Quyma materiallar xossasiga talablar
Texnika-iqtisodiy talablarga javob beradigan quymalar olishda keng foydalaniladigan asosiy materiallarga cho‘yanlar, po‘latlar va rangli metall qotishmalari kiradi. Ayniqsa, ularning suyuqlanish temperaturasining pastroqligi, oquvchanligi, kam kirishishi, kimyoviy tarkibining tekis b o ‘lishi hamda narxining arzonligi ayrim kam chiliklari b ‘lsada quym alar olishga qo ‘l keladi. Quymalardan kutilgan xossalar material xiliga, kimyoviy tarkibiga, qolipga quyilish tem peraturasiga, qolip m aterialiga va boshqa k o ‘rsatkichlarga bog ‘liq. Shuni aytish lozimki, yirik, m urakkab shaklli, turli xil quym alar olishda kirishuvchanligi, struktura o'zgarishi, ayrim qism larining turli tezlikda sovishi va boshqa sabablarga ko‘ra quymalarda ichki zo ‘riqish kuchlanishlari vujudga keladi va zarur tadbirlar ko‘rilm asa bu kuchlanishlar ularning deformatsiyalanishiga, darz ketishiga olib kelishi mumkin.
Quymalarni olishda foydalaniladigan materiallar ichida yuqorida qayd etilgan talablarga quyma cho‘yanlar yaxshi javob beradi. Shu boisdan, quymalar olishda ulardan keng foydalaniladi. O'rtacha hisoblar ko‘rsatadiki, ishlab chiqarilayotgan quymalaming 70% quyma cho‘yanlarga, 17% po‘latlarga, 8% boshqa xil cho‘yanlarga va qolgani rangli metall qotishmalarga to ‘g ri keladi.
Ma‘lumki, olinayotgan quymaning tan narxi material xiliga, seriyasiga, shakliga, o‘lchamlariga va texnologik jarayonlarning oqilona belgilanganligiga, mexanizatsiya va avtomatlashtirilganlik darajasiga bog‘liq jadvalda quyma materiali, seriyasi va shaklining tan narxiga o‘rtacha ta‘siri (qabul qilingan birlikda) misol sifatida keltirilgan:
Vagrankaning tuzilishi va ishlash prinsipi
Quymakorlikda zarur tarkibli cho‘yan, po‘lat va rangli metall qotishmalarni olishga vagranka deb ataluvchi shaxta pechdan, kichik konvertorlardan, elektrpechlardan keng foydalaniladi. Kuzatishlar ko‘rsatadiki, quyuv sexlarda olinayotgan cho‘yan quymalarning — 90% dan ortiqrog‘i vagrankalarda olinadi chunki bu pechlarni tuzilishi oddiyligi, boshqarilishi qulayligi, kam yoqilg‘i talab etishi bilan birga uzluksiz va unumli ishlaydi.
1-rasm. Vagranka pech sxemasi.
1 — poydevor; 2 — ustun; 3 — qopqoq; 4 — taglik; 5 — havo puflagich furmasi; 6— ventilyator; 7 — futerovka; 8 — g 'ilof; 9 — cho‘yan plita; 10 — shixta solish darchasi; 11 — uchqun so'ndirgich ; 12 — truba; 13 — badya; 14 — cho ’yan chiqish novi; 15 — cho‘yan yig'gich ; 16 — shlak chiqish teshigi; 17 — cho'yanning yig’gichdan chiqish teshigi; 18 — kovush.
Vagranka pechining tuzilishi va ishlashi vagranka silindrik shaxta pechi bo‘lib, devorlari o'tga chidamli shamot g‘ishtidan terilgan va sirtidan esa po‘lat list bilan qoplangan. U massiv cho‘yan plita taglik 4 da, taglik esa poydevorga o ‘matilgan ustunlarda yotadi, taglikning markazida pechning ichki devori diametriga teng teshigi bo‘lib, zich berkitilgan (ta‘mirlash vaqtida ochiladi) o ‘txona tubi qum va qolip materiallari bilan to‘ldirilib, zichlangan b oladi. Pechni shaxta qismida shixta materiallarni yuklash darchasi 10 bor. Shixtaning pechga yuklashda devorlari shikastlanmasligi uchun darchani pastrog‘iga devoriga cho‘yan plita 9 o ‘rnatilgan. Pechga kiritilgan koksning yaxshi yonishi uchun ventilyator 6 dan havo halqali havo qutisi orqali furm alar 5 ga 350-700 mm suv ustuni bosimida haydab turiladi. Odatda furm alar ikki va b a‘zan uch qator qilib o ‘rnatiladi. 0 ‘txonaning tubida cho'yanni pechdan chiqarish teshigi uni ustrog‘ida shlak chiqarish teshigi bo‘lib, ularga novlar 14 o‘rnatilgan. 0 ‘txonada yig‘ilayotgan cho‘yan novi orqali cho‘yan yig‘ich 15 ga vaqti-vaqti bilan chiqarib turiladi. Pechning shixta materiallar yuklanadigan darchasidan yuqori silindrik qismi truba deyiladi. Uning ustki qismiga uchqun so‘ndirgich 11 o‘rnatilgan. Jarayonda ajralayotgan gazlar bilan chiqayotgan cho‘g ‘langan zarrachalarni sovitib, tashqariga chiqarmay yig‘adi.
Soatiga 2 tonnagacha cho‘yan ishlab chiqaradigan pechlar kichik 2-10 tonnagacha o‘rta va ortig‘iga katta pechlar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |