R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/338
Sana18.11.2022
Hajmi8,08 Mb.
#868141
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   338
Bog'liq
R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi

(ii) ushbu majburiyatning summasini yetarli ishonlilik bilan baholash 
mumkin bo‘lmaydi»
11

18 – modda 
daromadlar va xarajatlarni hisobga olish
tartibini 
belgilaydi. Ushbu modda eski tahrirda aynan shu nomdagi 13-modda 
bo‘lgan. Lekin yangi tahrirda daromadlar va xarajatlar «buxgalteriya hisobi 
standartlariga muvofiq» aks ettirilishi to‘g‘risida qo‘shimcha kiritilgan. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat 
maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining ijrosi bo‘yicha daromadlar va 
xarajatlar «byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq» aks ettirilishi 
to‘g‘risida aniqlik kiritilgan. 
Foyda 
ko‘rsatkichi 
dunyo 
amaliyotida 
ko‘pincha 
biznes 
samaradorligining mezoni yoki investitsiyalardan olingan daromadlar yoki 
aktsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlardan olingan daromad (tushum) larni 
tahlil qilish vositasi sifatida qo‘llaniladi. 
Daromadlar va xarajatlar foydani aniqlashga taalluqli bo‘lgan bevosita 
elementlar hisoblanadi. Daromadlar va xarajatlarni, natijada esa foydani 
aniqlash 
korxona 
tomonidan 
moliyaviy 
hisobotni 
tayyorlashda 
qo‘llaniladigan kapital va uni saqlash kontseptsiyasiga qisman bog‘liq. 
Daromadlar va xarajatlarning elementlari quyidagicha aniqlanadi: 
a) daromadlar bu – hisobot davri ichida aktivlarning ko‘payishi yoki 
passivlarning kamayishi ko‘rinishida iqtisodiy foydaning o‘sishi bo‘lib, 
kapitalning o‘sishiga olib keladi. 
b) xarajatlar – bu hisobot davrida aktivlarning chiqishi yoki 
kamayishiga olib keluvchi majburiyatlar paydo bo‘lishi natijasida iqtisodiy 
foydaning kamayishidir. 
Daromadlar va xarajatlarning ta’rifi ularning asosiy belgilarini 
aniqlaydi, ammo ularni moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks 
ettirish uchun talab qilinadigan mezonlarni aniqlab bera olmaydi. Foydani 
aks ettirish aktivlarning o‘sishi yoki passivlarning kamayishini aks ettirish 
bilan bir vaqtda sodir bo‘ladi. Masalan, tovarlarni yoki xizmatlarni sotishda 
yuzaga keladigan aktivlar o‘sishi, yoki kreditorlarga qarzlar qaytarilishi bilan 
bog‘liq passivlar kamayishi hollari.
Xarajatlar moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda, ro‘y bergan aniq 
o‘lchanishi mumkin bo‘lgan aktivning kamayishi yoki passivning o‘sishiga 
taalluqli kelgusidagi foydaning kamayishi kabi aks ettiriladi. Bu, sarflarni 
aks ettirish, passivlar o‘sishi yoki aktivlar kamayishini hisobga olish bilan bir 
vaqtda sodir bo‘lishini bildiradi Masalan, xizmatchilar ish haqi yoki 
qurilmalar eskirishining o‘sishi. 
11
Шу ерда. 


378 
19-modda 
xususiy kapital va uni hisobga olishning 
huquqiy maqomini 
belgilaydi. Bu moddaga muvofiq korxonaning xususiy kapitali 
ustav 
fondidan(ustav kapitalidan), qo‘shilgan, zaxira kapitalidan
va 
taqsimlanmagan foydadan
tashkil topadi. 
Ushbu modda oldingi tahrirdagi shunday nomlangan 14-modda bo‘lib, 
xususiy kapital tarkibini tavsiflashda «ustav fondi» tushunchasi kiritilgan.
Ustav fondi (ustav kapitali) korxona ta’sischilari tomonidan, uning 
ta’sis hujjatlarida belgilangan hajmdagi ulushlar (pul ifodasidagi) 
yig‘indisidan iboratdir. Ustav fondiga (ustav kapitaliga) ulush sifatida 
qo‘shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar yoki direktorlar 
kengashi kelishuvi bo‘yicha ularning real qiymatiga asosan baholanadi. 
Shuningdek, «qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, baholovchi tashkilot 
tomonidan baholanishi kerak» degan qo‘shimcha kiritilgan. 
Qo‘shilgan kapital aktsiyalarni nominal qiymatidan baland narxlarda 
dastlabki sotishdan olinadigan emissiya daromadini bildiradi (aktsiyadorlik 
jamiyatlarida). Yangi tahrirda «ekvivalenti chet el valyutasida ifodalangan 
ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish jarayonida yuzaga keladigan 
kurs farqini» ham qo‘shilgan kapital tarkibida aks ettirish belgilangan. 
Oldingi tahrirda «Zaxira kapitali mol-mulkni qayta baholash chog‘ida 
hosil bo‘ladigan inflyatsiya zaxiralarini, shuningdek tekinga olingan mol-
mulk qiymatini aks ettiradi» deb tavsiflangan. Yangi tahrirda: «mol-mulk» 
tushunchasi o‘rniga «uzoq muddatli aktivlar» tushunchasi kiritilib, 
aniqlashtirilgan. Shuningdek, «qonun hujjatlarida va ta’sis hujjatlarida 
nazarda tutilgan miqdorlarda sof foydadan ajratmalar» hisobiga ham 
ko‘paytirilishi to‘g‘risida qo‘shimcha kiritilgan. 
Taqsimlanmagan foyda jamg‘arilayotgan foydani bildiradi va u ustav 
fondiga (ustav kapitaliga) o‘tkazilishi ham mumkin (mulkdorlar qaroriga 
muvofiq). 
Ustav fondi (ustav kapitali)ning buxgalteriya hisobida aks ettirilgan 
summasi uning ta’sis hujjatlarida belgilangan summasiga teng bo‘lishi shart. 
Agar yuridik shaxs ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirishga qaror qilsa, 
u belgilangan tartibda ta’sis hujjatlariga ham o‘zgartirish kiritib, ularni qayta 
ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim. 
20-modda 
garovni hisobga olish
tartibini belgilaydi (oldingi tahrirdagi 
15-modda). Garov xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan olingan kreditlar, 
qarz mablag‘lari va boshqa yuzaga keladigan majburiyatlarning 
qaytarilishini kafolatlash uchun xizmat qiladi. 


379 
Korxonaning o‘z majburiyatlari yoki boshqalarning majburiyatlarini 
ta’minlash uchun garovga berilgan mol-mulklar qiymati (o‘z mablag‘lari 
ham) boshqa aktivlardan alohida hisobga olinadi. 
Mulkiy yoki pullik garovlarni berib yubormasdan belgilangan 
ta’minotlar, garovga olingan mol-mulk qiymati, garov sifatida qabul qilingan 
pul mablag‘lari va valyuta qiymatliklari alohida balansdan tashqari 
schyotlarda hisobga olinadi. 
Garov bilan bog‘liq munosabatlar «O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
Kodeksi» va «Garov to‘g‘risida»gi Qonun bilan tartibga solinadi. 
Qonunning yangi tahririda ichki nazoratning maqomi va mazmunini 
belgilaydigan, yangi 21-«Ichki nazorat» nomli modda kiritilgan. Unga 
muvofiq 
«

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish