moddaning 
qutblangan monoxromatik nurni 1 dm qalinlikdagi muhitdan o’tishidagi nur sathini burish burchagiga 
teng.
Maxsus ko’rsatma bo’lmasa, solishtirma burish burchagini 20°C haroratda natriy (589,3 nm) D 
spektri to’lqin uzunligida aniqlanadi.
Optik faol modda eritmasining solishtirma burish burchagi [a]D erituvchi tabiatiga va 
konsentratsiyasiga bog’liq. Erituvchining konsentrasiyasini almashtirilishi solishtirma burish 
burchagini kattaligi ishorasining ham o’zgartirishga olib kelishi mumkin. Shuning uchun me’yoriy 
hujjatda dori vositasining solishtirma burish burchagi, erituvchi turi va eritmaning konsentratsiyasi 
ko’rsatiladi.
Solishtirma burish burchagining kattaligi quyidagi formulalardan foydalanib aniqlanadi.
Eritma holidagi moddalar uchun

Download 6,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish