Mavzu: Fe’l – so’z turkumi
Darsning maqsadlari:
Ta'limiy maqsadi: O’quvchilarga Fe’l – so’z turkumi ekanligi haqida ma’lumot berish shaxs va narsaning harakatiga qarab,fe’lllarga to’g’ri so’roq qo’yish, fe’llarni to’g’ri yozish, nutqda to’g’ri qo’llashga o’rgatish;
Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarda fikrlashuvda madaniy munosabatda bo’lish, har bir ishga tog’ri yondashish hissini tarbiyalash, hamjihat bo’lib ishlashga, do’stona munosabatda bo’lishga yo’l ochish;
Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o’stirish, chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.
Dars uslubi: savol-javob, noan’anaviy, bahs-
munozara, suhbat
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars jihozi: Tarqatmali testlar, Darslik, tezkor savollar, mavzuga oid rasmlar, “Baliq ovi” deb nomlangan didaktik o’yin va b
Fanlararo aloqa: tabiatshunoslik ,o’qish, tasviriy san’at
№
|
Darsning borishi
|
Vaqti
|
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
|
O’tilgan mavzuni yakunlash
|
3 daqiqa
|
|
Yangi darsning bayoni
|
15 daqiqa
|
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
3 daqiqa
|
|
O’quvchilarni baholash va rag’batlantirish
|
5 daqiqa
|
|
Uyga vazifa berish
|
2 daqiqa
|
|
Jami:
|
45 daqiqa
|
DARSNING BORISHI
I Tashkiliy qism: a) salomlashish;
b) navbatchi va davomatni
aniqlash;
d) madhiya kuylash;
e) she’riy daqiqalar.
O’qituvchi: O’quvchilar bilan salomlashib bo’lgach, ularning darsga tayyorgarligini so’rayman. Darsimiz ona tili ekanligini aytaman. Darsni R. Hatamovaning “Barkamol avlod” deb nomlangan she’ri bilan boshlanadi.
Daryo toshsa keyin dengiz to’ladi-da,
Ko’kka boqqan ko’zlar yulduz ko’radi-da.
Bek bolasi baribir bek bo’ladi-da,
Vorislari ikki daryo orasining,
Qaddin ko’ring O’zbekiston bolasining
Bo’lam mendan baxtli bo’lsin deydi bu el,
Men ko’rmagan kunni ko’rsin deydi bu el,
Kuysa faqat bolam deya kuydi bu el.
Ilinadi har narsaning sarasini,
Qadrin ko’ring O’zbekiston bolasini
Qadim tarix so’zlashgan shu til seniki,
Sultoning yo’l ochib dedi: Yo’l seniki
Topib berdi har orzuning chorasini,
Baxtin ko’ring O’zbekiston bolasini
O’tgan mavzuni so’rayman va o’tilgan mavzular yuzasidan savollar beraman:
O’quvchilar biz hozir “barkamol avlod ” she’rini tingladik. Barkamol avlod qanday bo’lishi kerak?
O’quvchilar: Jismonan sog’lom, aqli teran, har tomonlama
yetuk
O’qituvchi: Juda tog’ri, Siz o’quvchilarning vazifangiz nimalardan iborat?
O’qituvchi: Juda to’g’ri, sizlar maktabda a’lo baholarga o’qib o’qishni oliy o’quv yurtlarida davom ettirib, kelajakda yaxshi kasb egalari bo’lishingiz zarur. Siz Yurtboshimiz ishonchini oqlashingiz kerak. Biron – birkasb egasi bo’libyetishishingizda ona tili fanining juda katta ahamiyati bor. Chunki biz xatosiz va chiroyli yozishni ona tili darslarida o’rganamiz. To’g’rimi? Demak, darsimiz ona tili
O’TILGAN DARSNI SO’RASH
Uy ishi daftarlarini almashtiraman
O’qituvchi:Bugun darsimizni musobaqa tarzda tashkil
etsak, rozimisizlar? Unday bo’lsa, boshladik.
Sinf o’quvchilarini uch guruhga ajrataman. Guruhlarni kasblar nomi bilan ataladi. O’quvchilar o’zlariga guruh nomi va guruhlari uchun sardor tayinlaydilar.
1-guruh: O’qituvchi
2- guruh: Shifokor
3-guruh: Tadbirkor
Har bir guruhga o’tilgan mavzular yuzasidan tezkor savollar beraman.
“O’qituvchi” guruhiga:
Savollardan namunalar
So’zlar turkumlarga qanday ajratiladi?
Ot qanday so’roqlarga javob bo’ladi?
Belgini bildirgan so’zlar nima deb ataladi?
So’z o’zgartiruvchi qo’shimchalarni ayting?
Sonlar necha xil yoziladi?
“Shifokor” guruhiga
So’z turkumlarini ayting
Ot gapda qanday bo’lak vazifasida keladi?
Sifat yasovchi qo’shimchalarni ayting
Son deb nimaga aytiladfi?
Sifat qaysi so’z turkumiga bog’lanib keladi?
“Tadbirkor” guruhiga
1.Fe’llar qanday so’roqqa javob bo’ladi?
2. Sifat gapda qaysi bo’lak vazifasida keladi?
3. Ot necha xil shaklda qo’llanadi?
4. Sonlar necha xil bo’ladi?
5. Qaysi qo’shimcha yordamida yasalgan sifat belgiga ega emaslik ma’nosini bilodiradi?
Guruhlarga keyingi topshiriqni beraman:
“O’qituvchi” guruhiga: “Fe’l” deb nimaga aytiladi?
“Shifokor” guruhiga: Rasmga qarab gap tuzing va gapdagi
fe’lni aniqlang
“Tadbirkor” guruhiga: Berilgan so’zlardan gap tuzing
Sayroqi, sayrayapti, daraxtda, qushlar
Guruhlardan bittadan o’quvchi chiqib savollarga javob beradi. To’g’ri javob bersa, guruhga rag’bat to’playdi.
Guruhlarga keyingi topshiriqni e’lon qlaman. Har bir guruhga fe’l so’roqlari beriladi. O’quvchilar shu so’roqlarga javob bo’lgan so’zlarni yozadilar. Bu topshiriq uchun bir daqiqa vaqt beriladi.
“O’qituvchi” guruhiga: Nima qildi?
Shifokor bemorni davoladi
“Shifokor” guruhiga : Nima qiladi?
Qushlar don izlaydi
“Tadbirkor” guruhiga: Nima qilyapti?
Qor tinmay yog’yapti
Topshiriqni to’g’ri bajargan va bir daqiqada ko’p so’z topgan guruh rag’batlantiriladi.
YANGI MAVZU BAYONI
Husni xat mashqi o’tkaziladi.
G g harfi
G G G G G G G G G G G G
g g g g g g g g g g g g
Shaxs va narsalarning harakatini bildirgan so’zlar fe’l deyiladi. Fe’llar nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? So’roqlariga javob bo’ladi.
285- mashq. (shartini o’quvchilardan biri o’qiydi)
O’qing. Fe’llarga so’roq bering
Shamol yaproqlani silkitdi.
Tikuvchi kiyim tikyapti
Mexanizator paxta teradi.
Ahmad rubob chaladi.
Qushlar in quradi.
Yomg’irdan so’ng osmonda kamalak ko’rindi.
286- mashq. So’roqlarga mos fe’l tanlab gaplarni
tugallang.
Hamon qor (nima qilyapti?) yog’yapti. Qushlar chirqillab don (Nima qiladi?) izlaydi. Buvim peshayvonga don (nima qildi?) sepdi. Musicha, chumchuqlar peshayvondagi donni (Nima qildilar?) yeyaptilar. Baroq mushuk (Nima qildi?) yaqinlashdi. Qushlar guv etib (nima qildi?) uchib ketdi.
O’quvchilaar mashqni navbat bilan doskada bajaradilar.
Mavzuni mustahkamlash maqsadida “baliq ovi” deb nomlangan didaktik o’yin oynaymiz. Bunda guruhlardan bittadan ovchi kelib, baliq tutadi. Baliqlarning orqasida fe’l so’z turkumiga oid so’zlar bor. Ana shu so’zlar qatnashgan gap tuzadilar.
Masalan: uxlayapti, ko’rindi
UYGA VAZIFA
287- mashq: Topishmoqlarning javobini ayting. Fe’llarni
aniqlang va ularga og’zaki so’roq bering
Qoravoy otdan tushdi
Bolalari yugirishdi
( Qozon)
Nima qildi? – tushdi
yugirishdi
O’quvchilar qozon nimadan tayyorlanadi?
Cho’yandan
Suvda cho’kmaydi
O’tda yonmaydi
(Muz)
Nima qiladi? – Cho’kmaydi
Yonmaydi
-O’quvchilar, muz suvning qanday holati
- Muz suvning qattiq holati
Do'stlaringiz bilan baham: |