— 0 ‘zbekiston R espublikasi to ‘la davlat hokim iyatiga
egaligi, o ‘zining milliy davlat va m a’muriy-hududiy tuzilishini,
hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilash
huquqi k o ‘rsatildi;
— 0 ‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiya, uning qonun-
lari ustun ekanligi va davlat idoralarining tizimi,
hokimiyatni
qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatiga ajratish tartibi
asosida qurilganligi;
— 0 ‘zbekiston mustaqilligining iqtisodiy asoslari izohlab
berildi;
— 0 ‘zbekistonning tashqi siyosiy aloqalardagi mustaqilligi
belgilandi;
— 0 ‘zbekiston Respublikasi
hududida Inson huquqlari
um um jahon D ek-laratsiyasiga m uvofiq holda R espublika
fuqaroligi joriy etilishi, fuqarolar millati, elati, ijtimoiy kelib
chiqishi, qaysi dinga mansubligidan q at’i nazar,
bir xil huquq-
larga egaligi va ular Respublika Konstitutsiyasi va qonunlari
himoyasida b o ‘lishlari qonunlashtirildi;
— Davlat ramzi b o ig a n gerb, bayroq va madhiya hamda
davlat tili
haqida normalar belgilandi;
— Qoraqalpog‘iston 0 ‘zbekiston tarkibida ekanligi e’tirof
etiladi. Shuningdek, Q o ra q a lp o g ‘iston R espublikasining
0 ‘zbekiston Respublikasi tarkibidan tegishli tartibda chiqib
ketishi mumkinligi ham e’tirof etildi.
Bunday Q onunning qabul qilinishi m ustaqillik davrida
q o ‘lga kiritilgan yutuqlarning natijasi hisoblanadi.
Bu esa
huquqiy, iqtisodiy ham da m a ’naviy-axloqiy m unosabatlar
natijasi sifatida juda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun
ham ushbu Qonunga 0 ‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 1991-
yil 30-sentabr qarori bilan Konstitutsiyaviy qonun maqomi
berildi.
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi uning xalqi erishgan huquq va
erkinliklarini, davlat hokimiyatini tashkil etishdagi o‘z
xohish-
istaklarini qonuniy tartibda rasmiylashtirib, mustahkamladi.
0 ‘zbekiston Respublikasining «Davlat mustaqilligi asoslari
to ‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun e ’lon qilingan kundan
boshlab to yangi Konstitutsiya qabul qilingunga qadar 15 oy
vaqt o ‘tdi, ana shu davr ichida davlat boshqaruvini qayta tashkil
etishda g‘oyat katta amaliy ishlar tajribasi to ‘plandi. U nda
yashovchi xalqlarning yangicha yashashga va o ‘z davlat tuzumini
barpo qilishga bo‘lgan intilishlari va ularning huquq va erkin
liklarini rivojlantirishning eng
muhim kafolati ekanligi unda
46
m ustahkam lab q o ‘yildi. Shu davr m obaynida dem okratik
ijtimoiy va davlat tuzumining asoslari, oliy va mahalliy davlat
hok im iyati va id o ra o rg an la rin in g tizim i ta rk ib top di,
umuminsoniy demokratiya prinsiplari o ‘rnatildi. 0 ‘zbekiston
Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari maromiga yetkazildi. Bu
prinsiplar xalq
ommasining ham mamlakat ichida, ham butun
jahonda mustaqillik uchun olib borgan kurashlari natijasini
o ‘zida mujassamlashtirdi. Shu tariqa, mustaqil 0 ‘zbekistonning
Konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini, fuqarolarning huquq va erkin
liklarini, davlat hokimiyati organlarining tashkil etilishi hamda
faoliyati prinsiplarini va boshqa ijtimoiy munosabatlarni belgilab
beradigan Konstitutsiya qabul qilish zaruriyati paydo boidi.
Do'stlaringiz bilan baham: