R e s p u b L i k a s I k o n s t I t u t s I y a s I n I


-§. 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi-



Download 8,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/292
Sana21.07.2022
Hajmi8,86 Mb.
#835148
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   292
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o\'rganish. Rustamboyev M, Ahmedov D

2-§. 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi-
ning huquqiy asoslari
0 ‘zbekiston mustaqilligi haqida gap borganda, 1990-yil 20- 
iyunda qabul qilingan 0 ‘zbekiston Respublikasi «Mustaqillik 
Deklaratsiyasi»ning o ‘rni va aham iyatiga alohida to'xtalish 
lozim.
«M ustaqillik D eklaratsiyasi»da o ‘zbek xalqining asrlar 
davomida q o ‘lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot 
borasidagi boy tarixiy tajribasi va an ’analari hisobga olinishi 
uqtirildi.
D eklaratsiyada 0 ‘zbekistonning suveren va mustaqilligi 
haqida shunday me’yorlar belgilangan:
B irinchidan, 0 ‘zbekiston SSRning d em o k ra tik davlat 
mustaqilligi R espublikaning o ‘z hududida, barcha tarkibiy 
qismlarida va barcha tashqi munosabatlardagi tanho hokim- 
ligidir.
Ikkinchidan, 0 ‘zbekiston SSRning davlat hududi chegarasi 
daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo‘yilmay turib, 
o ‘zgartirilishi mumkin emas.
42


Uchinchidan, 0 ‘zbekiston SSRda davlat hokimiyati uning 
hududiga kiradigan barcha tarkibiy va b o iin m a s qismlari 
ustidan amalga oshiriladi va shu hududda yashaydigan aholiga 
taalluqlidir.
T o‘rtinchidan, SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar 
0 ‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq, 0 ‘zbekiston SSR 
Oliy Soveti tom onidan tasdiqlangandan keyingina 0 ‘zbekis- 
ton SSR hududida kuchga ega boiadi.
B esh inchid an , O ‘zb ek isto n SSR d av lat h o k im iy ati 
vakolatiga 0 ‘zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli 
barcha masalalar kiradi.
Oltinchidan, 0 ‘zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy 
prinsiplarini tan oladi va hurm at qiladi.
Yettinchidan, 0 ‘zbekiston SSR ittifoqdosh Respublikalar 
va boshqa davlatlar bilan o ‘zining siyosiy, iqtisodiy, madaniy 
va boshqa munosabatlarini shartnomalar asosida belgilaydi va 
amalga oshiradi.
S akkizinchidan, 0 ‘zbekiston SSR o ‘zining taraq q iy o t 
yoiini, o ‘z nomini belgilaydi va davlat belgilari (gerbi, bayrogi, 
madhiyasi)ni o ‘zi ta ’sis etadi.
T o‘qqizinchidan, Q oraqalpogiston Muxtor Sovet Sotsialis- 
tik Respublikasi mustaqilligini M uxtor Respublika Konstitu­
tsiyasi ta ’min etadi. 0 ‘zbekiston SSR uning Asosiy Qonuni va 
0 ‘zbekiston SSR K onstitutsiyasi asosida Q o raq alp o g isto n
MSSR manfaatlarini himoya qiladi.
0 ‘ninchidan, 0 ‘zbekiston SSRning qonun chiqaruvchi 
hokim iyati 0 ‘zbekiston SSR davlat m ustaqilligini amalga 
oshirish uchun zaru r b o ig a n q o n u n larn i ishlab chiqadi, 
0 ‘zbekiston SSRning siyosiy va iqtisodiy sistemalari tarkibini 
va qurilishini belgilaydi.
0 ‘n birinchidan, 0 ‘zbekiston SSR Oliy Soveti umumxalq 
muhokamasi asosida demokratik huquqiy davlat tuzishga qaror 
qilganini bildiradi, 0 ‘zbekiston SSRda yashayotgan barcha 
millat va elatlarning qonuniy, siyosiy, iqtisodiy, etnik, madaniy 
huquqlariga hamda ona tillari rivojlantirilishiga kafillik beradi.
0 ‘n ikkinchid'an, ushbu Deklafatsiya 0 ‘zbekiston SSRning 
yangi K onstitutsiyasini ham da yangi ittifoq shartnom asini 
ishlab chiqish uchun asosdir21.
21 U shlju m e ’y o rla r 1990-yilgi «M uistaqillik D ek la ra tsiy a si» d a n
olinganligi sababli unda 0 ‘zbekiston SSR Oliy Soveti, Qoraqal- 
pog‘iston M uxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi, SSSR kabi o‘sha 
davrga oid iboralar qoilanilm oqda.
43


0 ‘zbek xalqining asrlar davomidagi orzusi - o ‘z taqdirini 
o ‘zi belgilash huquqiga erishish 1991-yil 31-avgustda ushaldi. 
Shu kuni 0 ‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi e’lon 
qilindi. 1991-yil 31-avgust kuni qabul qilingan 0 ‘zbekiston 
Respublikasining D avlat mustaqilligi to ‘g ‘risidagi Bayonot 
0 ‘zbekiston hukumatining siyosiy yo‘lini to ‘la qonunlashtirib 
berdi. Bu tarixiy hujjatda quyidagi xulosalar ilgari surilgan edi:
« — 0 ‘tmishdan saboq chiqarib va SSR Ittifoqining siyosiy 
hamda ijtimoiy hayotidagi o ‘zgarishlarni e’tiborga olib;
— Xalqaro-huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o ‘z taqdirini 
o ‘zi belgilash huquqiga asoslanib;
— 0 ‘zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun m as’u- 
liyatni anglab;
— Shaxs huquq va erkinliklarining, m ustaqil davlatlar 
o ‘rtasidagi chegaralarning buzilmasligi to ‘g‘risidagi q a t’iy 
sadoqatni bayon etib;
— Millati, diniy e’tiqodi va ijtimoiy mansubligidan q a t’i 
nazar, R espublika h u d ud id a yashovchi h ar bir kishining 
m u no sib h a y o t k ech irish in i, s h a ’ni va q ad r-q im m atin i 
ta ’minlaydigan insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo 
etishga intilib;
— Mustaqillik Deklaratsiyasini amalga oshirib, 0 ‘zbekis- 
ton Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi 0 ‘zbekis- 
tonning davlat mustaqilligi va ozod suveren davlat - 0 ‘zbekis- 
ton Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon 
qiiadi.
0 ‘zbekiston Respublikasining o ‘z tarkibidagi Q oraqal- 
p o g ‘iston R espublikasi bilan b irg a hududi b o ‘linm as va 
daxlsizdir. 0 ‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlarga 
hududiy d a ’volari boim ay, u o ‘z hududi va tabiiy boyliklariga 
nisbatan oliy huquqqa egadir».
0 ‘zbekiston parlam entining bu bayonoti o ‘zining qonun 
kuchi bilangina emas, siyosiy m antig‘i, m a’naviy qudrati, 
xalqaro huquq normalariga mos kelishi va eng muhimi, millat 
taqdirini hal etadigan tarixiy qadriyat ekanligi bilan alohida 
ajralib turadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1991-yilning 31- 
avgustida 0 ‘zbekiston Respublikasining «Davlat mustaqilligi 
asoslari to ‘g‘risida»gi qonun qabul qilish ushbu qonun doirasida 
0 ‘zbekiston SSRni bunda^n keyin 0 ‘zbekiston Respublikasi 
deb atash, 1-sentabrni M ustaqillik kuni deb e’lon qilish, 
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha-
44


lar kiritish, shuningdek, ittifoqning va uning tarkibiga kiradigan 
barcha mustaqil davlatlarning oliy qonun chiqaruvchi idora- 
lariga, barcha xorijiy davlatlarga va jaho n ham jam iyatiga 
murojaat qilib, ularni Respublikaning davlat mustaqilligi e’lon 
qilingan hujjatini tan olishga d a’vat etish to ‘g‘risida qaror qabul 
qildi. Bu bevosita 0 ‘zbekiston m ustaqilligining dastlabki 
huquqiy poydevori edi.
Ayni shu maqsadlarni k o ‘zlab, Respublika Oliy Kengashi- 
ning X II chaqiriq navbatdan tashqari sessiyasi 1991-yil 31- 
avgustda o ‘z ishini boshladi.
0 ‘zbekistonning mustaqil davlat 
deb e’lon qilinishida mazkur sessiya 
katta tarixiy ahamiyat kasb etgan- 
ligini alohida ta ’kidlash lozim. Unda 
« 0 ‘zb ek isto n R esp u b lik asin in g
davlat mustaqilligi asoslari to ‘g‘risida» Konstitutsiyaviy qonun 
ham da « 0 ‘zbek iston R esp u b lik asin in g D av lat b a y ro g ‘i 
to ‘g‘risida»gi qonun kun tartibiga qo‘yilib, qizg‘in muhokama 
qilindi.
Oliy Kengash deputatlari 0 ‘zbekiston Respublikasining 
«Davlat Mustaqilligi asoslari to ‘g‘risida»gi qonunni moddama- 
modda muhokama qilib, qabul qildilar. So‘ngra Respublika 
D av lat m ustaqilligi to ‘g ‘risidagi B ayonot q abul qilinib, 
0 ‘zbekiston SSRning nomi 0 ‘zbekiston Respublikasi deb 
o ‘zgartirildi. Mustaqillik belgilangan kun 1-sentabr 1991-yildan 
boshlab milliy bayram va dam olish kuni deb e’lon qilindi.
0 ‘zbekiston R espublikasining m ustaqilligi haqidagi bu 
hujjatlar o ‘zbek xalqining asriy orzusi ro ‘yobga chiqqanligi- 
ning huquqiy ifodasi bo ‘ldi.
0 ‘zbekiston Respublikasining «Davlat mustaqilligi asoslari 
to ‘g‘risida»gi qonun g‘oyat katta ahamiyatga ega b o ‘lganligi 
uchun bu muhim hujjat haqida batafsil to ‘xtash lozim. Mazkur 
q o n u n aso sid a 0 ‘zb e k isto n n in g h u q u q iy h o la ti tu b d a n
o ‘zgardi. 0 ‘z mohiyatiga ko‘ra ushbu hujjat Respublika uchun 
vaqtincha Konstitutsiya rolini ham o ‘ynaydigan b o id i. 0 ‘n 
yetti moddadan iborat bu qonun suveren 0 ‘zbekiston Respub­
likasining asosiy belgilarini aniqlab beradi. Unda:
— 0 ‘zbekiston R espublikasi o ‘z tark ib id ag i Q oraqal- 
pog‘iston Respublikasi bilan birga mustaqil demokratik davlat 
deb e’lon'qilindi;
— 0 ‘zbekiston Respublikasining xalqi davlat hokimiyati­
ning birdan-bir sohibi ekanligi;
45

Download 8,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish