Quyosh energiyasidan foydalanishning ijtimoiy va ekologik jihatlari



Download 38,53 Kb.
bet1/2
Sana18.04.2022
Hajmi38,53 Kb.
#561958
  1   2
Bog'liq
QEF-15-ma'ruza (1)


15-ma’ruza
QUYOSH ENERGIYASIDAN FOYDALANISHNING IJTIMOIY
VA EKOLOGIK JIHATLARI
Reja:
1. Qayta tiklashuvchan energiya manbalarini qo'llashning ijtimoiy omillari.
2. Noana’naviy energiya manbalarining energetik mustaqillikdagi roli.
3. Quyosh energiyasidan foydalanishning ekologik jihatlari.
Tayanch iboralar: qayta tiklanadigan energiya manbalari, ijtimoiy omillar, noana’viy energiya manbalari, mikro GES, ekologik jarima.
Oldingi davrlarda asosiy energiya iste'molchisi sanoat hisoblanib, uning umumiy
elektroenergetik balansidagi o'rni 35% gacha bo'lgan bo'lsa, hozirgi vaqtda asosiy energiya talabgorlari qatoriga alohida (komunal – xo'jalik, bizensmenlar va x.k.) iste'molchi sifatida qishloq joylarida yashash, usulining ijtimoiy qayta tuzilishi, agrar tarmoqda yangi xo'jalik yuritish (forma) shaklining rivojlanishi printsip jihatdan yangi ijtimoiy yo'naltirilgan elektr iste'moli ob'ektlarini paydo qilmoqda. Kichik fermer xo'jaliklari, mahalliy xom-ashyoni qayta ishlaydigan zavodlar, shaxsiy sektoridagi qulay yashash sharoitlari yaratilishi, yanada kommunal-xo'jalik elektr asbob-uskunalarini qo'llash, turar joylarda mikro iqlim yaratish qurilmalari va boshqalar kiradi.
O'zbekistonda qishloq joylarda yashovchining yillik elektr energiyasi ist'emoli 580 kVt.soat tashkil qiladi, rivojlangan mamlakatlarda esa bu ko'rsatkich 3000 kVt.soat ga tenglashmoqda. Bunday farq o'zbekiston aholisini uchun yuqori darajali qulaylik tug'dirish zarurligini ko'rsatmoqda. Bu esa qemlarni yanada mukammalroq foydalanish imkoniyatini yaratishni taqazo etmoqda, bunda yoqilg'iga va elektr energiyasiga ichki tarif bahosining oshishini e'tiborga olish zarur. 50-100 kishi yashaydigan uzoq qishloqlardagi energiya iste'moli tartibni taxlil qilish 5 kishilik oila yil mavsumlariga bog'liq holda 10..15 kg quduq yog'och materialini sutkalik ovqat pishirishga, suv isitishga, 0,3...0,5 l yoqig'i sarflaydi, bu esa jamlanganda 2 kvt (yoki 0,4 kvt/kishi) elektr quvvatiga teng. bu dunyo masshtabida har bir kishi iste'mol quvvatidan 2 marta kichikdir.
Ma'lumki, har bir kishiga qulay yashash sharoiti yaratish uchun 2 kvt quvvat zarur. tog'li rayonlarda yashovchilar hayot faoliyatini ko'tarish uchun nafaqat iste'mol qilinadigan energiya miqdorini oshirish, balki elektr iste'moli tarkibini sifat jixatdan o'zgartirsh lozim, ya'ni bunda ikkilamchi maxsulotlar paydo bo'lmasligini ta'minlash (masalan, tutun chiqarmaslik, u inson salomatligi qattiq ta'sir qiladigan omildir).
1-jadval



Qurilma

Quvvat, kVt

Narxi,
AQSh doll.

1.

Mikro GES

4,0

2000

2.

Shamol eqergosurilmasi

1,0

1500

3.

Quyosh foto elektrik qurilmasi

1,0

3000

4.

Quyosh pechi

0,5

100

5.

Quyosh suv

1,0

200

6.

Biogaz qurilmasi

-

-

7.

Baraxt bilan qiziydagan pech (5 l xajmli qazilma)

1,0

50

Shuning uchun yoqilg'ini yoritishga va daraxt materialini ovqat tayyorlash uchun ishlatishni chegaralash yoki batamom to'xtatish zarur. Organik chiqindilardan biogaz olinadi, shu bilan birga o'g'it hosil qilinib atrof-muhit kasallik tarqatuvchi mikroorrganizmlardan tozalanadi. 5 kishidan iborat oila energota'minoti uchun ushbu energoqurilmalardan foydalanish mumkin. Bu tarkibdagi energoqurilmalar qishloq oilasi yashashi sharoitini nihoyatda qulaylashtirshga orqali hisoblanadi. 1 – jadvalda keltirilgan qurilmalar keltirilgan qurilmalar dexqon xo'jaligini to'la e.e. bilan ta'minlashga yetarlidir, fakatgina energiya iste'molchilarining o'rtacha sutkalik ishlash rejimini optimallashtirish zarur. bu energoqurilmalar yoradamida og'ir uy yumushlarini mexanizatsiyalash, yashash joylarida qulay temperatura rejimiga erishish, mamlakat siyosiy, madaniy va jamiyatchilik xayoti to'g'risida radio va televidenie axborotni qabul qilish, xolodil`nik, mikroto'lqinli pech`, kir yuvishmashinasi, chang yutkichlar, ehm, sok tayyorlovchi qurilmalarni ishlatish va boshqalarni amalga oshirish mumkin.


Elektr energiyasining qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida rolining ortishi elektr
ta'minoti uzluksiz va sifatli bo'lishini xar qanday talabni unga ulangan iste'molchilar
uchun bajarishga tayyor turishligini ko'rsatadi. Elektr ta'minotidagi uzilishlar shahar va rayonlar, qishloq joylari xayotini izdan chiqaradi, katta zarar olib kelishi mumkin.
Ekspertlarning ba'holashicha qishloq xo'jaligidagi o'ttacha ko'p yillik yo'qotishlar, qayta tayyorlash sanoati ishlab chiqarishdagi jarayonlarda energiya uzilishidagi zarar miqdori narxidan oshadi. bozor iqtisodiyoti sharoitini alohida energiya ishlab chiqaruvchilar energiya ta'minotini uzluksiz ravishda amalga oshirish va elektr tarmog'ida yo'qotishlarni kamaytirish zarur. ayniqsa 6..10 kv eul uzun hollarda oxirgi uchastkalarida elektr quvvati ishlab chiqarishni amalga oshirish muhim masala hisoblanadi. bunday eullarida ko'pgina iste'molchilar ulangan va ular ko'p xollarda buzilish natijasida energiyasiz qoladi. elektr ta'minotidan uzilish davom etishi mumkin, bu ziyon miqdorini oshiradi va uning havo energiya ta'minlovchi korxona tomonidan qoplanmaydi. Regionlarda energetik uzluksiz ta'minot ko'pgina xollarda yoqilg'i-energetikaresurslari zaxiralariga bog'liq va energetik xavfsizligini ta'minlaydigan asosiy ko'rsatgich hisoblanadi.
mahalliy energetik manbalarini topish, ishlatish va foydalanish (gidroenergetika, yoqilg'i resurslari va x.k.) hamda QTEM (quyosh, shamol, geotermik, biomassa va x.k.) ishlatish mamlakat ko'pgina rayonlarining energiya ta'minotini qaytalanuvchan manbalarini qoplash mumkinligini ko'rsatadi. bu esa mamalakat energetik xavsizligini ta'minlaydigan omildir.
Shunday qilib katta an'anaviy va kichik ratsional ravishda qo'shib, jipslashtirib, energetika balansiga avtonom, markazlashmagan energiya manbaini qurilmalarini loyixalash, qurish va ishlatish zarur, ayniqsa ularning kombinatsiyalashgan «mikro GES, qes», «qes-sheq», «bio geq-mikro GES», «qes-bio geq» va x.k. xillarini ishlatish darkor.
O'zbekistonda ekologik holat va atrof muhit himoyasi ahvolini tahlil qilishda ma'lum bo'ldiki, havo basseynining 52 foiz ifloslanishi yoqilg'i-energetika resurslari ob'ektlari ishlab chiqarish jarayoni mahsulotlari chiqindisidan kelib chiqadi. har yili ular atrof-muhitga 700000 tonna ifloslovchi moddalar chiqaradi (40000 t-qattiq va 660000 t-gaz holatida). 2 – jadvalda atmosferaning ifloslanishi o'rtacha ko'rsatkichlari issiqlik elektrostantsiyalari uchun g/kvt.soat larda keltirilgan.
2 – jadval



Iflovlovchi modda

Tosh ko'mir

Yoqilg'i turlari

Qo'ng'ir ko'mir

Mazut

Tabiiy gaz

CO2
Qattiq zarralar

6,0
1,4

7,7
2,7

7,4

0,002
-

NO2
Ftorli birikmalar

2,1
0,05

3,45
0,11

2,45
0,004

1,9
-


Yep atmosferasida kislotali gaz va undagi komponentlar, kislota yomg'irining ortishi, o'rmonlar kamayishi, tuproq eroziyasi va tuz bosishi, suv resurslarining radioaktiv va kimyoviy ifloslanishi qaytarib bo'lmaydigan jarayonlar hisoblanib, ular ana'naviy organik qazib olinadigan qaytalanmaydigan energiya manbalari bo'lmish neft`, gaz, ko'mir va boshqa yoqilg'ilarning samarasiz ishlatilishi natijasidir. Yoqilg'i-energetika ishlab chiqarishida ekologik reak (vaziyat) tushunchasini e'tiborga olish ahamiyatlidir; atom elektr stantsiyalaridagi avariyalar (buzilishlar) ehtimoli, okean va
dengizlardan neft` to'kilishlari, metan gazi uchib chiqishi va xokazolar, hamda zararli
moddalar emissiyasi hisoblanadi.
Shu sababli ham har bir davlat ekologik siyosatida energiyani oqilona ishlab chiqarish va undan foydalanish samaradorligini oshirish chora tadbirlarini amalga oshirish eng asosiy vazifa hisoblanadi.
Mamlakat yoqilg'i-energetika kompleksi ko'p yillar davomida takomillashib iqtisod va resurslar tarkibida konservativ holatini saqlab kelmoqda. Shuning uchun eng dolzarb muammolar qatoriga, ular tarkibiy qismlariga o'zgartirish kiritib-iqtisodiy texnologik va sotsial masalalariga e'tibor qaratilishinita'minlash hamda yangi qaytalanuvchan energiya manbalariga o'tish uchun zarur sharoitlar yaratish vazifasi ham kiradi.
QTEMni (quyosh va shamol energiyasi, kichik daryolar oqim energiyasi, geotermal suv energiyasi, biomassa va xokazolar) ularning zichligi kichikligi va turlicha joylashganligiga qaramasdan qishloq xo'jaligi ob'ektlarida energetik ta'minotni qondirish uchun muvaffaqiyat bilan ishlatish mumkin.
QTEM texnologiyasi nuqtai nazaridan atrof-muhit tozaligiga yordam ko'rsatadigan hisoblanadi. shu ma'noda kichik gidroenergetika va kichik GESlar boshqa tur QTEMga nisbatan ma'lum imtiyozlarga ega. Ispaniya qaytanaluvchan energiya ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi va insitut va tashkilot- korxonalari hamkorlikda energetika muammolarini o'rganish bilan shug'ullanib, u resurslarning elektr energiyasi ishlab chiqarishda atrof-muhitga ta'siri bo'yicha tadqiqotlar olib borilgan. bu tadqiqotda ilmiy metodlar asosida atrof-muhitga bo'ladigan sonli ko'rinshda aniqlashga o'rin olgan: bunda elektr energiyasining turli xil energiya manbalaridan olinishi hisobga olingan – qo'ng'ir ko'mir, tosh ko'mir, neft` yoqilg'isi, tabiiy gaz, yadro yoqilg'isi, quyosh foto elementi va mikro GES. qaralayotgan elektrostantsiyalar turiga qarab elektr energiyasi ishlab chiqarishdagi atrof- muhitga zarar, ta'sirini taqqoslash o'lchov birligi sifatida ekologik jarima bali qabul qilingan. bu ballarni belgilashda turli faktorlar – global temperatura oshishi, tuproqlar ifloslanishi, sulfat kislorod miqdori pasayishi, og'ir shtallar bilan ifloslanish, sanoat chiqindilar, energiya manbai resurslari kamayishi va x.k.hisobga olingan.

3 – jadval


Elektr energiyasi ishlab chiqarish turlari bo'yicha ekologik jarima bali.



Yoqilg'i , texnologiya

Ekologik jarima bali

Qo'ng'ir ko'mir

1735

Neft` yoqilg'isi

1398

Tosh ko'mir

1356

Yadro yoqilg'isi

672

Qquyosh foto elementi

461

Tabiiy gaz

267

Shamol

65

Kichik GES

5

Eng katta bal to'plagan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan (jarayon) qurilma atrof-muhitga ko'p ta'sir ko'rsatadigan hisoblanidi.


Izlanishlar natijasida quyidagi xulosaga kelingan: ekologik xavfsizlik QTEM energetik qurilmalarida nihoyatda katta, an'anaviy elektr stantsiyalariga nisbatan; QTEM an'anaviy energiya manbalariga nisbatan 31 marta atrof-muhitga kam ta`sir qiladi (qazilma yoqilg'i hisobiga); qo'ng'ir ko'mirdan olinadigan huddi shu 1 kvt.s energiyaga nisbatan 1 kvt.s elektr energiyasi kichik GESda 300 marta toza hisoblanadi.
Mikro GESlar atrof-muhitga sezilarli ta'sir etmaydi, jumladan: iflos gazlar chiqarish (so2, co2, NO2), kislotali yomg'irga, tuproqni suv bosishga, iqlimni o'zgartirishga, ozon qatlami yemirilishiga va x.k. olib kelmaydi.
Shu bilan birga aytish mumkinki, kichik GESlar ishlatilishida daryoning florasi va faunasi o'zgarmaydi va biologik turlarning kamayishiga olib kelmaydi. katta GESlardagi kabi kichik quvvatli gidrostantsiyalar qishloq xo'jaligi yerlarining suv bosimiga daryo qirg'oqlariga tegishli yerlar gidrologik rejimini o'zgartirmaydi.
Shovqinlar ta'siri noqulay sharoit tug'diradi, chunki bunda uning kattaligi 45 db dan 100-450 t katta masofada bo'lishi kuzatilgan. eng katta muammo shovqinning eshitish darajasidan past chastotalisi bu izlanishlar natijasida quyidagi xulosaga kelingan:



1 – rasm. elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi turli xil sohalar uchun jarima ekologik ballar. 1- uran (1735); 2- neftli yoqilg'i (1398); 3-toshli ko'mir (1356); 4-yadro yoqig'isi (672); 5-quyosh fotoelektrik elementi (461); 6- tabiiy gaz (267); 7- shamol (65); 8-kichik GES (5).

Ekologik xavfsizlik QTEM energetik qurilmalarida an'anaviy elektr stantsiyalariga nisbatan nihoyatda katta;


QTEM an'anaviy energiya manbalariga nisbatan 31 marta atrof-muhitga kam ta`sir qiladi (qazilma yoqilg'i hisobiga); qo'ng'ir ko'mirdan olinadigan huddi shu 1 kvt.s energiyaga nisbatan 1 kvt.s elektr energiyasi kichik GESda 300 marta toza hisoblanadi.
Mikro GESlar atrof-muhitga sezilarli ta'sir etmaydi, jumladan: iflos gazlar chiqarish (SO2, CO2, NO2 ), kislotali yomg'irga, tuproqni suv bosishga, iqlimni o'zgartirishga, ozon qatlami yemirilishiga va x.k. olib kelmaydi.
Shu bilan birga aytish mumkinki, kichik GESlar ishlatilishida daryoning florasi va faunasi o'zgarmaydi va biologik turlarning kamayishiga olib kelmaydi. katta GESlardagi kabi kichik quvvatli gidrostantsiyalar qishloq xo'jaligi yerlarining suv bosimiga daryo qirg'oqlariga tegishli yerlar gidrologik rejimini o'zgartirmaydi.
Shovqinlar ta'siri noqulay sharoit tug'diradi, chunki bunda uning kattaligi 45 db dan 100- 450 t katta masofada bo'lishi kuzatilgan. eng katta muammo shovqinning eshitish darajasidan past chastotalisi hisoblanadi, ya'ni elastik to'lqin hosil qiladigan 16 gq dan past chastotadir. bunday to'lqinlar havoda sezilarsiz darajada yutiladi va uzoq masofalarga tarqalishi mumkin. katta ampli`tudalarda shovqinlar og'riq ta'sirini berishi va tirik mavjudotlar psixologiyasiga ta'siri kuchli bo'lishi mumkin.
Shuning uchun shamol potentsiali kuchli maydonlarda yashash va sanoat qurilishi binolari bo'lmasligi, yashash punktlari, qishloq xo'jaligi manzilgohlari va dam olish maskanlari, transport magistral tarmog'i, elektr uzatish liniyalari, daryolar, suv xavzalari, doimiy qushlar yashaydigan joylar, milliy bog'lar va x.k. ko'chirilishi lozim. eng sezilarli cheklashlardan joy tonografiyasiga bog'liq bo'lib, u shamol oqimiga strukturasiga yetarlicha o'zgarishlar kiritadi va oqibatda uning fizik-mexanik va geofizik xaraktristikasini noqulay xolatga keltiradi. bu esa sheq asosi uchun fundament qilish asosiz va shamol tregati o'rnatilishi mumkin bo'lmaydi yoki qurilishning asossiz qimmatlashuviga olib keladi. bularga yerlarning loyqali suv bosimi, qumlar isishini, texnologik o'pirilishlar, beqaror ko'chishlar (yer qatlami), sel oqimlari rayonlari, toshli territoriyalar va boshqalar. bulardan tashqari sheq texnik parametrlari tahlilidan ma'lumki o'zbekiston sharoitida ularni ishlatish kam samarali hisoblanadi. shamol tezligining ishchi diapazoni 9..10 m/s bo'lib, shamol g'ildiragi ishlashi uchun 5-6 m/s tezlik zarur hisoblanadi. shu bilan birga aytish lozimki o'zbekistonning ko'pgina rayonlarida shamolning o'rtacha yillik tezligi 3...4 m/s ni tashkil etadi. bu esa sheqni samarali ishladishi uchun maxsus shamol agregatlari, konstruktiv texnik yechimlar ustida ishlash lozimligini ko'rsatadi.
Yuqoridagilarni inobatga olib hamda o'zbekiston gidropotentsiyalidagi ishlatilmayotgan zahiralarni ishga tushirish mikro va kichik GESlar loyihasi va qurilishini jadallashtirish eng dolzarb ekologik toza elektr energiyasi bo'lib, ishlab chiqarishga katta istiqbol tug'diradi.



Download 38,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish