R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/338
Sana18.11.2022
Hajmi8,08 Mb.
#868141
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   338
Bog'liq
R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi

Moliyaviy qo‘yilmalarni baholash
. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning 
moliyaviy qo‘yilmalari – bu uning boshqa korxonalar aktsiyalari, 
obligatsiyalari va boshqa turdagi qimmatli qog‘ozlariga qilingan 
investitsiyalari, boshqa korxonalar ustav kapitaliga qo‘shgan ulushlari, 
shuningdek, boshqa korxonalarga berilgan qarzlaridir. Moliyaviy qo‘yilmalar 
investor korxona buxgalteriyasida buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq 
hisobga olinadi. 
Qisqa muddatli investitsiyalar va qimmatli qog‘ozlar hisobot yili 
oxiridagi tannarx yoki bozor bahosi bo‘yicha baholanadi. Agar sotib olish 
bahosi bozor bahosidan past bo‘lsa, farq summa zarar sifatida moliyaviy 
natijalar schyotiga olib boriladi. Bunda qimmatli qog‘ozlarning o‘zlari ham 
bozor bahosi bo‘yicha hisobga olinadi. 
To‘liq to‘lanmagan aktsiyalar va paylar investor dividend olish 
huquqiga ega va ushbu qo‘yilmalar bo‘yicha to‘liq javobgar bo‘lgan hollarda 
to‘liq qiymati bo‘yicha moliyaviy qo‘yilmalar schyotlarida aks ettiriladi. 
Boshqa hollarda ular qiymati to‘liq to‘lanib, dividend olish huquqiga ega 
bo‘lganidan so‘ng moliyaviy qo‘yilmalar schetida aks ettiriladi. 


376 
Kotirovkasi buxgalteriya hisobotlarida e’lon qilinadigan aktsiyalar, 
obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga qilingan qo‘yilmalarning 
bozor bahosi hisobdagi bahosidan past bo‘lsa, ular bozor bahosida aks 
ettirilib, farqi korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining natijalariga olib boriladi. 
Majburiyatlarni baholash
. Majburiyatlar tomonlarning kelishuvi 
bo‘yicha aniqlangan summada aks ettiriladi. Sud qaroriga ko‘ra yuzaga 
kelgan majburiyatlar uning qarorida ko‘rsatilgan summalarda aks ettiriladi.
Hisobot davrining oxirida to‘lanishi kerak bo‘lgan foizlar alohida aks 
ettiriladi. 
Da’vo muddati o‘tib ketib, talab qilinmayotgan majburiyatlar hamda 
kreditor qarzlar foyda sifatida joriy hisobot davrining moliyaviy natijalari 
schyotiga olib boriladi. 
Xaridorlarning debitor qarzlari nakladnoylar yoki boshqa dastlabki 
hujjatlarda ko‘rsatilgan qiymat bo‘yicha aks ettiriladi. O‘z vaqtida 
qaytarilmagan va tegishli kafolatlar bilan ta’minlanmagan debitor qarzlar 
shubhali qarzlar bo‘yicha rezervlar hisobiga hisobdan chiqariladi.
Ushbu moddaning eski tahrir(12-modda)dan printsipial farqli jihati – 
unga: 
«Shartli aktivlar va majburiyatlar buxgalteriya hisobi standartlariga 
muvofiq aks ettiriladi»
degan qo‘shimcha kiritilgan. Bu jumladagi kalit 
so‘zlar: 
«shartli aktivlar», «shartli majburiyatlar», «buxgalteriya hisobi 
standartlari».
37-sonli «Noaniq majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli 
aktivlar» nomli MHXSning 10-bandiga muvofiq:
«Shartli aktiv – bu bo‘lib 
o‘tgan hodisalardan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan va uning mavjudligi 
faqatgina kompaniyaning to‘liq nazorati ostida bo‘lmagan kelgusi noaniq 
hodisalardan biri yoki bir nechtasi sodir bo‘lishi yoki sodir bo‘lmasligi 
natijasida tasdiqlanadigan aktivdir»
10

«Shartli majburiyat – bu: 
(a) bo‘lib o‘tgan hodisalardan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 
majburiyat. Uning mavjudligi faqatgina kompaniyaning to‘liq nazorati 
ostida bo‘lmagan kelgusi noaniq hodisalardan biri yoki bir nechtasi sodir 
bo‘lishi yoki sodir bo‘lmasligi natijasida tasdiqlanadi: yoki 
(b) u hozirgi paytdagi majburiyat bo‘lib, o‘tgan hodisalardan yuzaga 
keladi, ammo tan olinmaydi, chunki: 
(i) iqtisodiy nafni o‘zida mujassamlashtiradigan resurslarning 
majburiyatni so‘ndirish uchun chiqib ketishi talab etilishining ehtimoli yo‘q; 
yoki 
10
Международные стандарты финансовой отчетности. М.: АСКЕРИ, 2011, -С. 461. 


377 

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish