Biriktiruvchi bog’lovchilar: Biritiruvchi bog’lovchilar gapning uyushiq bo’laklarini qo’shma gap tarkibidagi ayrim gaplarni bir – biriga bog’laydi. O’zbek tilida bunday bog’lovchilardan eng ko’p qo’llaniladigani va bog’lovchisidir. Bu bog’lovchi ayrim gaplarni va gapdagi uyushiq bo’laklarni bog’laganda, ular orasidagi teng munosabatni ifodalaydi: Ikkalasiyamg’amning qafasida tiklangan dillari bilan ko’ngillarining munozara alangasida harakat va kuch olgan orzu umidlari ila bo’lishib kunning tush bo’lganini ham sezmasdan qolishdilar. Haramiga u yog’i Hindiston va Movaraunnahar, bu yog’i Xuroson paripaykallarini to’plasin. Bir gapdagi bir necha uyushgan bo’laklarning oxirgisidan oldin kelganda va bog’lovchisini uyushgan bo’laklar orasidagi teng munosabatini ko’rsatish bilan birga oxirgi uyushgan bo’lakni alohida ajratib, ta’kidlab ko’rsatish uchun ham ishlatiladi: Osmon malikasi kabi muazzam saroylar qurdirib, ularga mashhur mutriblar, raqqoslar, xonanda va sozandalarni yig’sin. a) o’zi bog’langan sodda gaplarda ifoda qilingan ish-harakat, voqea va hodisalarning bir vaqtida bo’lganini ko’rsatadi: Bahri xiyla oldinda Risolat bilan birga borar va otning qadam tashlashi maqomiga ashula aytar edi.
b) ish-harakatning ketma-ket bo’lganini ko’rsatadi: Bu orada haligi bola ko’prikdan o’tib, otni soy bo’yiga bog’ladi va o’zi yuqoriga chiqib ketdi. Ba’zan va bog’lovchisi o’rnida – u (yu) yuklamasi ham uyushgan bo’laklar, qo’shma gap tarkibidagi ayrim gaplar orasida kelib, biriktiruvchi bog’lovchi vazifasida ishlatilishi mumkin. Bunday chog’da bog’lanuvchi bo’laklar orasidagi bog’lanish juda mustahkam bo’ladi: Zuhra rahmat aytdi-yu, qog’ozni sumkasiga solib eshik tomon yurdi. Ketma-ket bo’lgan ish-harakatni bir-biriga bog’lovchi va bog’lovchi o’rnida -da yuklamasi ham qo’llanadi. Bunday vazifada ishlatilgan –da oldingi gapdan anglashilgan ish-harakatning bajarilishidagi shu yuklama ifodalaydigan tezlikni ham ko’rsatib turadi: Ramz eshik oldida turdi-turdi-da, keyin uyi tomon jo’nab ketdi. Bu bog’lovchi vazifasida qo’llanadigan yuklama tezlikni ifodalash uchun qo’llangani sababli har doim bo’lishli fe’llar orasida keladi (oldida, ketdi kabi).
Hamda bog’lovchisi gap bo’laklari va qo’shma gap tarkibidgi ayrim gaplarni bog’laydi. U na oyog’iga qadalgan tikan, na chaqirtoshlarni sezadi, shamolday uchib boradi hamda uzun asosini do’q’illatib kelayotgan qoqsuyak ayol bag’riga o’zini otadi. Bu bog’lovchi qator uyushgan bo’laklarning oxirgisidan oldin kelganda, uyushgan bo’laklar orasidagi tenglikni ko’rsatish bilan birga oxirgi uyushgan bo’lakni ajratib ham ko’rsatadi: Umida, Noila, O’g’iloy hamda Dinora yaxshi javob berdi. Ham bog’lovchi vazifasida kelganda va bog’lovchisi singari uyushgan bo’laklarni bog’laydi, u bo’laklar orasidagi tenglik munosabatini ko’rsatadi: U O’ktam ham O’sarjonga qarab, salmoqlanib dedi. Bu bog’lovchi ham ish-harakatning bir vaqtda (gapirdi ham kuldi kabi) yoki ketma-ket bo’lganini ko’rsatadi (keldi ham ketdi kabi).
Ham uyushgan bo’laklarning oldida yoki oxirida takrorlanib kelishi mumkin. Bunday chog’da u faqat uyushgan bo’laklarning oldida kelgandagina bog’lovchi sanaladi: Ham ko’kda, ham yerda behisob yulduzlar miltiraydi(O.Yoqubov).Ham qo’rqaman, ham bilgim keladi. (A.Muxtor)
Ham uyushiq bo’laklar ketida takrorlanib kelganda uyushiq bo’laklarni ajratib ko’rsatish uchun qo’llanadi: …Opam go’zallikda ham, sho’xlikda ham o’yinga ustalikda ham o’rtoqlaridan qolishmaydi. (Oybek).
Bu bog’lovchi takrorlanib kelganda ham fonetik o’zgarishga uchrab htovushi y ga o’tishi yoki tushib qolgan holda ishlatilishi mumkin. Bunday chog’da u o’zidan oldingi so’zga qo’shib talaffuz etiladi va yoziladi: Ular bizniyam, o’zlariniyam ayblaydi.