R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/338
Sana18.11.2022
Hajmi8,08 Mb.
#868141
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   338
Bog'liq
R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi

Ichki nazorat
buxgalteriya hisobini yuritishda, moliyaviy va 
boshqa hisobotlarni tuzishda xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishning 
qonuniyligini, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini, aktivlarning but 
saqlanishini ta’minlash, talon-toroj qilish hollari va xatoliklarning oldini 
olish hamda aniqlash maqsadida buxgalteriya hisobi sub’ektining rahbari 
tomonidan qabul qilingan hisob siyosati asosida tashkil etilgan chora-
tadbirlar tizimidir». 
Demak, ichki nazorat tizimi – buxgalteriya hisobi va hisobotining 
to‘g‘riligini ta’minlashga qaratilgan hamda korxona resurslaridan maqsadga 
muvofiq foydalanishga imkon yaratadigan doimiy, kundalik ishlar 
majmuidir. Ichki nazorat tizimi tarkiban uchta qismga bo‘linadi: 
1.
Nazorat muhiti
– korxonada ichki nazorat uchun qulay bo‘lgan 
o‘zaro xizmat munosabatlarini aniqlaydigan belgilar yig‘indisi.
 
2.
Buxgalteriya hisobi tizimi
 
– 
tegishli xo‘jalik operatsiyalarini 
yozishga taalluqli hisob siyosati va amallari.
 
3.
Nazorat amallari

 
korxona xodimlari tomonidan bajariladigan 
maxsus tekshiruvlar. 
Shunday ekan, ichki nazorat tizimining ushbu uchala elementi o‘zaro 
uzviy aloqadorlikda faoliyat ko‘rsatadi. 
Shuningdek, har bir buxgalteriya hisobi sub’ekti ichki nazoratni tashkil 
etishi va amalga oshirishi ta’kidlangan. 
22-modda 
moliyaviy hisobot
ga bag‘ishlangan bo‘lib, qonunnning yangi 
tahririda unga quyidagicha ta’rif berilgan:
«Moliyaviy hisobot buxgalteriya 
hisobi sub’ektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi 
faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi 
tizimlashtirilgan axborotdan iboratdir»

Korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari, ularning 
iqtisodiy tavsifiga muvofiq turlari bo‘yicha guruhlab aks ettiriladi. Aktivlar, 


380 
kapital va majburiyatlar balansda korxona moliyaviy holatini bevosita 
baholaydigan elementlarga kiradi. 
Moliyaviy hisobot quyidagi asosiy shakllarni o‘z ichiga oladi: 

buxgalteriya balansi; 

moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot; 

pul oqimlari to‘g‘risida hisobot;

xususiy kapital to‘g‘risida hisobot;

izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar. 
Yangi tahrirda 
«Xalqaro standartlar bo‘yicha tuziladigan moliyaviy 
hisobotga doir talablar moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida 
belgilanadi» 
deb alohida ta’kidlangan. 
Shuningdek, qonunning yangi tahririda kiritilgan muhim ahamiyatga 
ega qo‘shimchalardan yana biri 
– 
«Buxgalteriya hisobi sub’ekti moliyaviy 
hisobotni tuzishda mustaqil balansga ajratilgan o‘z vakolatxonalarining, 
filiallarining va boshqa tarkibiy bo‘linmalarining buxgalteriya balanslarini 
hamda boshqa hisobot shakllarini kiritishi kerak» deb norma belgilanganligi 
hisoblanadi. 

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish