1. Chiqindilar to‘g‘risida tushunchalar, maishiy va sanoat chiqindilar ta'rifi, ularning sinflanishi
2. Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi ob'ektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qoidalari
3. Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash uchun chiqindi qutilarini joylashtirish va ulardan foydalanish
4. Chiqindilarni to‘plash shaxobchalarini tashkil etish va ulardan foydalanish
5. Chiqindi to‘plash shaxobchalarini konteynerlar bilan ta'minlash
Atrof muhitni ishlab chiqarish va iste'mol chiqindilardan muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona va kompleks foydalanish hamda ekologik toza texnologiyalarni amaliyotga tadbiq etish muammolari bilan uzviy bog‘liqdir. Inson dunyo yuzini ko‘rgandan boshlab atrof muhitni o‘zi iste'mol qilgan mahsulotlar chiqindilari bilan ifloslantirib tabiatga qanchalik zarar keltirayotganini his qilgan holda bu vaziyatni muvofiqlashtirish maqsadida ko‘p urinishlar, loyihalarni hayotga joriy qildi, lekin XXI asrning bo‘sag‘asida bu muammolarni to‘lig‘icha hal qila olmadi.
Hozirda jahonning ko‘pgina regionlarida maishiy va qattiq chiqindilar muammosi ekomuhitni saqlash ustida olib borilayotgan ishlar bilan chambarchas bog‘lanib, insonning faoliyati natijasida hosil bo‘lgan nomutonosiblikni oldini olish uchun qaratilgan. Ekosistemaning kundan kunga buzilishiga olib keluvchi maishiy va qattiq chiqindilar muammosi yosh mustaqil O‘zbekiston Respublikasi uchun ham aktualdir.
1. Chiqindilar to‘g‘risida tushunchalar, maishiy va sanoat chiqindilar ta'rifi, ularning sinflanishi
Chiqindilar – ishlab chiqarish va iste'mol jarayonida hosil bo‘lgan xom ashyo, materiallar, yarim mahsulotlar, boshqa mahsulotlar yoki narsalar qoldiqlari, shuningdek o‘zining xaridorgir xususiyatini yo‘qotgan mahsulotlar (tovarlar)
Iste'mol chiqindilari – ma'naviy va fizik jihatdan chegaralanganligi natijasida o‘zining iste'mol xususiyatini yo‘qotgan materiallar va mahsulotlar.
Energiya sarf qilmasdan ishlaydigan mashinalarga perpetium mobilning birinchi turi deb aytiladi. Demak, termodinimikaning I qonuni, perpetium mobilni birinchi turini yasash mumkin emasligini isbotlaydi.
Termodinamikaning II qonuni quyidagicha ta'riflanadi: har qanday issiqlik jarayonlarida issiqlik miqdori harorati katta bo‘lgan jismdan, o‘z-o‘zidan, harorati kichik bo‘lgan jismga o‘tadi. Boshqacha qilib aytganda, issiqlik miqdori kamroq isitilgan jismdan ko‘proq isitilgan jismga, o‘z -o‘zidan o‘tishi mumkin emas.
“Chiqindisiz texnologiya” inson ehtiyojlarini qondirish, bilim, usullar va vositalarni amalda tadbiq etish, tabiiy resurslardan va energiyadan unumli foydalanishni ta'minlash va atrof-muhitni muhofazalash demakdir
“Chiqindisiz texnologiya” inson ehtiyojlarini qondirish, bilim, usullar va vositalarni amalda tadbiq etish, tabiiy resurslardan va energiyadan unumli foydalanishni ta'minlash va atrof-muhitni muhofazalash demakdir. “
Ushbu ta'rifda 3 holatni ajratish mumkin:
Chiqindisiz ishlab chiqarish negizini inson tomonidan ongli ravishda tashkil etilgan va rostlangan texnogen moddalarning aylanib turishi tashkil etadi.
Xom-ashyo tarkibidagi barcha komponentlardan unumli foydalanish, iloji boricha energiya resurslari potensialidan to‘laroq foydalanishning majburiyligi.
Chiqindisiz texnologiya tabiiy muhitga ta'sir qilib uning normal ishlashiga ta'sir etmaslik.