R e j a: I. Kirish. II. Asosiy qism



Download 105 Kb.
bet1/5
Sana28.05.2022
Hajmi105 Kb.
#613960
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Bog\'lovchi




R E J A:
I. Kirish.
II. Asosiy qism

  1. Bog’lovchi va uning shakliy ko’rinishlari.

  2. Teng va ergashtiruvchi bog’lovchilar.

  3. Bog’lovchi xususiyatlari.



III Xulosa
IV Adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Ikki va undan ortiq gap bo’lagi va gaplarni bog’lab keluvchi yordamchi so’zlarga bog’lovchilar deyiladi. Bog’lovchi ham sintaktik aloqa vositasi sanalib, ulardan tobe munosabatni ifodalashdan tashqari, teng munosabatni hosil qilish bilan ajralib turadi. Bog’lovchi gap bo’laklari, qo’shma gapning sodda gapga teng qismlari orasidagi turlicha aloqani, grammatik munosabatni ko’rsatadi. Bog’lovchining mohiyati, o’zbek adabiy tilidagi bog’lovchining turi bu turga oid so’zlar tilshunosligimizda keng o’rganilgan. Mavjud adabiyotlarda bog’lovchining turi va bu turga qaysi so’z mansubligi masalasida turlicha nuqtai nazar bor ya’ni bir tadqiqotda bog’lovchi deb berilgan birlik boshqasida yuklama qatoriga kiritiladi, ko’makchi deb berilgan birlik bog’lovchi deb tan olinadi. Bog’lovchiga oid so’zning aniq belgilanmasligi sababi ular lison- nutq jihatdan o’rganilmaganidadir.
Bog’lovchini ham ko’makchi singari shakliy jihatdan uch guruh (sof bog’lovchi, nisbiy bog’lovchi, qo’shimchasimon bog’lovchi) ga ajratib o’rganish lozim.
Sof bog’lovchi guruhiga faqat bog’lovchi vazifasida qo’llaniladigan va hamda, yo, yoxud, yoki, ammo, lekin, biroq, chunki, shuning uchun, agar, ya’ni kabi yordamchi so’z xos.
Qo’shimchasimon bog’lovchi guruhiga –ki (-kim) bog’lovchi va yuklama vazifasida kela oladigan - u / -yu, -da, -mi qo’shimchasi mansub. –u /-yu, -da qo’shimchasining bog’lovchi vazifasini to’la-to’kis bajarishi qator manbada qayd etilgan. – mi qo’shimchasida ham bog’lovchilik xususiyati borligini 1. Bahor keldimi, gullar ochiladi. Karim keldimi, to’palon boshlandi tipidagi gaplar tasdiqlaydi. Ushbu gaplarda qo’llangan –mi qo’shimchasi ta’kid ma’nosini voqelantirgan holda sodda gaplarni bir-biriga bog’lash vazifasini bajarmoqda. Nisbiy bog’lovchiga mustaqil so’z turkumidan o’sib chiqqan, «oraliq uchinchi» tabiatiga (ham mustaqil, ham yordamchi) ega bo’lgan ba’zan, bir, vaqtida, hali, goh, (goho) kabi so’zlarning tarkibiy shakli misol bo’ladi. Chunonchi, 1. Ba’zan Qoratoyning ishxonasida, ba’zan choyxonada tunab yurdi (Oybek). 2. Ikki kundan beri goh savalab, goh shiddat bilan yog’ayotgan yomg’ir hammayoqni ivitib yubordi (A.Qahhor). 3. Vaqtida qor yog’adi, vaqtida yomg’ir.
Bu gaplarda qo’llanilgan ba’zan, goh, vaqtida so’zlarining vazifasi bog’lovchiga juda yaqin.
1.Salima tez qaytdi. U yangi xabar olib keldi.2. Brigadada mehnat yaxshi uyushtirilmadi. Natijada hosil kam bo’ldi. 3. Azimboy ko’p zulm o’tkazdi. Oqibatda xalqning sabr kosasi to’ldi gaplaridagi u, natijada oqibatda so’zlari birinchi gapni ikkinchi gap bilan bog’lab kelmoqda. Demak, u, natijada, oqibatda so’zi ham nisbiy bog’lovchi sirasiga kiritilsa to’g’ri bo’ladi. Ikkinchi gapning mazmuni birinchi gapsiz aniq emas. Yordamchi so’z nafaqat so’z, hatto gap va matn qismlarini bog’lashga ham xizmat qiladi1.
Bog’lovchilar grammatik jihatdan o’zgarmaydi va mustaqil leksik ma’noga ham ega emas. Shuning uchun ayrim garlarning tuzilishi va ma’nolariga ko’ra bo’ladigan turli munosabatlarni ko’rsatish uchun qo’llanadi. Bog’lovchilar o’zlari bog’lagan ayrim so’zlar va ayrim sodda gaplarni o’zaro qanday munosabatda ekanliklarini ko’rsatish bilan birga shu munosabatlarni xilini ham ko’rsatib turadi.
Bog’lovchilar o’zbek tilida yakka yoki takroriy qo’llanadi.
Shunga ko’ra ular ikki xil: yakka bog’lovchilar va takroriy bog’lovchilar.
Yakka bog’lovchilar uyushgan bo’laklar va ayrim gaplar orasida yakka holda qo’llanadigan bog’lovchilardir: a, va, hamda, ammo, lekin, biroq, balki, yo, gar, agar, agarda, yoki, yohud, basharti, chunki, garchi, go’yo, go’yoki, - ki, -kim.
Takroriy bog’lovchilar bir gapda ikki yoki undan ortiq o’rinda gap bo’laklari bilan birga aynan takrorlanadigan, shuningdek, qo’shma gaplarda ayrim sodda gaplar bilan birga aynan takrorlanadigan bog’lovchilardir: dam-dam, ba’zan-ba’zan, ham-ham, bir-bir, yoki-yoki, goh-goh, xoh-xoh kabi. Yo unga ko’paymaydi yo bunga. Goh kulib, goh kuldiradi.
Takroriy bog’lovchilar takrorlangan gap bo’lagi yoki ayrim gaplarning oldiga qo’llanadi. Lekin ham takrorlangan bo’laklar yoki gaplar ketida takrorlanib kelishi mumkin. Bunday chog’da u yuklama sanaladi: …Piri Bukriy uning mayxonasiga kelib nay chaladi, shunday chaladiki ba’zan o’zi ham yig’lab, boshqalarni ham yig’latadi. (O.Yoqubov).
Takroriy bog’lovchilarning bir qismi yakka holda ham qo’llanilishi mumkin (yo, yoki). Bunday chog’da ular, yakka bog’lovchi hisoblanadi: Bu qir Astraxan yoki Sol qirlari singari tep-tekis emas (A.Fadeev).
Takroriy bog’lovchilarning bir qismi esa, faqat takrorlangandagina bog’lovchi sanaladi, yakka qo’llaganda esa o’zi mansub bo’lgan so’z turkumiga taalluqli bo’ladi (bir-son, ham-yuklama, ba’zan-ravish)2.
Bog’lovchilar gapdagi vazifasiga ko’ra ikki xil bo’ladi: teng bog’lovchilar
va ergashtiruvchi bog’lovchilar.
Teng bog’lovchilar. Teng bog’lovchilar gap bo’laklari va ayrim sodda gaplar orasidagi teng munosabatlarni ifodalaydi. Bunday bog’lovchilar: a) gapning uyushgan bo’laklarini bog’laydi: Kulba gadoy va yo’qsillarning jo’r qiyqirig’idan larzaga keldi (O.Yoqubov). Yig’ilganlar hammasi urushni o’ylardi, lekin undan og’iz ochishga hech kim jur’at eta olmas edi (H.G’ulom).
Teng bog’lovchilarlarning o’zbek tilida quyidagi gruppalari bor: 1) biriktiruvchi bog’lovchilar: va, hamda (bog’lovchi vazifasida kelgan bilan ko’makchisi, ham yuklamasi); 2) Zidlov bog’lovchilar: ammo, lekin, balki, biroq; 3) ayiruvchi bog’lovchilar: yo, yoki, yohud, yoyinki, goh-goh, dam-dam, bir-bir, ba’zan-ba’zan, xoh-xoh.

Download 105 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish