Ushbu metodik tavsiyada umumta`lim maktablarida ona tili va adabiyot fanini o`qitish samaradorligini oshirish uchun zamonaviy hamda samarali dars o`tish usullari yoritib berilgan. Ushbu metodik tavsiya umumiy o`rta ta`lim maktab o`qituvchilari uchun qo`llanma sifatida xizmat qiladi.
Interfaol usullar - bu o`quvchilarning o`sha mavzu xotiralarida bir umrga muhrlanib qolishi uchun xizmat qiladi.Usullar muhim ahamiyatga ega bo`lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvdir. Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida tug`ilib, ta`lim mazmunini rivojlantirish istiqbolli bo`ladi. Shuningdek, umuman ta`lim tizimi rivojiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Yangi pedagogik texnologiya asosida dars olib o`qituvchi muallim tinib-tinchimasligi, o`z ustida muntazam ishlashi, yangi adabiyotlarni, maqola va tajribalar bilan doimiy tanishib borishi, ijodiy izlanishi zarur bo`ladi. O`qituvchi o`quvchini faollashtiradigan o`zi va o`rganuvchi uchun qulay bo`lgan uslub, usul va yo`llarni o`qitish shakllari va vositalarini izlashi hamda shu asosida o`quvchilarni dars davomida mustaqil fikrlashga o`rgatishi kerak. Hozirgi kun o`qituvchisiga ko`plab talablar mavjud, chunki u – kelajak bunyodkorlarini tarbiyalaydi. Zamonaviy o`qituvchi o`z ustida tinmay ishlashi , fanini chuqur bilishi, biror chet tilida muloqot qila olishi va AKT dan foydalanishni bilishi talab etiladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi zamonaviy pedagog javob berishi kerak bo`lgan talablar kompleksini belgilaydi.
Hozirda bilim qo`yilgan maqsad sifatida emas, balki o`quvchi shaxsini rivojlantirish usuli sifatida namoyon bo`lmoqda. O`qituvchi shaxsi oldiga qo`yilgan mas`uliyatning biri, uning izlanuvchanligidir. O`quv dargohidagi o`qituvchilarning dars o`tish jarayoni turlicha bo`lishi mumkin, ammo maqsad yagona- jamiyatga kerakli, nafi tegadigan kadrni tarbiyalashdir.
Quyida didaktik o`yinlar keltirilgan.
Bu usul ko`rinishi zinali labirint bo`ladi. Ot, sifat, son, fe`l, olmosh , ravish so`z turkumi bilan bog`liq bo`ladi. Birinchi qator ot so`z turkumi bilan bog`liqdir. Ot so`z turkumi qanday vazifada kelishi bilan bog`liq bo`lib, gap berilgan bo`ladi. Gapni gap bo`laklari bo`yicha tahlil qilish kerak bo`ladi. Masalan: Men maktabga borish uchun daftar hamda kitoblarimni oldim. Birinchi gapni to`g`ri tahlil qilgan o`quvchi labirintning ikkinchi qatoriga o`tadi.Ikkinchi qator bo`yicha sifat so`z turkumi jihatidan tahlil qilinadi. Zafarning chiroyli, qizil hamda gullari bejirim albomi bor. Shu tariqa keyingi so`z turkumlariga oid gap berib boriladi. Agarda hamma gapni to`g`ri tahlil qilgan bo`lsa, u o`quvchi g`olib deb topiladi.
“Top 7 talik” usuli
Bu usulda misol qilib 5-sinf ona tili darsini olishimiz mumkin.Fonetika bo`limi tugagandan so`ng, takrorlash tarzida o`tiladi. Shu bilan birga 4-sinfda o`tilgan mavzularni ham eslab oladilar. Bunda mustaqil so`z turkumlarini, uning qanday so`roqlarga javob bo`lishini bir takrorlab olish kerak bo`ladi. Bu usulda o`quvchilar 7 gapdan iborat bir-biriga bog`liq matn yaratishlari kerak. Matnda qaysi so`z turkumi ekanligi aytilmay, yopiq tarzda bo`lishi kerak. O`tirgan o`quvchilar qaysi so`z turkumi haqida gap borayotganligini topadi.
Masalan: Bu so`z turkumi kim, nima, qayer so`roqlariga javob bo`ladi. U joy nomlariga atab qo`yilgan. Kishilarga ham atab qo`yilgan nom. U narsalarga nisbatan ham nom beriladi. Hamma gap bo`laklari vazifasida keladi. Zarina chiroyli ko`ylak kiydi. Bu gapda ham shu so`z turkumi ishtirok etgan.
Agarda o`quvchilar shu so`z qaysi ekanligini topsalar, keyingi so`z turkumiga o`tiladi. Demak, keyingi so`z turkumi sifat, son, olmosh, fe`l so`z turkumlari ham shu tarzda matn yaratilib davom ettiriladi. Ushbu usul orqali o`quvchilar o`tilgan darsni eslab oladilar.
“Sayohatchi poyezd” usuli.
Bunda bir poyezd bo`ladi. Bu usul yangi mavzuni mustahkamlab olish uchun qo`llansa bo`ladi. Poyezdga savollar joylangan bo`ladi.Poyezd yurishi bilan poyezddan savollar tushib qoladi, poyezd esa yo`lida davom etadi. Unga yetish uchun savollarga javob berish kerak bo`ladi.Savollarga javob bergan o`quvchi uchun poyezd to`xtaydi va o`quvchini mindiradi.
Savollar:
1.Fonetika bo`limida nima o`rganiladi?
2.O`zbek tilida nechta nutq tovushi bor?
3. Nutq tovushlari necha xil bo`ladi?
4. Hosil bo`lish o`rniga ko`ra undosh tovushlar nechaga bo`linadi?
5. Qaysi undosh tovushning harfiy ifodasi bir harfda namoyon bo`ladi?
6.B,m,n tovushlari qanday tovushlar sanaldi?
7. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra undosh tovushlar nechaga bo`linadi?
“Topqirlar” usuli
Bu usul darsdan biroz lirik chekinish qilgan holda olib boriladi.Bunda bir maqol beriladi. O`quvchilar shu maqoldagi so`zlarning birinchi harflariga mazmuni buzilmagan holda gap tuzishlari kerak bo`ladi. Masalan:
Mehnat-mehnatning tagi rohat
Demak, birinchi harflar m, m, t, r harflari. Madina Malikaga Toshkentda rasmi borligini aytdi.
Bulbul chamanni sevar, odam vatanni.
Birinchi harflari b,ch,s,o,v. Barchinoy chiroyli sovg`a olish vazifasini bajardi.
Darslikda qo`sh undoshlar va qator undoshlar mavzusi berilgan. Bu usul orqali o`sha mavzularni mustahkamlab olish mumkin, dars davomida ushbu usulni qo`llash mumkin. Bu usulda qator undoshlar gap davomida ishtirok etadi yoki qo`sh undoshlarni ham shunday qilib olishimiz mumkin. Masalan: Stulning ustida go`sht bor edi.
Men katta muvaffaqiyatga tinimsiz mutolaa qilganim uchun erishdim.
“Yer shari” usuli
Bu usulda o`quvchilar 4 guruhga bo`linadi. Bu usulda qog`ozdan 4 dona globusning bir tomoni tayyorlanadi. Biz bilamizki, yer shari gorizont tomon bo`lib hisoblanadi. 4 dona bo`lishiga sabab esa shimol, janub, g`arb, sharq tomonlardir. Hamma bo`laklar birlashtirilsa, bitta globus hosil bo`ladi. Har qaysi tomonda asardan parcha berilgan bo`ladi. Asarning ichkari qismiga mashhur yozuvchi yoki shoirning asari bo`g`in misolida yozilgan bo`ladi. Agar o`quvchilar parcha qaysi asardan ekanligini topishsa globus hosil bo`ladi.
“To`rtinchisi, (beshinchi…) ortiqcha” usuli
Ushbu usulni qo`llash uchun o`qituvchi har bir o`quvchiga kamida 3 tadan savol va har bir savolga 3 ta to`g`ri javob va 1 ta xato javob yozilgan kartochkalarni tarqatadi. O`quvchilar 4 ta javobdan xato javob (ya`ni ortiqchasi)ni aniqlab, uning yoniga qalam bilan “?” belgisini qo`yadi. Topshiriq bajarilgach, har bir o`quvchidan javoblarini qisqacha izohlash talab qilinadi va shunga qarab baho qo`yiladi.
“Davlatlararo sayohat” metodi
Sinf o`quvchilari 3 guruhga bo`lib olinadi. Birinchi guruhni O`zbekiston, 2-guruhni Rossiya, 3-guruhni Buyuk Britaniya guruhi deb nomlaymiz. Sababi sayohatni O`zbekistondan boshlaymiz. Demak, samolyotga minishimiz uchun bilet olishimiz kerak. Bilet olish uchun metodning o`z sharti bor. Demak, birinchi navbatda Vatan haqida she`r aytish kerak. Bu darsning tashkiliy qismi bilan boshlanadi. Shundan so`ng, bilet olinadi. Keyingi davlatga tushish uchun shartdan o`tish kerak bo`ladi. Rossiyaning yozuvchi va shoirlari haqida ma`lumot berishlari kerak, ularning asarlaridan namunalar aytishi kerak bo`ladi. Yoki o`tilgan mavzular yuzasidan savol-javoblar qilish mumkin. Shundan so`ng, buyuk Britaniyaga yo`l olamiz. Demak, u davlatni aylanishimiz uchun bizga git kerak bo`ladi. U ham o`quvchilarni aylantirish uchun o`zining shartini aytadi. Aylantirish uchun yangi mavzuni mustahkamlab olish kerak bo`ladi. Bu yuzasidan savollar berib boriladi.
Ushbu dars ishlanmasi umumta'lim maktablarining adabiyot darslariga tayyorlangan bo’lib, yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars o’tishga yo’naltirilgan.
Uning asosiy maqsadi: Adabiyot darslarida yangi pedtexnologiyalar vositasida o’quvchilarni hurfikrli, sog’lom dunyoqarashli,vatanparvar, elim deb, yurtim deb yonib yashovchi komil insonlar qilib tarbiyalash
Do'stlaringiz bilan baham: |