7.2-rasm. Avtonom iste’molchining elektr va issiqlik ta’minoti sxemasi: 1. Fotoelektrik panel; 2. Kontroller, invertor; 3.Akkumulator-batareya; 4. Issiqlik nasosi; 5. Quyosh kollektori; 6. Issiq suv baki; 7. Isitish tizimi baki;
8-9. Isitish konturi.
7.3.rasm. Bir qavatli qishloq uyining quyosh energiyasi va biogaz qurilmasi asosidagi energiya ta’minoti sxemasi
Quyosh-fotoelektrik stansiyasi quyidagi jihozlardan yig‘iladi: 1. Fotoelektrik panellarning KFS-1000 rusumidagi FES-xovli uylarini, fermer xo‘jaliklarini yoritish, hamda radio, sovutgich, televizor va kompyuterni elektr ta’minoti uchun mo‘ljallangan. Quvvat 1 kVt dan yuqori bo‘lgan FES-uyali aloqa stansiyalarini, mudofaa, favqulotda vaziyatlar va sog‘liqni saqlash vazirligiklarining mobil (ixcham) bo‘linmalarini, qishloq vrachlik punktlarini, chekka xududlarda joylashgan aholi punktlari va ishlab chiqarish korxonalarini avtonom ravishda elektr bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
2. Quyidagi vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan quyosh batareyalari kontrollerlarining turli modellari:
- fotoelektrik stansiya tarkibidagi akkumulatorlar zaryadini optimal holatini ta’minlash:
- akkumulatorlar to‘liq zaryadlangandan so‘ng zarali bo‘lgan ortiqcha zaryadlanishning oldini olish:
- akkumulatorning yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan chegaraviy zaryadsizlanishi ro‘y bergan iste’molchilarni tovushli va yoritgichli signallar yordamida xabardor qilish.
3. Akkumulatorlarni zaryadlash qurilmasi zaryadlash toki (70A) avtomatik rostlanadigan va sig‘imi 700 A*soat gacha bo‘lagn akkumulatorlarni zaryadlash imkonini beruvchi qurilma.
4. Elektr tarmoqlarida sodir bo‘ladigan turli uzilishlar vaqtda iste’molchilarni uzluksiz ravishda elektr ta’minotini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan, quvvat 5 kVt gacha bo‘lgan turli rusumli zahira ta’minoti qurilmalari. Bu qurilmalar o‘zida quyidagi imkoniyatlarini mujassam etgan:
-akkumulatorni zaryadlash;
-akkulmulyator zaryadini nazorat qilish;
-avtomatik tarzda zahira ta’minotiga va aksincha o‘tish;
-akkumulatorning 12 V kuchlanishini 220V tarmoq kuchlanishiga o‘zgartirish;
-akkumulator zaryadsizlanganini chiroq va tovush yordamida xabar berish.
Bir qavatli umumiy hajmi bo‘lgan yashash uyining quyosh energiyasi asosida avtonom elektr va issiiqlik ta’minotini ko‘rib chiqamiz. Bu tizim quyosh fotoelektrik stansiyasi, quyosh yassi kollektorlari, issiqlik nasosli qurilma va isitish batareyalari tizimidan tashkil topgan. Fotoelektrik quyosh qurilma uyni yoritish tizimi maishiy xizmat asbob-uskunalari uchun elektr energiya bilan ta’minlaydi. Quyosh kollektorlari va issiqlik nasosli qurilma esa uyni isitish va issiq suv ta’minoti tizimi uchun issiqlik energiyasini beradi. Quyidagi jadval avtonom energiya ta’minoti tizimining asosiy qurilmalarini keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |