MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA IJTIMOIY TARMOQQA QO`YILGAN RUJU VA UNI KORREKSIYALASHDA IMOM TERMIZIY HADISLARIDAN FOYDALANISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI
Ibodov M.X. TerDU PI Psixologiya kafedrasi o`qituvchisi (99)-379-05-27 38210190127zikr@gmail.com
Fazliddinova U., Sh. To`rayev P. B., Mirzayeva S. X. TerDU Pedagogika va psixologiya yo`nalishi talabalari
Annonatsiya. Hozirgi kunda juda ko’plab bolalar vertual olamga ruju qo’ymoqda. Ular hozirda telefonda otishma, zo’ravon sahnali o’yinlarni berilib o’ynamoqdalar. Bazi ota-onalar farzandlarini bu qaramlikdan to’xtata olmay qiynalmoqda. Buning barchasi ota-onalarga bog’liq bo’lishi mumkin. Afsuski, hozirda ko’plab ota-onalar farzandlariga kam e’tibor berishadi. Yoki o’zlari ham farzandlariga xuddi o’rnak bo’lgandek, telefondan bosh ko’tarmaydi. Buning ortidan esa bolalar telefonga ruju qo’yib bormoqda. Buning asosiy sababi shundaki, telefonda bolalar uchun har doim vaqt, ma’lumot va zerikishlarini ketkazish uchun mashg’ulot topiladi. Ushbu maqolada ulug’ vatandoshimiz Islom dini rivojiga ulkan hissa qo’shgan Imom Abu Iso Muhammad Termiziy hadislarida nafsni tarbiyalamoq haqida so’z yuritiladi. Albatta, ota-onaning farzandga beradigan enga katta boyligi- bu yaxshi tarbiyadir. Telefonga ruju qo`yishlik ham ongsiz ravishda nafsiga qul bo`lishlikning bir turidir. Nafs Alloh taolo tomonidan yaratilgan.
Kalit so`zlar. ruju, virtual olam, nafs, Imom Termiziy, hadis, muhaddis, ma’rifat, korreksiya.
XXI asr fan-texnika, axborotlashtirish asri bo’lishligi bilan bugungi jadallashib borayotgan ilm-fan yutuqlari kechagi oldimizga qo’yilgan rejalarning natijasi sifatida namoyon bo’lmoqda. Bugungi kunda butun dunyoda ro‘y berayotgan globallashuv sharoitida mamlakatimiz barqaror taraqqiy yetib borish uchun har tomonlama modernizasiyalashgan tizimli yondashuvni taqozo qilayotganligi munosabati bilan olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizasiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilinib, Harakatlar strategiyasining to‘rtinchi “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi”ning to‘rtinchi “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish” bandidan kelib chiqqan holda uzluksiz malaka oshirish tizimiga alohida e’tibor qaratildi. Shu asosda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentyabrda «Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Unda uzluksiz malaka oshirish tizimi samaradorligini yanada takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini doimiy rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. “2020-yil – Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturini amalga oshirishga oid ishlar tizimi va ularni amalga oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlarda ko’rsatilgan ishlarni amalga oshirish kunning dolzarb masalasi bo’lmog’i muqarrar. Istiqlol sharofati bilan amalga oshirilayotgan ishlar tizimi birmuncha jadallashib borayotgan davrda jahon tajribaini o’rganish va ularning ilm-fan borasidagi yutuqlarini qiyosiy tahlil qilgan holda islohatlarni amalga oshirish, ta’lim sohasidagi ishlarni jadallahtirishga bo’layotgan e’tibor hech kimni befarq qoldirmaydi. Davr talabidan kelib chiqqan holda bugun o‘quvchilarning yoshi va aqliy va ruhiy xususiyatlari, kompetentligiga mos umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining umumyevropa Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi. Yurtboshimiz fikrlariga asosan, har bir o‘quv bosqichi, ta’limda o‘quvchilar bilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar standart darajasida rasmiylashtirilib, hayotga tatbiq etildi.
Hozirgi kunda juda ko’plab bolalar vertual olamga ruju qo’ymoqda. Ular hozirda telefonda otishma, zo’ravon sahnali o’yinlarni berilib o’ynamoqdalar. Bazi ota-onalar farzandlarini bu qaramlikdan to’xtata olmay qiynalmoqda. Buning barchasi ota-onalarga bog’liq bo’lishi mumkin. Afssuski, hozirda ko’plab ota-onalar farzandlariga kam e’tibor berishadi. Yoki o’zlari ham farzandlariga huddi o’rnak bo’lgandek, telefondan bosh ko’tarmaydi. Buning ortidan esa bolalar telefonga ruju qo’yib bormoqda. Buning asosiy sababi shundaki, telefonda bolalar uchun har doim vaqt, ma’lumot va zerikishlarini ketkazish uchun mashg’ulot topiladi. Bolalar har telefon o’ynashni boshlaganida telefon ularga “mazmunli vaqt o’tkazish” uchun o’yin o’ynash imkonini beradi. Ota-onalar esa bolalarga e’tibor berib, uning tasavvurlari bilan qiziqish o’rniga uning qo’liga telefon berishsa, bola haddan tashqari telefonga qaram bo’lib qoladi. Ya’ni, telefonga o’rganib qoladi. Shuning uchun ota-onalar farzandlariga avvallo e’tibor berishlari zarur. Bu kabi zararli odatlarni oldini olish uchun avvalo ota-ona birinchi navbatda farzandga o`rnak bo`lishi, kerak bo`lsa vaqt ajratib, kitob mutolaa qilishi va birgalikda dars tayyorlashi hamda farzandlar bilan do`st tutinishi kerak. Hadislar-inson ruhiyatining quvvati hisoblanib, bunda oddiy xalq uchun tushunarli yozilgan buyuk muhaddis olimimiz va vatandoshimiz Imom Termiziy hadislaridan foydalanish, albatta katta natija va samara beradi. Abu Iso Muhammad Termiziy keltirgan hujjati ishonchli hadis imomlarining buyuklaridan edilar. Dastlabki ta’lim olish va o’qishni yoshlik paytida o’z shahri va mintaqasida boshlaganlar. U zotga bolalik chog’laridanoq talabi ilm va hadis rivoyatlari juda ham mahbub sanalgan ekan.Izoh: Bu holatni huddi ustozi Imom Buxoriyga yoshligidanoq ilohiy inoyat ko’z tikib,sohibi karomat onalarining duolari sabab,go’daklik chog’larida ko’rmay qolgan ko’zlari yana qaytadan ko’radigan bo’lib, sakkiz yoki to’qqiz yoshlarida hadis yodlashga Alloh tomonidan ilhomlanib, hadis rivoyati va uni tezda yod olish mahbub sanalib qolganiga o’xshatsak, to’g’ri bo’lar, inshaalloh! Imom Abu Iso Muhammad Termiziy o’zlarining hayoti bilan bizlarga ibrat bo’libgina qolmay,nafaqat yurtimiz uchun ,balki butun dunyo ilmiy rivoji uchun katta ilmiy madaniy-na’naviy meroz qoldirganlar. Imom Abu Iso Muhammad Termiziy rahmatullohi alayh o’zlaridan keyin hadis va boshqa fanlar borasida ajoyib ta’limotlar tuzib qoldirganlar.Bu esa, u kishining bilimi ko’pligiga va keng ilmiy salohiyatiga, ilmiy ishlarining yuqori cho’qqida ekanligiga dalolat beradi. Jumladan, ularning asarlari quyidagilardan iborat: “ Al-Jomi as-Sahih” yoki “ Sunani Termiziy”,”Kitob al-asmo val-kuna”, “ Ash-shamoil al-Muhammadiya” ( “ Ash -shamoil an- Nabaviya” ham deyiladi) , “At-Tarix”, “ Al-ilal as-Sag’ir” ( “Al-Ilal fil-hadis” ning birinchi qismi) , “ Al-ilal al-Kabir” yoki “ Al- mufrad” ( “Al-Ilal fil-hadis” ning ikkinchi qismi), “ Sahobiylarning nomlari” , “ Vaqf qilingan asarlar” , “Katta tafsir” , “ Kitob az-zuhd” , “Al- Hol”.Ulug’ vatandoshimiz tomonidan yozilgan asarlar juda katta ahamiyat kasb etadiki, bu ulug’ siymoning ilm- fanga qo’shgan hissasi nafaqat diniy bilim, balki butun insoniyatni, jamiyatni, shu jumladan insonlarni komil inson bo’lib yetishishi uchun, insonparvarlik hissini tanish uchun, odob-axloq, nafs haqidagi juda qimmatli ma’lumotlari hech qachon o’zining beqiyos ahamiyatini yo’qotmaydi va yo’qotgan ham emas. Nafs, uni tarbiyalash haqida juda ko’plab mutaffakkirlar o’zlarining qimmatli maslahatlarini yozib qoldirganlar. Shu jumladan, Imom Termiziy hadislarida ham nafs haqida, uni tarbiyasi haqida ma’lumolar keltirilgan. Agar biz ularga amal qiladigan bo’lsak, inshaalloh inson degan sharafli nomga loyiq bo’larmiz, albatta. Nafs albatta Alloh taola tomonidan yaratilgan. Demak, uni tarbiyalashda albatta Alloh taolodan yordam so’rashlik kerak. Imom Termiziyning nafsga doir hadislarini ko’rsatib o’tamiz. Albatta, u kishining eng buyuk, shoh asari desak ham mubolag’a bo’lmaydi: -“Sunani Termiziy”, ya’ni “Al-Jomi as-Sahih” asarlaridir.
Afsuski, hozirda ko’plab ota-onalar farzandlariga kam e’tibor berishadi. Yoki o’zlari ham farzandlariga huddi o’rnak bo’lgandek, telefondan bosh ko’tarmaydi. Buning ortidan esa bolalar telefonga ruju qo’yib bormoqda. Buning asosiy sababi shundaki, telefonda bolalar uchun har doim vaqt, ma’lumot va zerikishlarini ketkazish uchun mashg’ulot topiladi. Bolalar har telefon o’ynashni boshlaganida telefon ularga “mazmunli vaqt o’tkazish” uchun o’yin o’ynash imkonini beradi. Ota-onalar esa bolalarga e’tibor berib, uning tasavvurlari bilan qiziqish o’rniga uning qo’liga telefon berishsa, bola haddan tashqari telefonga qaram bo’lib qoladi. Ya’ni, telefonga o’rganib qoladi. Shuning uchun ota-onalar farzandlariga avvallo e’tibor berishlari zarur.
Hozirda ko’p bolalar asosan PUBG o’ynashmoqda. Shuning uchun bolalarni nazoratga olish davr talabiga aylanib bormoqda. Nazoratsizlik oqibatida esa bolaning hayoti butunlay vertual olam bilan yashaydbog’lana boshlaydi. Bolaning vertual olamga qaramligi ko’plab ota-onalarning dolzarb muammolariga aylangan. Mazkur holatni qanday qilib oldini olish mumkin? Holat bo’yicha 6 ta usulda oldini olish taklifini beramiz: 1. Bolaga e’tibor berish; 2. Uning tuyg’ulari bilan qiziqish; 3. Farzandi uchum ko’proq vaqt ajratish; 4. U bilan dildan suhbat qurish; 5. Uning har bir ishini o’yin tariqasida olib borish; 6. Uning vaqtini to’g’ri taqsimlash va e’tiborini biron foydali mashg’ulotga yoki o’qishga qaratish. 1. Bolaga e’tiborb berish. Bolalarning nima bilan shug’ullanayotganlariga e’tibor berish va ularga “nima qilyapsan, nega bunday qilyapsan, buning qanday foydasi bor?” kabi mazmundagi savollarni berish lozim. Agar bola gapga quloq solmasa, uni urushib hafa qilgan befoyda.2. Uning tuyg’ulari bilan qiziqish. Bolalarning har bir o’ylayotgan hayollari bilan qiziqish, ma’qullash, tavsiya bera olish va shunga qarab ish tutish lozim. Bolaga ishonish va uni o’ziga anglatish kerak.Agar xato qilsa uni yomonlash kerak emas, aksincha unga ikkinchi imkoniyatni bergan ma’qul. Uni tergash orqali, aksincha u mana shuni qilishga battar qiziqishi. 3. Unga ko’proq vaqt ajratish. Ota-onalar o`zlari ham Imom Termiziy hadislarini o`qib, o`rganib, farzandiga aytib berishi va birgalikda mutolaa qilishi zarur. Ba’zi ota-onalar ish bilan band bo’lib farzandlariga haddan ziyod kam vaqt ajratishadi. Shunday ota-onalar ishlayotgan ishlaridan vaqtinchalik ta’til olib, bolalariga nisbatan ko’proq vaqt ajratishlari lozim. 4. U bilan dildan suhbat qurish. So’zimiz boshida keltirib o’tganimizdek, bolalarga “nima qilyapsan, nima uchun bunday qilyapsan, buning qanday foydasi bor?” degan savollar javobiga qarab, u bilan dildan suhbatlashish, uning e’tiqodini mustahkamlash bo`yicha tarbiyaviy nasihatlar berish kerak. 5. Uning har bir ishini o’yin tariqasida olib borish. Bolaning har bir ishi zerikarli o’tsa, bola ishlardan, mashg’ulotlardan zerikishni boshlaydi. Keyin u ish yoki mashg’ulotlardan ko’ra telefon bilan vaqt o’tkazishni ma’qul ko’radi. Shuning uchun uning har bir ishini o’yin tarzida olib borish kerak. 6. Uning e’tiborini biror foydali mashg’ulotga qaratish. Afsuski, juda ko’plab tengdoshlarimiz vertual olamga tobe’ bo;lib borishmoqda. Bu qaramlikni bartaraf etish uchun uni o’zi qiziqqan yo’nalishdagi foydali mashg’ulotga jalb qilish lozim. Masalan, tanlovlarda qatnashtirish, she’r yodlatish, turli to’garaklarga berish, kitob mutolaasiga undash, turli fan repititorliklarga berish, til o`rgatish, sport mashg`ulotlariga berish, kitob mutolaa qilish va boshqa yana shunga o’xshash bir qancha mashg’ulotlarni qo’llash zarur.
Xulosa o`rnida shuni aytish kerakki, mana shu yuqorida aytilgan tavsiyalarga amal qilish orqali bolalar kelajagi vertual olam tahdidlaridan himoyalanadi. Hozirgi zamon bolalari juda aqlli, ularga virtual olamning foyda va ziyoni haqida har doim tushuntitb borishi, vertual olamdan foydalanish tartibida o’zlari namuna bo’la olishlari kerak. Bolalarga baqirib, qo’rqitib, kamsitib, urib, mahrum qilib hech narsaga erishib bo’lmaydi. Ularga nisbatan qo’llanilgan har qanday zo’ravonlik ularning ruhiyatini sindirib, psixologik muammolarga duchor qilishi mumkin. Ularga yoshligidan chiroyli va samimiy xushmuomalada bo`lish kerak. Albatta, tayoq bilan jazolash ham foyda beradi, lekin shirin so`z bilan muomala qilinsa, nur ustiga a’lo nur bo`ladi va farzandning istiqboli samarali bo`lib, barkamol avlod bo`lib yetishadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni//lex.uz
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentyabrda «Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori//lex.uz
3. Islom Karimov. “Yuksakn ma’naviyat - yengilmas kuch”. Toshkent. : “Ma’naviyat” 2008.
4. Imom Buxoriy. “Al-Jomi’ as-Sahih”.
5. Imom Termiziy. . “Al-Jomi’ as-Sahih”.
6. Mirzo Kenjabek.”Buyuk Termiziylar”. O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent.: 2017.
7. Uvatov U. “Ikki buyuk donishmand”, T.: “ Sharq” 2005
Do'stlaringiz bilan baham: |